Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

To‘rtinchidan, o‘zbek xalqi tarixiy-ma’naviy merosini YUNESKO orqali 
targ‘ib etishda nomoddiy madaniy meros muhim ahamiyatga ega. 2017 yilga qadar 
O'zbekiston Respublikasidan 7 ta nomoddiy madaniy meros obyektlari va 
an’analari, xususan, 2008 yilda “Boysun mintaqasi madaniy muhiti”, 
“Shashmaqom” musiqasi, 2009 yilda “Katta ashula”, 2014 yilda “Askiya”,
2016 yilda “Navro‘z”, “Palov madaniyat va an’anasi”, 2017 yilda “Marg‘ilon 
hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: atlas va adras to‘qish an’anaviy 
texnologiyasini saqlash” YUNESKO insoniyatning nomoddiy madaniy merosi 
(Intangible Cultural Heritage) durdonalari ro‘yxatiga kiritildi. 
Beshinchidan, O‘zbekistonning BMT bilan aloqalari natijasida jahon 
hamjamiyati bilan o‘zaro hamkorlik borasida o‘ziga xos tajriba to‘pladi. Respublika 
yirik tashkilot sifatida global va mintaqaviy muammolar yechimiga BMTdan 
xalqaro siyosiy minbar sifatida foydalandi. O‘z navbatida, O‘zbekiston 
tashabbuslariga BMT yuksak baho berdi. Biroq, ayrim vaqtlarda tashkilot taoliyatida 
O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, o‘ziga 
xos tarixiy, milliy xususiyatlarni hisobga olmaslik kabilar kuzatildi. Bu esa o‘z 
navbatida O‘zbekiston va BMT hamkorligida o‘zaro tushunmovchiliklarni ham 
yuzaga keltirdi. 
 
 


88 
Xulosa 
O‘zbekiston Respublikasining BMT bilan hamkorligi tarixiga oid tadqiqot olib 
borildi hamda o'rganilgan masalaning ilmiy, amaliy ahamiyati va dolzarbligidan 
kelib chiqib quyidagi xulosalarga kelindi: 
1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik tufayli jahon hamjamiyati bilan o‘zaro 
teng manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘ydi, o‘zining tashqi siyosati asoslarini yaratdi. 
Bu, o‘z navbatida, davlatlarning suveren tengligi, kuch bilan tahdid qilmaslik, 
chegaralar daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish va boshqa 
mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro tuzilmalar faoliyatida 
ishtirok etish kabi tamoyillar bilan asoslangan. 
2. Jahon hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi 
xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMTga a’zo bo‘ldi va mazkur tashkilot bilan o‘zaro 
ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. 
3. Ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 
qo‘lga kiritishi O‘zbekiston xalqlarining XX asr so‘ngidagi muhim tarixiy g‘alabasi 
bo‘lsa, 1992 yil 2 martda mamlakatning BMTga qabul qilinishi O‘zbekiston 
tarixining dastlabki sahifalaridagi yana bir muhim yutug‘i bo‘ldi. 
4. O‘zbekistonning BMT bilan Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va 
barqaror taraqqiyot muammolari yuzasidan o‘zaro munosabatlari dolzarb va muhim 
ahamiyatga egadir. O‘zbekiston afg‘on mojarosi, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, 
mintaqada yadro qurolidan xoli hudud yaratish, ekologik tahdidlar kabi 
muammolarga BMT minbaridan xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratdi, ularni 
bartaraf etish uchun birgalikda hamkorlikka da’vat etdi. O‘zbekistonning taklif va 
tashabbuslari jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 
5. BMT ixtisoslashgan muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida va 
madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan va ular 
ilmiy-texnikaviy, ta’lim va kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. 
O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari o‘rtasidagi madaniy-
gumanitar munosabatlari natijasida tarixiy-madaniy yodgorliklar, obidalar va 


89 
qadimiy shaharlar, moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari YUNESKOning 
turli ro‘yxatlariga kiritildi va xalqaro muhofazaga olindi. O‘zbekiston va dunyo 
xalqlari tarixida chuqur iz qoldirgan turli an’analar, qadriyatlar, ma’naviy meros 
obidalari va tarixiy shaxslar va shaharlarning yubiley sanalari YUNESKO 
hamkorligida xalqaro miqyosda nishonlandi. Ta’kidlash muhimki, bu tadbirlar 
O‘zbekiston xalqlari tarixi va madaniyati bilan jahon jamoatchiligini yaqindan 
tanishtirishda, o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Tadqiqot ishi natijalariga ko‘ra chiqarilgan xulosalar va aniqlangan 
muammolar yuzasidan quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari surishga asos bo‘ldi: 
1. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
va 
BMT 
o‘rtasidagi 
hamkorlik 
samaradorligini yanada oshirish uchun fanlararo yondashuv asosida turli soha olim 
va ekspertlarini jalb etgan holda Markaziy Osiyodagi mavjud global va mintaqaviy 
muammolarni har tomonlama o‘rganish, ularning takliflari asosida BMT doirasida 
amaliy yechim topish maqsadga muvofiq. 
2. 
Orol muammosining ijtimoiy-ekologik oqibatlarini o‘rgangan holda 
mazkur masalani muvofiqlashtirish uchun O‘zbekistonda BMT shafeligida doimiy 
faoliyat yurituvchi “Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik muammolarini ilmiy va 
amaliy tadqiq etish” markazini tashkil muhim ahamiyatga ega. 
3. 
Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi zamonaviy jarayonlar mintaqaning 
eng yangi tarixiga bag‘ishlangan yirik fundamental tadqiqotni amalga oshirishni 
talab qilmoqda. Shu boisdan, YUNESKO doirasida “Markaziy Osiyo 
sivilizatsiyalari tarixi” tadqiqotining mantiqiy va ilmiy davomi sifatida “Markaziy 
Osiyo mintaqasi zamonaviy tarixi va madaniyati” ilmiy loyihasini amalga oshirish 
va tadqiqotni nashr etish maqsadga muvofiq. 
4. 
Dunyo xalqlari madaniyatida o‘chmas iz qoldirgan mutafakkir, shoir va 
davlat arboblari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludini, 
Karmana, Qo‘qon va Andijon kabi qadimiy shaharlarning yubileyini YUNESKO 
miqyosida xalqaro nishonlash muhim ahamiyatga ega. 


90 
5. 
O‘zbekiston Respublikasining Toshkent, Andijon, Termiz kabi qadimiy 
shaharlarini hamda Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy va Surxondaryo viloyati 
Boysun tog‘larida joylashgan Zarautsoy qoyatosh suratlarini YUNESKOning 
“Butunjahon yodgorliklari” ro‘yxatiga kiritish maqsadga muvofiq. 
6. 
YUNESKO ko‘magida Buxoro viloyatidagi G‘ijduvon shahrida 
an'anaviy kulolchilik va Navoiy viloyatida G‘ozg‘on toshtaroshlik markazlarini 
tashkil etish taklif etiladi. 
7. 
O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlarida 
“O‘zbekiston va BMT munosabatlari”, “O‘zbekiston va xalqaro tashkilotlar” 
maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish maqsadga muvofiq. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling