Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

III bobga doir xulosalar 
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining BMT bilan o‘zaro hamkorligi 
ushbu tashkilot doirasida chegaralanib qolmay, balki BMT oilasiga kiruvchi qator 
ixtisoslashgan tashkilotlar bilan ham samarali hamkorlik tobora chuqurlashib 
bormoqda. Xususan, BMTning Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon 
savdo tashkiloti (JST), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), BMTning bolalar 
jamg‘armasi (YUNISEF), BMT ning fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha 
tashkiloti (YUNESKO), BMTning Yevropa bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi (YEIK), 
BMT savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi guruhi kabi ixtisoslashtirilgan 
muassasalari bilan hamkorlik yildan-yilga rivojlanib bormoqda. 
Ikkinchidan, biz uchun O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlik ham 
alohida ahamiyat kasb etmoqda. “Urush g‘oyalari inson ongida paydo bo‘ladi, shu 
bois inson ongida tinchlik g‘oyalarini shakllantirmoq lozim”, — deyiladi 
YUNESKOning ta’sis Nizomida. Ushbu oliy maqsaddan kelib chiqib, mazkur 
tashkilot dunyo mamlakatlarida fan, ta’lim, madaniyatni har tomonlama 
rivojlantirish orqali insoniyat taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shib kelmoqda. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va YUNESKO o‘rtasida samarali hamkorlik 
yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz 
shaharlari YUNESKOning Butunjahon yodgorliklar ro‘yxatiga kiritilgan. 
YUNESKO bilan hamkorlikda bir qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga 
oshirilmoqda. 
Uchinchidan, YUNESKO tashkiloti ham mamlakatimiz madaniy hayotida 
faol ishtirok etmoqda. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivallari, buyuk 
o‘tmishimiz bilan bog‘liq tarixiy sanalarning YUNESKO yubileylari sifatida keng 
nishonlanib kelinayotganligi o‘zaro hamkorlikning ahamiyati va nufuzini yanada 
oshirmoqda. 
YUNESKO O‘zbekiston Respublikasining boy tarixiy-madaniy merosini 
saqlash va targ‘ib etishda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, 2017 yil holatiga ko‘ra, 
jahonning 1073 ta yodgorliklari kiritilgan YUNESKOning “Butunjahon merosi” 


87 
(World Heritage List) ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasidan 5 ta obyekt:
1990 yilda Xivadagi Ichan qal’a, 1993 yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi, 
2000 yilda Shahrisabz shahrining tarixiy markazi, 2001 yilda Samarqand 
madaniyatlar chorrahasi, 2016 yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston 
qo‘shma nomzodligida G‘arbiy Tyan-Shan tog‘lari kiritilgan. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling