Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


 Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

1. Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar: BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari, 
jumladan, YUNESKO (ta’lim, fan va madaniyat), FAO (oziq-ovqat va qishloq 
xo‘jaligi), YUNIDO (sanoat taraqqiyoti), YUNKTAD (savdo va rivojlanish), JSST 
(sog‘liqni saqlash), YUNEP (atrof muhit bo‘yicha), YUNISEF (bolalar masalasi), 
YUNITAR (o‘quv va ilmiy-tadqiqot), YUNIFEM (xotin qizlar manfaatlari yo‘lidagi 
taraqqiyot), YUNFPA (aholi qatlamlari sohasida), YUNIDIR (qurolsizlanish 
masalalari), IKAO (fuqaro aviatsiyasi), Xalqaro sud; Xalqaro mehnat tashkiloti, 
NATO, Islom konferensiyasi tashkiloti, MAGATE (atom energetikasi sohasida) va 
boshqalar.
2. Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar: Yevropa Ittifoqi, YEXHT (Yevropada 
xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti), MDH, SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti), 
16
Доклад тысячелетия. Краткий обзор для школьников и студентов. Ташкент 2002 г. стр.261. 
17
Бобокулов И. Международно-правовые аспекты региональной безопасности: вопросы теории и практики. 
– Ташкент: УМЭД, 2010. – 231 с. 


14 
MOHT (Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti), AMA (Amerika mamlakatlari 
assotsiatsiyasi), ASEAN, Afrika birligi tashkiloti va boshqalar. 
3. Iqtisodiy xalqaro tashkilotlar: Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, BST 
(Butunjahon savdo tashkiloti), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, YETTB 
(Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki), OTB (Osiyo taraqqiyot banki), ITB (Islom 
taraqqiyot banki)
18
va boshqalar. 
Hozirgi davrda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar, garchi birmuncha 
barqarorlashgan bo‘lsada, biroq bu jabhadagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar hamon 
saqlanib qolmoqda. Bu o‘z navbatida barcha davlatlar va xalqlarni tashvishga 
solmoqda. Shu boisdan ham, jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda xalqaro 
tashkilotlarning roli va ahamiyati yanada oshib bormoqda. Ular xalqaro 
munosabatlarni sog‘lomlashtirishning turli yo‘llarini ishlab chiqishga harakat 
qilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda “keng qamrovli xavfsizlik”, “kuchlar 
nisbatidan manfaatlar nisbatiga o‘tish”, “jahondagi mojarolar va kooperativ 
munosabatlarni muvofiqlashtirishda diplomatik mohiyat” kabi konsepsiyalar ishlab 
chiqilmoqda va ularda xalqaro siyosiy munosabatlarni barqarorlashtirishga doir 
xilma-xil fikrlar ilgari surilmoqda
19

Hozirgi kunda munosabatlarni demokratik asosda qayta qurish xalqaro siyosiy 
munosabatlarni barqarorlashtirishning eng muhim yo‘li sifatida e’tirof etilmoqda. 
Albatta, ushbu jarayonni bir yoki bir necha davlatning ishtiroki bilan hal qilib 
bo‘lmaydi. Buning uchun ko‘pchilik davlatlarning birgalikdagi harakati zarur 
bo‘ladi. 
Ayni paytda bu borada mavjud ziddiyatning kelib chiqish sabablarini ham 
e’tiborga olish muhimdir. Odatda, davlatlararo ziddiyatlar, bir tomondan, hozirgi 
tarixiy bosqichning qarama-qarshiliklar bilan bevosita bog‘liq holda kelib chiqsa, 
boshqa tomondan ular o‘zaro siyosiy munosabatlarning xususiyatlariga ham bog‘liq. 
18
Insonni rivojlantirish to‘g‘risida ma’ruza. 2010 yil / O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi // http: // www.undp.uz. 
19
Қ.Жўраев. Ўзбекистон — БМТ: тинчлик ва барқарорлик йўлидаги самарали ҳамкорлик. Адолат, 2012 йил 
2 март. 


15 
Demak, jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy barqaror 
rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. Chunki rivojlanish – o‘zaro 
hamkorlikdagi murakkab jarayondir. U har bir mamlakatdan o‘z ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy va ekologik ehtiyojlarini ta’minlashda ular o‘rtasida o‘zaro 
mutanosiblikni saqlashni talab qiladi. Shuningdek, rivojlanish zarurat tug‘ilganda 
chetdan – xalqaro rivojlanish tashkilotlari va moliyaviy institutlar, ayrim mamlakat 
hukumatlari va xayriya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan 
g‘oyaviy, moliyaviy, tajriba, ekspertiza va maslahatlar tarzidagi yordamdan 
foydalanishni ham nazarda tutadi. 
BMT to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar 1942 yilda tajovuzkor fashistik rejimga 
qarshi kurash olib borayotgan mamlakatlar rahbarlari va namoyandalari tomonidan 
o‘rtaga tashlanadi. 1943 yilda Buyuk Britaniya, AQSH, SSSR va Xitoy tashqi ishlar 
vazirliklarining qo‘shma kengashida bu fikr aniq ifodalanadi. BMTning Nizomi 
1944 yilda xuddi shu 4 davlat vakillarining Dumbarton-Oksdagi konferensiyasida 
ishlab chiqiladi va 1945 yil iyunida San-Fransiskoda ta’sis konferensiyasida 
imzolanib, 1945 yil 24 oktabrda kuchga kiradi. Shu boisdan ham 24 oktabr butun 
dunyoda BMT kuni sifatida nishonlanadi. BMT ustaviga dastlab 51 davlat imzo 
chekkan, 2011 yilda esa ular soni 193 taga yetdi
20
.
BMTning bosh qarorgohi (shtab kvartirasi) Nyu-York shahrida joylashgan. 
BMT Nizomida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, 
xalqlarning teng huquqli bo‘lishi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashga haqli ekani 
haqidagi umum e’tirof etilgan qoidaga qat’iy amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik 
va hamjihatlik munosabatlarini qaror toptirish iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy 
muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish 
zaruratini nazarda tutib, ana shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini 
uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi. 
20
https://en.wikipedia.org/wiki/United_Nations 


16 
O‘tgan davr mobaynida BMTning jahon siyosatidagi o‘rni va ta’siri masalasiga 
turli davlatlar turlicha yondashib keldi. Shu sababli, o‘z faoliyati davrida BMT 
siyosiy kuchlarning kurash sahnasi bo‘lib keldi. Jumladan, sobiq Sovet Ittifoqi BMT 
minbaridan sinfiy va mafkuraviy kurash vositasi sifatida foydalanishga intildi. 
Ammo oxir-oqibatda BMT xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik 
munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash vositasi sifatida tanilmoqda. Buni 
sobiq Yugoslaviya, Iroq, Falastin-Isroil va Afg‘oniston bilan bog‘liq muammolarga 
yondashuvlar, mustamlakachilikni tugatish, milliy davlatlarning mustaqilligini 
himoya qilish va boshqa shu kabi ko‘plab misollarda ko‘rish mumkin. 
BMTning mavqeyi va obro‘si yil sayin oshib bormoqda. Unga a’zo bo‘lishni 
va a’zolikka qabul etilishini har bir mustaqil davlat o‘zi uchun tarixiy va faxrli bir 
masala deb biladi. Chunki bunday voqea ushbu davlat jahon demokratik davlatlar 
hamjamiyatiga qabul qilinganidan, uning safidan munosib joy egallaganidan dalolat 
beradi
21

BMT o‘z tarkibiga ko‘ra, 6 ta asosiy ishchi tuzilma, shuningdek, ularga 
ko‘maklashadigan muayyan qo‘mita va komissiyalardan iborat. Bosh Assambleya – 
BMTning eng oliy organidir. Uning har yili sentabr oyida chaqiriladigan sessiyasida 
BMTga a’zo barcha davlatlarning delegatsiyalari qatnashadi. BMT faoliyatiga Bosh 
kotib rahbarlik qiladi. 2017 yildan buyon Antonio Gutterish BMT Bosh kotibi 
vazifasini bajarib kelmoqda. 
Siyosiy masalalar va xavfsizlik kengashi ishlari departamenti 15 davlat 
vakillaridan tashkil topgan. Ularning 5 tasi doimiy a’zo (AQSH, Rossiya, Xitoy, 
Fransiya va Buyuk Britaniya), qolgan 10 ta a’zo esa har ikki yilda almashib turadi. 
Xavfsizlik kengashi, BMT Nizomiga muvofiq, xalqaro maydonda tinchlik va 
xavfsizlikni saqlash bo‘yicha asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Xavfsizlik 
Kengashining har bir a’zosi bir ovozga ega. Rasmiy qarorlar 15 a’zodan kamida
9 tasi ovoz bergan taqdirdagina qabul qilinadi. Doimiy a’zolar qabul qilinayotgan 
hujjatga “veto” qo‘yish, ya’ni u bo‘yicha norozilik bildirish huquqiga ega. “Veto” 
21
Турсунов А. БМТ– маърифатли дунё қиёфаси // Жамият ва бошқарув. – 2002. – №1. – Б. 9 –14. 


17 
qo‘yilgan hujjat qabul qilinmaydi. Nizomga muvofiq, BMTning barcha a’zolari 
Xavfsizlik kengashi qaroriga bo‘ysunishi va uni bajarishi shart. Shuningdek, 
Xavfsizlik kengashi turli davlatlar o‘rtasida vujudga keladigan tortishuvlar, harbiy 
tajovuz va agressiyaning oldini olish, BMTga yangi a’zolar qabul qilish va boshqa 
masalalarni o‘rganadi, xalqaro hayotning dolzarb masalalari bo‘yicha qarorlar qabul 
qiladi yoki tavsiyalar beradi. Bugungi kunda BMTning xavfsizlik va terrorizmga 
qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘linmalari faoliyati terrorizmga qarshi 
qaratilgan asosiy xalqaro uyushmalar qatorida yetakchi o‘rin egallaydi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar kengashi (departamenti) xalqaro va ijtimoiy 
hamkorlik sohalariga oid masalalar bilan shug‘ullanadi. 
Vasiylik kengashi va o‘zini o‘zi boshqarmaydigan hududlar departamenti tobe’ 
hududlar masalalarini nazorat etib boradi. 
Xalqaro sud – xalqaro siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, hududiy masalalarni hal 
etishda yuzaga kelgan barcha muammolar bo‘yicha, vaziyat talab qilganda, o‘z 
fikrini aytadi yoki tegishli hukmni chiqaradi. 
BMT Kotibiyati tashkilotning kundalik ishini yo‘lga qo‘yadi. Shu bilan birga, 
BMTning Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning ma’muriy 
idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish 
boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo‘limi va boshqa bir 
qancha kengashlari mavjud. BMTning rasmiy tillari – ingliz, fransuz, rus, ispan, arab 
va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi. 
BMTning asosiy maqsadi va vazifalari
22

1. Bosh Assambleya har yili jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashning 
dolzarb muammolarini muhokama qiladi va bu masalalar bo‘yicha BMTga a’zo 
bo‘lgan davlatlarga yoki Xavfsizlik kengashiga tavsiyalar berib, tegishli qarorlar 
ishlab chiqadi. Garchand bu tavsiya va qarorlar a’zo mamlakatlar uchun majburiy 
bo‘lmasa-da, davlatlarning asosiy ko‘pchiligi ularni bajarishdan manfaatdordir. 
22
Қамаров А. Бирлашган Миллатлар Ташкилоти унинг ички тузилмасини халқаро терроризмга қарши 
курашда мувофиқлаштириш хусусида айрим мулоҳазалар // Хуқуқ ва бурч. – 2006. – №10–12. – Б. 42–43. 


18 
Ekologik masala va Xavfsizlik kengashining qabul qilgan qarorlari esa a’zo 
davlatlar uchun majburiydir. 
2. BMT o‘z a’zolarining suveren tengligiga asoslanadi. BMT davlatlarning 
ichki ishlariga aralashmaydi va befarq ham bo‘lmaydi. 
3. Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti jahonda ro‘y berib turadigan 
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni ko‘rib chiqadi, muhokama qilib, tavsiya va 
qarorlar ishlab chiqadi. Bu tavsiyalar asosan rivojlanayotgan mamlakatlar 
iqtisodiyotining o‘sishi, inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, 
jinoyatchilikka qarshi kurash va boshqa masalalarga qaratiladi. BMT fan va 
madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. 
O‘zbekiston 1993 yil 24 avgustda BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha 
tuzilmasi YUNESKOga a’zo bo‘ldi. 
4. Siyosiy masalalar va xavfsizlik ishlari departamentining asosiy vazifasi 
davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni siyosiy vositalar yordamida tartibga solib turish, 
xalqaro mojarolarni bartaraf etish, harbiy tajovuz yoki tabiiy ofatlar qurboni bo‘lgan 
xalqlarga yordamlashish, dunyoda mustahkam, barqaror tinchlikka erishish, xalqaro 
xavfsizlikni 
ta’minlash, 
xalqaro 
munosabatlarni 
demokratlashtirishga 
yordamlashishdan iborat. Shuningdek, harbiy mojarolarni bartaraf qilish, xalqaro 
terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm (ayirmachilik)ga qarshi birgalikda 
kurashishda ham bu tuzilma faol ishtirok etadi. 
5. Xalqaro sud: BMT tizimida jahondagi siyosatining mojaroli muammolarni 
xalqaro huquq qonun-qoidalari negizida adolatli va tinch yo‘l bilan hal qilishga 
ko‘maklashadi: 
− 
“Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi” (1948 yil 10 dekabr) 
ijrosini ta’minlash, insonning asosiy huquq va erkinliklarini yo‘lga qo‘yish bilan 
shug‘ullanadi; 
− BMT Nizomi va xalqaro huquq prinsiplariga ko‘ra, kuch ishlatmaslik yoki 
kuch bilan tahdid qilmaslik bo‘yicha ish olib boradi; 
− ziddiyatlarni harbiy yo‘l bilan emas, balki tinch yo‘l bilan bartaraf etish 
uchun kurashadi; 


19 
− o‘zaro hamkorlikka xizmat qiladi; 
− BMTga a’zo davlatlarni xalqaro huquq bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan 
bajarishga undaydi
23

− Davlatlar chegaralarining daxlsizligi, hududiy yaxlitligi, inson huquqlarini 
hurmat qilish prinsiplarining ijrosini ta’minlashda a’zo davlatlarga amaliy yordam 
beradi va shu kabi boshqa vazifalarni bajaradi
24


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling