Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi 
tashabbusining amalga oshgani bo‘ldi. 
2021 yilning 18 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev taklif etgan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va 
texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan 
qabul qilindi. 
O‘zbekiston rahbarining tashabbusi jahon hamjamiyati tomonidan keng 
qo‘llab-quvvatlandi. Dunyoning turli mintaqalaridagi 60 ga yaqin davlatlar, shu 
jumladan, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, 
Turkiya, Yaponiya, Pokiston, Eron, Hindiston, Misr, Malayziya, Singapur, Vetnam, 
Bangladesh, Iordaniya, Ummon, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Vengriya, 


84 
Ruminiya, Jazoir, Paragvay mazkur rezolyutsiyaga hammuallif sifatida ishtirok 
etgani bu fikrni yaqqol taqdiqlaydi
96

Bosh Assambleya qabul qilgan rezolyutsiya: 
— Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik 
vaziyatni yaxshilashga qaratilgan mintaqaviy tadbirlar va tashabbuslarni qo‘llab-
quvvatlashini e’lon qiladi; 
— bundan buyon ham Orolbo‘yi mintaqasi tabiatini tiklash va yaxshilash
tabiiy resurslarni saqlash va aholi hayot sifatini oshirish manfaatlari yo‘lidagi ilmiy-
tadqiqot maslahatlashuv faoliyatini rag‘batlantiradi; 
— Orol dengizi inqirozi oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yi mintaqasidagi 
ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga 
oshirishda mintaqaviy hamkorlikni faollashtirish muhimligini ta’kidlaydi; 
— barcha manfaatdor tomonlarni qo‘shma fanlararo tadqiqotlar o‘tkazishga, 
ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga, inklyuziv va ekologik 
barqaror iqtisodiy o‘sishga hamda energiya va suvni tejovchi texnologiyalarni 
qo‘llashga turtki berishga chaqiradi. 
Hujjatda O‘zbekiston rahbariyatining tashabbusi bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzurida Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining tashkil 
etilgani hamda BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik Trast 
fondini ta’sis etilganiga yuksak baho berildi va bu tashabbuslarning BMT tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanishi qayd etildi. 
Orolbo‘yi Bosh Assambleya tomonidan “Ekologik innovatsiyalar va 
texnologiyalar hududi” singari yuqori maqom taqdim etilgan ilk mintaqa bo‘ldi. 
BMT Bosh Assambleyasi maxsus rezolyutsiyasining qabul qilinishi yuqori 
texnologik innovatsiyalar, ekologik toza, energiya va suvni tejovchi 
texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishga investitsiyalarni jalb qilish, “yashil 
iqtisodiyot” tamoyillarini majmuaviy qo‘llash, cho‘llashuv va ekologik migratsiya 
jarayonlarining oldini olish, ekoturizmni rivojlantirish va boshqa chora-tadbirlarni 
96
https://president.uz/uz/lists/view/4373 


85 
amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni va rag‘batlantiruvchi omillarni 
shakllantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga qaratilgan. 
Shu bilan birga, hujjat mintaqaviy ustuvorlik, integratsiya va barqaror 
rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT tizimidagi ixtisoslashgan 
agentliklar, jamg‘armalar va dasturlarning amaliy harakatlarini hamda loyihalarini 
umumlashtirish va ular o‘rtasidagi muvofiqlashuvni ta’minlashga xizmat qiladi
97

97
https://mfa.uz/uz/press/news/2021/ozbekiston-prezidentining-orolboyi-mintaqasini-ekologik-innovatsiyalar-va-
texnologiyalar-hududi-deb-elon-qilish-togrisidagi-tashabbusi-amalga-oshdi---29760 


86 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling