Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


jadval  Ta’limning kutilayotgan davomiyligi (yil)


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

jadval 
Ta’limning kutilayotgan davomiyligi (yil)
71
 
Mamlakatlar 
1990 
yil 
2000 
yil 
2005 
yil 
2009 
yil 
2010 
yil 
2021 
yil 
O‘zbekiston 
13,7 
14,8 
15,1 
15,4 
15,6 
20,1 
Rivojlangan 
mamlakatlar 
14,1 
15,0 
15,4 
15,7 
15,9 
20,3 
Rivojlanish darajasi 
o‘rtachadan yuqori 
bo‘lgan davlatlar 
12,3 
12,8 
13,4 
13,7 
13,8 
18,3 
Rivojlanish darajasi 
o‘rtacha bo‘lgan 
davlalar 
9,7 
10,0 
10,5 
10,9 
11,0 
16,2 
Rivojlanish darajasi 
o‘rtachadan past 
bo‘lgan davlatlar 
7,1 
7,4 
7,7 
8,1 
8,2 
12,9 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi 
doimiy vakili Fikret Akchuraning ta’kidlashicha: “O‘zbekiston Respublikasi 
mamlakatda erishilgan savodxonlik darajasi bilan tom ma’noda faxrlansa arziydi. 
Holbuki, sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda ham bunday yuksak 
ko‘rsatkichlarga erishilayotgani yo‘q. Shunday ekan, O‘zbekistonning ushbu 
sohadagi bundan keyingi vazifalari yanada yuksakligicha qoladi — ta’lim sifatini 
oshirish, ta’limdan umumiy foydalanish imkoniyatlarini saqlash va aholini umri 
davomida o‘qitish ishlari yana ham yuqori darajada amalga oshirilmog‘i darkor. Bu 
esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonga bu borada dunyoda yetakchi o‘rinni egallash 
imkonini beradi”. 
Ayollar va erkaklarning tengligini rag‘batlantirish hamda xotin-qizlarning 
huquq va imkoniyatlarini kengaytirish 3-milliy maqsad sifatida belgilangan. 
O‘zbekistonda bu yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
71
Абдимўминов О.Б. Ўзбекистон ва БМТ: таълим соҳасидаги ҳамкорликнинг янги қирралари / 
Ўзбекистонда барқарор ривожланиш контекстида ижтимоий ўзгаришларнинг истиқболлари: Республика 
илмий семинари материаллари. – Тошкент, 2014. – Б. 265–270. 


56 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Jamiyatning demokratik 
o‘zgarishlar yo‘lidan nechog‘lik ilgarilab ketgani, shu jamiyatning ayollarga bo‘lgan 
munosabati uning madaniy-ma’naviy saviyasini belgilaydi”, deb alohida takidladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Oila Kodeksi, Mehnat Kodeksi, 
umuman 80 tadan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar ana shu maqsadga – xotin-
qizlarning barcha sohalarda erkaklar bilan keng huquqligini ta’minlash, ularning 
jamiyatdagi rolini oshirishga qaratilgan. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda 
birinchilardan bo‘lib xotin-qizlar huquqlari xalqaro me’yor va huquqiy standartlarga 
to‘la muvofiq bo‘lishni ta’minlash maqsadida BMTning Ayollar huquqlari 
kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi, Ayollarning siyosiy 
huquqlari to‘g‘risidagi, Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro 
konvensiyalarga qo‘shilgan. 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunga 
muvofiq, siyosiy partiyalardan parlamentga ayollar nomzodini ko‘rsatishda
30,0 % lik kvota joriy etilgan. Hozirgi paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 
xotin-qizlar 22,0 % ni, Senatda esa 15,0 % ni tashkil etadi. 
Xotin-qizlar davlat va jamiyat qurilishining boshqa sohalarida faol ishtirok 
etmoqdalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi tarkibining 
20,0 % ini, Oliy sudning 14,6 % ini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, 
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining 20,4 % ni, Oliy xo‘jalik sudining
15,8 % ni xotin-qizlar tashkil etadi. 
Ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga 
imtiyozli mablag‘lar ajratish yo‘lga qo‘yilgan. Xotin-qizlar, ayniqsa, qishloq 
joylaridagi ayollar ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun barcha shart-
sharoitlar yaratib berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 
hamda Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq, har yili xotin-qizlarni ish bilan 
ta’minlash davlat va hududiy dasturlari ishlab chiqilib, izchillik bilan amaliyotga 
tadbiq etilmoqda. 


57 
O‘zbekistonda bolalar o‘limini kamaytirish, onalar salomatligini yaxshilash
turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish bo‘yicha 4 va 6-milliy 
maqsadlar ham muvaffaqiyatli bajarilmoqda. 
O‘zbekiston aholisi nisbatan yuqori umr ko‘radi. Jumladan, 2011 yil tug‘ilgan 
paytda kutilayotgan umr davomiyligi 72,5 yilga yetdi. Kutilayotgan umr 
davomiyligi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichlari Mustaqill Davlatlar Hamdo‘stligi 
ko‘pgina mamlakatlariga qaraganda yuqoriroqdir. 
Aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat maqsadli dasturlari 
amalga oshirilishi natijasida so‘nggi yillarda aholining kasallanishi darajasi kamayib 
bormoqda. Masalan, yuqumlik kasalliklar 1995 yilga nisbatan 45,0 % ga, nafas olish 
organlari kasalliklari – 43,5% ga, tug‘ma kasalliklar – 25,0 % ga, yangi o‘smalar 
paydo bo‘lishi – 24,7 % ga kamaydi
72


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling