Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
jadval O‘zbekistonda tug‘ilish paytida kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
BMT diplom ishi
jadval
O‘zbekistonda tug‘ilish paytida kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi (yil) Ko‘rsatkichlar 1990 yil 2000 yil 2005 yil 2011 yil 2015 yil 2020 yil Har ikki jins 69,3 70,8 71,6 72,5 73,1 74,2 Erkaklar 66,1 68,4 69,4 69,5 69,7 70,1 Ayollar 72,4 73,2 73,8 75,7 75,9 76,3 O‘zbekistonda keyingi 20 yil mobaynida onalar o‘limi 2 barobardan ham ko‘proqqa (1990 yildagi 100 ming tirik tug‘ilgan chaqaloq hisobiga 65,3 tadan 2010 yilda 21,0 taga ), bolalar o‘limi esa 3 barobardan ham ko‘proqqa (1990 yildagi 34,6 promilledan 2010 yilda 10,9 promillega) kamaydi. Ayollar mamlakatdagi 2386 ayollar maslahatxonasidan tibbiy yordam oladilar. Homiladorlar va ginekologiya kasalligiga chalinganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun deyarli 30 ming o‘rinli tug‘ruqxona muassasalari mavjud. 72 Ташпулатова Л.М. Инсон тараққиёти концепциясида ижтимоий-иқтисодий ривожланишни баҳолашнинг услубий жиҳатлари. Илмий маъруза, ЖИДУ, 2013. 58 Mamlakatda har 100 ming kishiga hisoblaganda ijtimoiy xavfi katta bo‘lgan kasalliklarga chalinish holatlari, jumladan, tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilish – 32,4 % ga, yuqumli kasalliklar – 40,0 % ga, yuqori nafas organlarining o‘tkir infeksiyalari bilan og‘rish – 4,2 barobar kamaydi. Difteriya, paratif, poliomiyelit, bezgak kasalliklariga chalinish holatlariga butunlay barham berildi. Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100,0 % ni tashkil etdi. Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri VICh/SPID profilaktikasi hisoblanadi. O‘zbekistonda SPID bilan kurashish bo‘yicha muassasalarning umumiy tarmog‘i ishlab turibdi. Mazkur tarmoq SPID bilan kurashish bo‘yicha respublika markazi va 14 mintaqaviy markaz, shuningdek, respublika, viloyat va tuman sog‘liqni saqlash muassasalari huzurida 78 ta diagnostika laboratoriyasini qamrab olgan 73 . Insonni rivojlantirishning 7-milliy maqsad ekologik barqarorlikni ta’minlashdir. Ekologiyani muhofaza qilish va atrof-muhitni asrab-avaylash, ayniqsa, hozirgi anomal tabiiy o‘zgarishlar sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Orol fojiasi ekologiya muammolariga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lishning yaqqol misolidir. Qirq yil mobaynida Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamaydi, uning minerallashuvi esa o‘nlab baravar oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Natijada qariyb barcha hayvonot va nabotot olami tanazzulga uchradi va yo‘qoldi. Bugun Orol bo‘yida nafaqat ekologik, balki dunyo miqyosida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo‘ldi. Orol dengizining qurishi davom etayotgani va uning atrofida gumanitar falokat sodir bo‘layotgani sababli Orol bo‘yining tabiiy biologik fondini asrab-avaylash, Orol inqirozining atrof-muhitga, eng muhimi, bu yerda istiqomat qilayotgan yuz minglab va millionlab odamlar hayotiga halokatli ta’sirini kamaytirish bugungi kundagi eng muhim vazifa hisoblanadi. 73 http://www.unfpa.uz/ rasmiy sayti ma’lumotlari asosida. 59 O‘zbekistonda bu olamshumul masalaga alohida e’tibor berilgani holda tabiatni muhofaza qilish, suv va suvdan foydalanish, havoni, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida, boshqa qator qonunlar qabul qilindi, ekologik yo‘nalishdagi 300 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlarini birlashtirgan O‘zbekiston Ekologik harakati tashkil etildi. Rivojlanish maqsadlarida global sheriklik – 8-milliy maqsad hisoblanadi. O‘zbekiston hozirgi vaqtda 120 mamlakat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Davlatimizda 44 ta chet el mamlakatlarining elchixonalari, 10 ta xalqaro tashkiloti, 5 ta xalqaro moliya tashkiloti, 3 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining 46 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari hamda xalqaro tashkilotlarda, shu jumladan, Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, BMTning Yevropa bo‘limi va Jenevadagi xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida doimiy vakolatxonalari mavjud. Respublika 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi. Ular orasida BMT, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kabi nufuzli tuzilmalar mavjud. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorligi rivojlanib bormoqda. Jumladan, Jahon banki, shuningdek, Xalqaro tiklash va rivojlanish banki O‘zbekistonda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan strategiyasini amalga oshirdi. Bu strategiya doirasida quyidagi masalalar hal etildi: • iqtisodiy o‘sish uchun muhitni yaxshilash; • qishloqda iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish; • aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish; • atrof-muhitni boshqarish va global ijtimoiy ne’matlarni taqdim etish. Osiyo taraqqiyot banki esa mamlakat qishloq joylarida suv ta’minotini yaxshilash loyihalarini moliyalashtirmoqda. Ushbu bank hamkorligida “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari nashr etilishi tizimini takomillashtirish” innovatsiya loyihasining amalga oshirilishi umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ijara tariqasida ta’minlashni joriy etishga xizmat qildi. 60 O‘zbekistonda insonni rivojlantirish milliy maqsadlariga erishishda davlat maqsadli dasturlarining ishlab chiqilishi va izchil amalga oshirilishi alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ma’lumki, 1997 yildan beri respublikada har bir yil muayyan, juda muhim va yirik ijtimoiy muammoni hal etishga bag‘ishlanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling