Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
BMT diplom ishi
63 III BOB. BMT IXTISOSLASHGAN MUASSASA VA DASTURLARI FAOLIYATIDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI 3.1. O‘zbekiston – YUNESKO hamkorligi masalalari 1992 yil 2 martda O‘zbekistonning BMTga a’zo bo‘lishi O‘zbekiston uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki davlatlarning xalqaro-huquqiy tan olinishi ularning xalqaro-huquq subyektiga aylanishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi. Respublika Xalqaro munosabatlarning to‘laqonli obyektiga aylanadi. O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatini amalga oshirishda quyidagi ustuvorliklardan kelib chiqadi 74 : Birinchidan, o‘zining milliy davlat manfaatlari ustun bo‘lgan kabi o‘zaro manfaatlarini to‘liq hisobga olish; Ikkinchidan, O‘zbekiston insonlar va davlatlar orasidagi o‘zaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlar ustivorligini tan olgan holda xalqaro aloqalarda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishni yoqlab chiqmoqda. Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati o‘zaro tinchlik, o‘zaro foyda, ichki ishlarga aralashmaslik prinsiplariga, mustaqillikni va suverenitetni hurmat qilish qoidalariga asoslangan. Xuddi shunday prinsiplar O‘zbekiston Respublikasining YUNESKOga nisbatan munosabatlarida ham qo‘llaniladi 1 . YUNESKO Nizomiga binoan, har bir davlatning bu tashkilotdagi ishtiroki hamda rahbar organlarning huquqiy maqomi ko‘rastib o‘tilgan. YUNESKO doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan ko‘plab xalqaro konvensiyalarning asosiy vazifasi madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekistonning ularga qo‘shilishi madaniy boyliklarimizning jahon hamjamiyati tomonidan huquqiy himoya qilinishiga va ularni keng targ‘ib qilishga imkon beradi. 74 Абдимўминов О. Б. Ўзбекистон ва ЮНЕСКО: илм-фан, таълим, маданият ва тарихий меросни сақлашдаги ҳамкорлик// ЎзМУ хабарлари. – 2011. – №1. – Б. 38. 1 Mamatqulov A. Xalqaro huquq. Darslik. – T.: 1997, 176-bet. 64 Shuningdek, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan YUNESKOning normativ hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilib, nashr etish, bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi globallashuv jarayonida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlash dolzarb muammo bo‘lib turgan bir paytda yirik xalqaro tashkilotlarning o‘rni hamda ahamiyati tobora yuksalib bormoqda. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bugungi xalqaro munosabatlarda fan, ta’lim va madaniyatning ishonchli himoyachisi bo‘lmish YUNESKOning jahon tashkilotlari orasidagi obro‘-e’tibori va nufuzi ancha yuqori hisoblanadi. 1946 yilning 4 noyabrida tashkil etilgan YUNESKO BMTning eng yirik tayanchi va qanoti desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning aynan BMT tuzilganidan bir yil o‘tib, dunyo yuzini ko‘rganiyoq, fikrimizning yaqqol tasdig‘idir. Tashkilotning asosiy maqsadi jahon xalqlarining fan, ta'lim va madaniyat sohalaridagi hamkorligini kengaytirish asnosida dunyoda tinchlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashga ta‘sir ko‘rsatishdan iboratdir. Buni YUNESKO dasturlaridan o‘rin olgan qator yo‘nalishlar orqali ham anglab olish mumkin. Jumladan, jahon madaniyatiga, ekologik tadqiqotlar uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzishga ko‘maklashish, milliy madaniyatlarning ro‘yobga chiqishini qo‘llab- quvvatlash, dunyoviy meros hisoblangan boyliklarni saqlash va kengaytirish, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarning kommunikatsiya imkoniyatlarini oshirishga yordamlashish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qilish kabi ko‘plab muhim vazifalarga mazkur tashkilot ustuvor ahamiyat qaratmoqda 75 . Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng birinchilardan bo‘lib, 1993 yil 26 oktabrda YUNESKO bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi va shu kunga qadar uning tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Darhaqiqat, YUNESKO ma’naviy va yuksalish yo‘liga kirgan ko‘plab mamlakatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ham xalqaro ma’naviy, madaniy, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda mustahkamlash 75 Мўминов А. Ўзбекистон ва ЮНЕСКОнинг халқаро-ҳуқуқий муносабатлари. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2003. – Б. 112. 65 uchun, butunjahon intellektual maydonida yanada kengroq faoliyat ko‘rsatishi uchun imkoniyat yaratib berayotgan yirik tashkilotdir. O‘zbekiston YUNESKOga a’zo bo‘lganidan so‘ng yurtimizda ushbu tashkilot ishlari bo‘yicha Respublika Milliy komissiyasi tuzildi. O‘tgan vaqt davomida mamlakatimiz YUNESKOning eng faol a’zolaridan biriga aylandi. Tarixiy obidalarimiz, qadimiy shaharlarimiz, yozma va og‘zaki xalq ijodiyoti, umuman, o‘zbek xalqining boy merosiga va O‘zbekistondagi islohotlar jarayoniga YUNESKOda qiziqish katta. 1995 yili YUNESKOning “Ipak yo‘li – muloqot yo‘li” dasturi doirasida Samarqandda mintaqamiz sivilizatsiyalari tarixini o‘rganadigan Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti ochildi. E’tiborlisi, O‘zbekiston Respublikasi 1997 yilda ilk bor, joriy yilda esa ikkinchi marta YUNESKOning oliy rahbarlik organi – Ijroiya Kengashi a’zoligiga saylandi. Bu ham o‘zaro hamkorlikka berilgan munosib baho va mamlakatimiz nufuzining e’tirofidir 76 . YUNESKO rahbarligida va u bilan yaqin hamkorlikda respublikamizda ko‘plab madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazilib, samarali islohotlar olib borilmoqda. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Muhammad Ismoil al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Abu Mansur Moturidiy kabi buyuk bobokalonlarimizning, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Marg‘ilon, Toshkent shaharlarining, “Alpomish” dostoni, “Avesto” va Xorazm Mamun akademiyasining yubileylari YUNESKO ishtirokida keng nishonlandi. Yurtimizda tashkil etiladigan qator ilmiy-madaniy anjumanlarda, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ham YUNESKO vakillari qatnashishdi. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi mazkur tashkilot bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Shuningdek, ayrim yirik bayramlar O‘zbekiston bilan birga YUNESKOning bosh qarorgohi joylashgan Parij shahrida ham o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1996 yilning aprelida Fransiyaga tashrifi chog‘ida YUNESKO Bosh qarorgohida bo‘lib, Ijroiya 76 Рахимов М. Сотрудничество Республики Узбекистан со специализированными учреждениями ООН. 1991– 1999 гг (на примере ЮНЕСКО). Автореферат дисс. канд.ист.наук. – Ташкент, 2000. – С. 24. 66 Kengashi a’zolari bilan uchrashdi, Sohibqiron Amir Temurning 660 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalarida, xususan, “Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti” nomli xalqaro ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi. YUNESKO Bosh konferensiyasining Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi 2007 yil 2 noyabrdagi 34-sessiyasida qabul qilingan qarori jahon hamjamiyati tomonidan yurtimiz tarixining, qadimiy shahrimiz dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasining o‘ziga xos e’tirofi bo‘ldi. 2009 yilning aprel oyida YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Toshkentning 2200 yilligi keng nishonlandi. May oyida esa poytaxtimiz va uning tarixiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada Osiyo va Yevropa sivilizatsiyasining turli davrlarida Toshkentning tutgan beqiyos o‘rni dunyo olimlari tomonidan alohida ta’kidlandi. O‘zbekistonning xalqaro aloqalardan, shu jumladan, YUNESKO bilan do‘stona hamkorlikdan asosiy maqsadi – mamlakatimizni, boy tariximizni, xalqimizning ma'naviy yuksakligini va eng muhimi, mustaqil tashqi siyosatimizni dunyoga, xalqaro jamoatchilikka, dunyo hamjamiyatiga ko‘rsata olishdir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov bu masala xususida to‘xtalar ekan, bir tarixiy haqiqatni eslatish orqali ajoyib g‘oyani ilgari surgan edi: “Biz o‘zbeklarni ulug‘, bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham shunday 77 . YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning to‘ylarini o‘tkazishdan maqsad nima edi? Komil bu insonning, eng avvalo, buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs bo‘lganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganini olam ahliga bildirish edi” 78 . 77 Абдимўминов О. Б. Ўзбекистон ва ЮНЕСКО: илм-фан, таълим, маданият ва тарихий меросни сақлашдаги ҳамкорлик// ЎзМУ хабарлари. – 2011. – №1. – Б. 130. 78 Рахимов М. Сотрудничество Республики Узбекистан со специализированными учреждениями ООН. 1991– 1999 гг(на примере ЮНЕСКО). Автореферат дисс. канд.ист.наук. – Ташкент, 2000. – С. 38. 67 Shu tariqa, O‘zbekiston – YUNESKO aloqalari rivojlanib borar ekan, bu hamkorlik kelgusida ham ma’rifat va ezgulik elchisi timsolida jahon xalqlariga, dunyo tinchligi va barqarorligiga munosib ulush qo‘shaveradi 79 . O‘zbekiston Respublikasi YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi 1994 yil 29 dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Komissiyaning asosiy vazifasi YUNESKO dasturlarini O‘zbekistonda amalga oshirilishiga ko‘maklashish va respublika vazirliklari va muassasalarining bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirishdir. YUNESKO 50 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ular orasida eng mashhurlari “YUNESKO kuryeri” oynomasi (30 tilda nashr etiladi), “Kelajak” (ta’lim sohasidagi haftalik), “Muzey”, “Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi”, “Tabiat va resurslar”, “Mualliflik huquqi bo‘yicha Axborotnoma”, “Ta’lim xalqaro Axborotnoma”si, “Impakt: fan va jamiyat” kabilardir. YUNESKO har ikki yilda bir marta chop etiluvchi ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida umumjahon ma’ruzalarini chop etadi. YUNESKO “Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanishi tarixi” (6 jild), “Lotin Amerikasi davlatlari tarixi ” (7jild), “Afrika umumiy tarixi” (8jild), “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi” (6 jild) kabi fundamental kitoblar chop etmoqda. Olti jildlik “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi” xalqaro hamkorlik doirasida yaratilmoqda, bunda, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo tarixiy-madaniy mintaqasiga kiruvchi qator davlatlar, jumladan, O‘zbekiston olimlari ishtirok etmoqdalar 80 . YUNESKO doirasida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ming yillik, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik, 1997 yili YUNESKOning jahon madaniy boyliklari ro‘yxatiga kiritilgan Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yilligi nishonlandi. Amir Temurning 660 yillik tantanalari, Toshkent shahrining 2200 yilligi butun jahon miqyosida keng nishonlandi 1 . 79 http://mfa.uz/uzb/xalqaro_munosabatlar/madaniyat_hamk/ 80 Абдимўминов О. Б. Ўзбекистон ва ЮНЕСКО: илм-фан, таълим, маданият ва тарихий меросни сақлашдаги ҳамкорлик// ЎзМУ хабарлари. – 2011. – №1. – Б. 132. 1 A.Saidov. Xalqaro huquq. “Adabiyot jamg‘armasi”. – T.: 2001. 313-314-betlar. 68 Qadimiy va hamisha navqiron Toshkent shahrining 2200 yilligini munosib o‘tkazish maqsadida nufuzli xalqaro tashkilot bo‘lmish YUNESKO qarori asosida ushbu yubileyni yurtimizda keng nishonlandi. 2008 yil 23 oktabrda Toshkent shahrida “Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlarida madaniy turizmni rivojlantirish va targ‘ib etish yo‘llari” deb nomlangan Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Uning tashkilotchisi sifatida O‘zbekiston hukumati hamda YUNESKO tashkilotida Doimiy vakilligi qatnashishdi. Xalqaro forumning asosiy maqsadi madaniy turizmni rivojlantirining yangi yo‘llarini muhokama qilish va uni keng targ‘ib etish, hamda shu sohada tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish edi. Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘liga hamda unda joylashgan davlatlarda madaniy turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan ta’lim dasturlarini va hamkorlikdagi izlanishlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu tadbirda Xalqaro Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti (MITSAI) doirasida tarixiy shaharlarni rivojlantirish yo‘lida tajriba almashishni davom ettirish zarurati e’tirof etildi. 2008 yil 24 – 28 oktabrda Xalqaro forum ishtirokchilari YUNESKO tashkilotining umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari bo‘ylab sayohat mobaynida O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. YUNVTO Bosh kotibi o‘rinbosari Janob Tolib Rifayning aytishicha, O‘zbekistonning jahon turizm markazlaridan biri bo‘lishiga katta imkoniyatlari bor. O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati ko‘plab turistlarni jalb qilishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi 81 . O‘zbekistonning YUNESKO dagi doimiy vakolatxonasi, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi hamda O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan birgalikda Parij shahrida O‘zbekistondagi Qirg‘izistonlik qochoqlarga hajmi 1 tonna bo‘lgan gumanitar yordamni yig‘ish va jo‘natish masalasi ishlab chiqildi. Gumanitar yordam “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning 2010 yilning 23 iyunida bo‘ladigan Parij – 81 Абдимўминов О. Б. Ўзбекистон ва ЮНЕСКО: илм-фан, таълим, маданият ва тарихий меросни сақлашдаги ҳамкорлик// ЎзМУ хабарлари. – 2011. – №1. – Б. 149. 69 Toshkent reysi bilan O‘zbekistonga hamda keyinchalik tez sur’at bilan qochoqlar joylashgan hududga yetkazib beriladi. Asosan, dori-darmon, oziq-ovqat va birinchi navbatda kerak bo‘ladigan buyumlardan iborat gumanitar yordam Fransiyaning ilg‘or turistik kompaniyalari rahbarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan taqdim etildi. 2010 yil 1 fevral – O‘zbekiston 1 fevraldan 5 fevralgacha Parijda o‘tadigan saraton kasalliklari bilan kurash bo‘yicha XXI Xalqaro kongress doirasida saraton kasaliga qarshi Parij xartiyasiga qo‘shildi. Joriy yilning 7 – 10 sentabr kunlari BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Koichiro Matsuura yurtimizda mehmon bo‘ldi. Tashrif doirasida O‘zbekiston bilan YUNESKO o‘rtasida ikkala tomon uchun ham ustuvor ahamiyat kasb etuvchi yo‘nalishlar, xususan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etildi. “O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi darajasidan benihoya mamnunman. Yurtingizga bo‘lajak safar mening O‘zbekistonga ikkinchi rasmiy tashrifim bo‘ladi. Birinchisi salkam olti yil avval bo‘lib o‘tgan. O‘sha davrdan buyon o‘tgan vaqt mobaynida yurtingiz erishgan yutuqlar menda katta taassurot uyg‘otadi”, – deydi YUNESKOning bosh deriktori Koichiro Matsuura 82 . O‘zbekiston puxta o‘ylangan va izchil amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ko‘p sohalarda, jumladan ta’lim tizimini takomillashtirishda katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. YUNESKO milliy ta’lim tizimini isloh etishda O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor va rejalar amalga oshishiga ishonch bildirdi. YUNESKO, shuningdek, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va xilma- xilligini asrash yo‘lidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Ayni paytda O‘zbekistonda jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan to‘rtta obyekt mavjud. Bular Buxoro, Toshkent, Xiva. O‘zbekistonning juda ham boy madaniy an’analari bor. Mamlakat nomoddiy merosning ikki durdonasi: Boysun madaniy hududi va 82 Абдимўминов О. Б. Ўзбекистон ва ЮНЕСКО: илм-фан, таълим, маданият ва тарихий меросни сақлашдаги ҳамкорлик// ЎзМУ хабарлари. – 2011. – №1. – Б. 149. 70 mashhur Shashmaqomga ega. YUNESKO tomonidan dunyo bo‘yicha 90 ta ana shunday nomoddiy madaniy meros durdonasi ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston hukumati xalqning boy madaniy turfa xilligini asrash yo‘lida katta ishlarni amalga oshirmoqda. YUNESKO mazkur masalani hal etishda ko‘maklashishga tayyor. Bugun O‘zbekiston Markaziy Osiyo hayotining barcha jabhalarida juda muhim ahamiyat kasb etmoqda 83 . Mamlakatimiz YUNESKO tomonidan qabul qilingan o‘nga yaqin xalqaro hujjatga qo‘shilgan. Mazkur hujjatlarga muvofiq, yurtimizda bebaho madaniy- ma’rifiy merosni asrab-avaylash, ilmiy ahamiyatini keng targ‘ib va tashviq etish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xivadagi Ichanqal’a me’moriy majmuasi, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz shaharlaridagi tarixiy markazlar YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilib, xalqaro muhofazaga olingan. Boysun folklori, Shashmaqom, Katta ashula kabi musiqa san’atimizning nodir namunalari, Navro‘z ayyomi YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan joy olgan. Bir qator tarixiy shaharlarimiz va buyuk allomalarimizning yubiley sanalari, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi YUNESKO ishtirokida keng nishonlangani O‘zbekistonning azaldan jahon ilm-fani va madaniyatining yirik markazlaridan biri bo‘lib kelganligining xalqaro miqyosdagi e’tirofidir. Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkilotining (ISESCO) Toshkentni 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilishi ham O‘zbekiston – YUNESKO hamkorligining o‘ziga xos samaralaridandir 84 . Zero, o‘zbek zaminidan yetishib chiqqan allomalar va ularning asarlarini, O‘zbekistondagi betakror me’moriy obidalar va muqaddas qadamjolarni, noyob tarixiy-madaniy va ilmiy merosni xalqaro miqyosda keng tanitish va targ‘ib etishda YUNESKO muhim o‘rin tutadi. 83 http://gzt.uz/uzbl/siyosat/koichiro_matsuura_yunesko_ozbekiston_bilan_hamkorlikni_kengaytirishga_tayyor.mgr 84 Абдимўминов О.Б. Ўзбекистон ва ЮНЕСКО алоқаларида конфессиялараро мулоқот ва диний бағрикенглик масалалари // Имом Бухорий сабоқлари. –2016. – №3. – Б.57. 71 “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro anjumanga YUNESKOning nufuzli delegatsiyasi tashrif buyurgani ham mamlakatimizning ushbu tashkilot bilan hamkorligi yuksak darajada rivojlanganidan yana bir dalolatdir. Ayni paytda, O‘zbekiston Respublikasi YUNESKOning MOST (Ijtimoiy o‘zgarishlarni boshqarish) dasturi bo‘yicha hukumatlararo kengashi hamda Yuridik qo‘mitasi a’zosi, Madaniyat masalalari bo‘yicha komissiya raisining o‘rinbosaridir. Shuningdek, YUNESKO BMTning “Savodxonlik o‘n yilligi” (2003-2012 yillar) va “Barqaror taraqqiyot ta‘limi o‘n yilligi” (2005-2014 yillar) dasturlarini jahon miqyosida amalga oshirilishida yetakchilik qiladi. Madaniyat sohasida YUNESKO faoliyati xalqaro me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va amalga oshirish, madaniyatlararo muloqot va madaniy turfa xillik dasturlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Jumladan, Butunjahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini saqlash bo‘yicha konvensiya doirasidagi ro‘yxatga O‘zbekiston Respublikasidan 4 ta nomzod kiritilgan (hozirda Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga 890 dan ortiq madaniy va tabiiy obyektlar kiritilgan) – Samarqand, Buxoro va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari, Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi. Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish xalqaro konventsiya doirasidagi YUNESKO reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasidan Navro‘z, Boysun madaniy makoni, Shashmaqom va Katta ashula nomzodlari kiritilgan (jahon bo‘yicha ushbu ro‘yxatda 166 nomzod) 85 . Buyuk Ipak yo‘li madaniy merosini o‘rganishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Samarqand shahrida 1995 yili Markaziy Osiyo tadqiqotlari YUNESKO xalqaro instituti ta’sis etilgan. YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasining katta tajribasini inobatga olgan holda, 2000 yil Toshkent shahrida YUNESKO tomonidan Osiyo – Tinch okeani davlatlari milliy komissiyalarining mintaqaviy anjumani 85 Абдимўминов О.Б. Ўзбекистон ва ЮНЕСКО алоқаларида конфессиялараро мулоқот ва диний бағрикенглик масалалари // Имом Бухорий сабоқлари. –2016. – №3. – Б.29–31. 72 bo‘lib o‘tdi. Ushbu yilda respublikamiz Milliy komissiyasi tashkilotning “YUNESKOning assotsiyalashgan maktablari” dasturining eng yaxshi koordinatori sovrinini oldi. 2001 yilda YUNESKO Bosh kotibining qaroriga ko‘ra, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi tinchlikni ta‘minlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida qo‘shgan hissasi uchun tashkilotning “Tinchlik bizning qo‘limizda” mukofoti bilan taqdirlandi 86 . 2013 yilning avgust oyida mamlakatimizga YUNESKO Bosh kotibi I.Bokovaning tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida I.Bokova Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Sharq taronalari” IX xalqaro musiqa festivalida ishtirok etdi 1 . Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston va BMT ixtisoslashgan muasassalarining hamkorligi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy islohotlar, mamlakat taraqqiyoti, barqaror rivojlanish kabi masalalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. BMT tashkilotlari O‘zbekistonga o‘tish davrida turli islohotlarda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ko‘mak berdi, modernizatsiya sharoitida esa o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yangi yo‘nalishlarda rivojlanib bordi. 86 Абдимўминов О. Б. Ўзбекистон ва ЮНЕСКО: илм-фан, таълим, маданият ва тарихий меросни сақлашдаги ҳамкорлик// ЎзМУ хабарлари. – 2011. – №1. – Б. 151–153. 1 http://www.mfa.uz/uz/cooperation/international/1227/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling