Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


 O‘zbekiston – BMT: islohotlarining yangi davrdagi ustuvor vazifalari


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

3.2. O‘zbekiston – BMT: islohotlarining yangi davrdagi ustuvor vazifalari 
2016 yil 16 sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasining 71-sessiyasining 
birinchi yalpi majlisi kun tartibidagi masalalardan biri – Islom Karimov xotirasi 
uchun bir daqiqalik sukut bilan ochildi va yodga olindi
87

O‘zbekistonning BMT bilan hamkorlik aloqalari, ayniqsa, so‘nggi to‘rt yil 
davomida sezilarli darajada rivojlanmoqda. Ushbu rivojlanish, albatta, muhtaram 
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida amalga oshirilayotgan tub 
islohotlar, ochiqlik, pragmatik siyosati, BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslari va 
bularning dunyo miqyosda keng e’tirof etilishi bilan ham bog‘liq. 
Oʻzbekiston BMTning toʻlaqonli aʼzosi, shuningdek, 2015 yil sentabrda 
BMTga aʼzo barcha 193 ta davlat tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha boʻlgan 
davrda barqaror taraqqiyot sohasidagi kun tartibini imzolagan tomon sifatida xavfsiz 
va sogʻlom sayyorada barcha odamlar uchun tenglik, taraqqiyot, qadr-qimmat va 
adolat hukm suradigan tinchlikka intilish boʻyicha global majburiyatni oʻz 
zimmasiga oldi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Birlashgan Millatlar tizimi 
O‘zbekistondagi barcha insonlar uchun, ayniqsa, eng ojiz va qiyin ahvolda qolgan 
insonlar uchun inson rivojlanishi konsepsiyasini ilgari surishda hamda yanada 
taraqqiy etgan, kuchli, barqaror jamiyat qurishda hamkorlik qilishga qat’iy qaror 
qilganligini yana bir bor tasdiqladi. 
Birlashgan Millatlar tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston 
va Birlashgan Millatlar tashkiloti tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada 
rivojlantirish bo‘yicha 2017 – 2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar 
“yo‘l xaritasi” imzolandi. 
O‘zbekistonning 2017-2021 yilllarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”, 
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlar loyihasi va 2016 – 2020 yillarga mo‘ljallangan 
YuNDAF, ya’ni BMTning rivojlanish maqsadlariga erishishga ko‘maklashish 
bo‘yicha doiraviy dasturning tamoyillariga tayangan holda, mazkur “Yo‘l 
xaritasi”da “Harakatlar strategiyasi 2017 – 2021”ning strategik ustuvor 
87
https://www.gazeta.uz/ru/2016/09/14/un/ 


74 
maqsadlariga erishish bo‘yicha hamda Hukumatning Barqaror rivojlanish 
maqsadlari – BRMga erishishga oid majburiyatlari va BMTning inson huquqlari 
mavzuidagi bir qator hujjatlarida belgilangan majburiyatlarini bajarish bo‘yicha
100 dan ziyod asosiy chora-tadbirlar belgilangan. Ushbu “Yo‘l xaritasi”ni 
amaliyotga tadbiq qilish borasida BMT iqtisodiy o‘sish va inson rivojlanishi, 
samarali boshqaruv va aniq faktlar asosda siyosat ishlab chiqish, qonun ustuvorligi 
va inson huquqlari, ijtimoiy himoya va atrof-muhitni muhofaza qilish, ta’lim va 
sog‘liqni saqlash, madaniy me’rosni muhofaza qilish, bolalar va ayollar huquqlari, 
tinchlini o‘rnatish va ofatlar xavfini kamaytirish kabi yo‘nalishlarda o‘z yordamini 
berishga tayyor. 
“Mazkur “Yo‘l xaritasi” hukumat va BMT o‘rtasida rivojlanish sohasidagi 
hamkorligiga yangi bir kuchli turtki beradi”, – deb ta’kidladi BMTning doimiy 
vakili Helena Freyzer. “Biz ushbu “Yo‘l xaritasi”ni hukumat va BMTning 
hisobdorligini ta’minlashga yordam beruvchi amaliy bir vosita hamda “Harakatlar 
strategiyasi” va BRMni amalga tadbiq qilish, O‘zbekistonda yashovchi barcha 
insonlar uchun taraqqiyot va munosib hayot darajasini ta’minlash yo‘lida qo‘yilgan 
keyingi qadam bo‘ldi
88

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi BMTning 
butun dunyo va mintaqaviy miqyosda faoliyat yuritayotgan boshqa muassasalari 
bilan birgalikda O‘zbekiston Hukumati bilan mazkur “Yo‘l xaritasi”ning 
tamoyillarini amalga oshirishda hamkorlik qilish qarori qat’iy. Rivojlanish 
sohasidagi donor va hamkorlar bilan birgalikda kelishilgan axborot-targ‘ibot 
ishlarini olib borish orqali mazkur “Yo‘l xaritasi” doirasida belgilangan 
majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni jalb qilish yo‘lida barcha 
sa’y-harakat va chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda. 
BMTning Bosh kotibi yaqinda Markaziy Osiyoga buyurgan tashrifi davomida 
ta’kidlaganidek, barqaror kelajakka qonunchilikni mustahkamlash, korrupsiyaga 
qarshi kurashish, mustaqil sud tizimi, ommaviy axborot vositalarining erkinligini 
88
Абдимўминов О. Б. Ўзбекистоннинг БМТ билан ҳамкорлик алоқалари: устувор йўналишлар ва 
ривожланиш тенденциялари// O`zbekiston tarixi. – 2016. – №2. – Б. 29–39. 


75 
ta’minlash, adolatli jamiyat yaratish hamda fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini 
kengaytirish orqali erishish mumkin”. Men, O‘zbekistonda Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi nomidan, iliq salomlarimni izhor etaman va Bosh 
prokuraturani ko‘p tomonlama hamkorlik sohasida haqiqiy voqea bo‘lmish ushbu 
tadbirni tashkil etgani bilan tabriklayman. Men O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi Prezident 
ma’ruzasidan kelib chiqqan holda, eng avvalo, tadbirning ahamiyatini ta’kidlab 
o‘tmoqchiman. Ushbu ma’ruzada qonunchilikni kuchaytirishga, eng avvalo, 
qonunlarning sifati va ularni amalga oshirilishiga alohida urg‘u berilgan edi. 
Shuningdek, manfaatdor tomonlarning xabardorligini oshirish va qonunlar 
ijrosining samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilgan edi. 
Hukumat tomonidan yaqinda imzolangan 2016 – 2020 yilga mo‘ljallangan 
yangi BMTning rivojlanish maqsadlarida yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturi 
hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ko‘mak ko‘rsatishda asosiy 
tamoyillardan biri – mamlakatda samarali boshqarish va huquq ustuvorligini 
rivojlantirish hisoblanadi. Bu borada biz Bosh prokuratura va boshqa milliy 
hamkorlar bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanishiga umid qilamiz. 
BMT TD manfaatdor tomonlarni va aholini xabardorligini oshirishga, 
jumladan milliy qonunchilik haqida ochiq ma’lumot ta’minlaydigan www.lex.uz 
onlayn huquqiy ma’lumotlar bazasini yaratishga, huquqiy targ‘ibot borasida katta 
rolga ega bo‘lishi mumkin. Viloyatlarda ilk bor yaratilgan hokimliklar axborot 
xizmatlarini tashkil qilishga ko‘mak ko‘rsatdi. BMTning Bosh kotibi yaqinda 
Markaziy Osiyoga buyurgan tashrifi davomida ta’kidlaganidek, barqaror kelajakka 
qonunchilikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, mustaqil sud tizimi, 
ommaviy axborot vositalarining erkinligini ta’minlash, adolatli jamiyat yaratish 
hamda fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish orqali erishish 
mumkin”. Demak, huquq ustuvorligi milliy taraqqiyot va xalqaro andozalar 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini asosi desak bo‘ladi
89

89
Сайфуллаев Д. Ўзбекистон ва БМТ: ўзаро манфаатга асосланган кўп томонлама дипломатия // 
Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. – 2019. –№4. – С. 26–31. 


76 
Ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga qaratilgan Ming yillikning taraqqiyot 
maqsadlaridan yangi bosqichga o‘tish sifatida, Barqaror tarraqiyot maqsadlari 
boshqarish va qonun ustuvorligiga qaratilgan bo‘ladi. 
Shu bois, Barqaror tarraqiyotning 16-maqsadining quyidagi holatlarini 
ta’kidlab o‘tish joiz
90

− Barcha darajada samarali, ma’sul, ochiq institutlar ishlab chiqish; 
− Jamoatchilik uchun axborot ochiqligii va asosiy erkinliklarini himoyasini 
taminlab berish, milliy qonunchilik va xalqaro shartnolarga binoan; 
− Barqaror tarraqiyot sohasida kamsitishga qaratilmagan qonunlarni 
rag‘batlantirish va bajarilishini ta’minlash. 
− Xabardorlikni oshirishning ahamiyati. 
Xabardorlikni oshirishning ahamiyati qonunlarni xulq-atvorni o‘zgartirish 
vazifisini ta’minlash uchun muhim. Fuqarolarning nuqtayi nazaridan xabardorlikni 
oshirish odamlar uchun yuridik muammolar va nizolarni oldini olish imkoniyatini 
bildiradi. Ular erta preventiv choralar ko‘rishi mumkin, ya’ni muammoning 
jiddiylashib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Demak, huquqiy targ‘ibotning profilaktik 
vazifasi muhim ahamiyatga ega. Xabardorlikni oshirish inson huquqlarini himoya 
qilishga va ular buzilganda tegishli choralar topishga yordam beradi. Biroq, yangi 
qonunlarni ishlab chiqishda va ular haqida xabardor qilish jarayonida aholining zaif 
qatlamlariga alohida e’tibor berish lozim. 
Yangi qonunlarni qo‘llab-quvvatlashsa, ancha yengil bo‘ladi. Shu boisdan, 
manfaatdor tomonlar bilan konsultatsiyalar va jamoatchilikni xabardorligini oshirish 
qonun ijodkorligi jarayonidayoq muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va ishonch 
tug‘diradi. Men hukumatning normativ hujjatlarni ta’sirning baholash protsedurasi 
doirasida biznes sohasiga oid normativ hujjatlarni jamoatchilik bilan onlayn 
muhokamasi borasidagi harakatlarini qo‘llab quvvatlayman. Ushbu tajribani boshqa 
90
Қ.Жўраев. Ўзбекистон — БМТ: тинчлик ва барқарорлик йўлидаги самарали ҳамкорлик. Адолат, 2012 йил 
2 март. 


77 
ijtimoiy va iqtisodiy va madaniy va atrof-muhit muammolariga oid qonun 
loyihalarini muhokama qilishda ham qo‘llash lozim. 
BMT TD manfaatdor tomonlarni va aholini xabardorligini oshirishga, 
jumladan, milliy qonunchilik haqida ochiq ma’lumot ta’minlaydigan www.lex.uz 
onlayn huquqiy ma’lumotlar bazasini yaratishga, huquqiy targ‘ibot borasida katta 
rolga ega bo‘lishi mumkin viloyatlarda ilk bor yaratilgan hokimliklar axborot 
xizmatlarini tashkil qilishga ko‘mak ko‘rsatdi. 
Jamiyatimizda barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Ulardan ko‘zlangan maqsad – “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan 
oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan 
demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat. 
Umumxalq muhokamasidan so‘ng besh yilga mo‘ljallangan O‘zbekistonni 
rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Ushbu strategiyani ishlab chiqishda biz 
o‘zimizga chetdan nazar tashlab, salohiyat va imkoniyatimizni xolis baholash bilan 
birga, xato va kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qildik. 
2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb 
e’lon qilindi. Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq 
qabulxonalari tashkil etildi. Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha 
milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotimiz faollashib 
bormoqda. Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha 
huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan 
doimiy nazorat qilib borilmoqda
91

Oʻzbekistonning BMT bilan hamkorligi soʻnggi 4 yilda mutlaqo yangi 
bosqichga koʻtarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil BMT Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasida, 2020 yil 23 sentabrda videokonferensiya shaklida 
tashkil etilgan 75-yubiley sessiyasida nutq soʻzladi. 
Davlatimiz rahbari oʻz nutqlarida jahon hamjamiyati eʼtiborini sayyoramiz 
aholisi uchun oʻta muhim masalalarga qaratdi. Bu borada qator dolzarb 
91
 
http://www.humandevelopment.uz
 


78 
tashabbuslarni ilgari surdi. Eng asosiysi, mamlakatimiz bildirgan takliflar hayotiy 
va aniqligi, olib borilayotgan saʼy-harakatlar esa amaliy va izchil ekanligi bilan 
jahon ommasi eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda. Xususan, Prezidentimiz BMT Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasida aholini ijtimoiy himoya qilish, inson huquqlarini 
taʼminlash, bolalar mehnatidan foydalanmaslik, davlat organlarining xalqqa xizmat 
qilishi lozimligi xususidagi fikrlarini bayon etdi. Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston 
muammosiga alohida toʻxtalib, afgʻon xalqi turmush tarzini yuksaltirish, ushbu 
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga koʻmaklashishga doim tayyor 
ekanini taʼkidladi, shu masalada AQSHni hamkorlikka chaqirdi. 
Davlatimiz rahbari sessiyada Markaziy Osiyodagi eng ogʻriqli muammolardan 
biri – Orol fojiasini yumshatish va suv resurslaridan oqilona foydalanish 
masalalarini koʻtargani alohida eʼtiborga loyiq. 
Oʻsha sessiyada Oʻzbekiston Prezidenti BMT minbaridan turib, ayni davrda 
insoniyat tarixidagi eng koʻp yoshlar bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda 
ilgari surgan yirik tashabbusi – Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi BMT konvensiyasini 
qabul qilish taklifi boʻldi. Shavkat Mirziyoyev bunga asos qilib, bugungi kunda 
yoshlar soni ikki milliarddan oshgani, xalqaro terrorizm va esktremizm shiddat bilan 
oʻsib borayotgan bir paytda ularga himoya zarurligini muhim omillar sifatida 
koʻrsatdi
92

Oʻzbekiston Prezidentining mazkur nutqi mavjud muammolarga mamlakat, 
mintaqa va global darajada ahamiyat qaratilib, ularning yechimiga pragmatik 
yondashilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu tashabbuslar xalqaro miqyosda qoʻllab-
quvvatlanib, 2018 yil 22 iyunda BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo 
mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha 
mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash”, 2018 yil 12 dekabrda 
“Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” nomli maxsus rezolyutsiyalari qabul qilindi. 
Shuningdek, 2017 yil noyabr oyida BMT shafeligida Samarqandda “Markaziy 
Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi 
92
Қ.Жўраев. Ўзбекистон — БМТ: тинчлик ва барқарорлик йўлидаги самарали ҳамкорлик. Адолат, 2012 йил 
2 март. 


79 
hamkorlik”, 2018 yil 27 martda Toshkentda “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida 
hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida Afgʻoniston boʻyicha xalqaro 
konferensiyalar tashkil etildi
93

BMT agentliklari “Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp 
sheriklik Trast fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining 
turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” qoʻshma dasturi ishga tushirildi. 
Umuman olganda, Oʻzbekiston tashabbuslari BMT darajasida faol qoʻllab-
quvvatlanmoqda. Mamlakatimizga BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy 
komissari, diniy eʼtiqod boʻyicha maxsus maʼruzachisi tashriflari beqiyos 
ahamiyatga ega boʻldi. 2018 yil noyabrda Samarqand shahrida BMT tashkil 
etilganidan soʻng 70 yil davomida Osiyo mintaqasida birinchi marta Inson huquqlari 
boʻyicha Osiyo forumi boʻlib oʻtdi. Forumda BMT Bosh Assambleyasining
73-sessiyasi hujjati sifatida tarqatilgan Inson huquqlari boʻyicha Samarqand 
deklaratsiyasi qabul qilindi. 2020 yilga belgilangan “Samarqand forumi” pandemiya 
sabab videokonferensiya shaklida tashkil etildi. 
Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan 
tashabbusni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan BMTning Yoshlar 
huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi loyihasi ayni paytda BMTga aʼzo 
davlatlar, manfaatdor tuzilmalar tomonidan qizgʻin muhokama qilinmoqda. 
Bularning bari Oʻzbekiston Tashkilot doirasida muhim xalqaro tashabbuslar 
ijodkoriga aylanib borayotganidan dalolat. Qolaversa, oʻtgan qisqa davr mobaynida 
mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, aholini ijtimoiy himoya 
qilish tizimini takomillashtirish, majburiy mehnatni bartaraf etish kabi umuminsoniy 
qadriyatlarga xizmat qiluvchi masalalarda ulkan natijalarga erishildi. Bu borada 
amalga oshirilayotgan islohotlar BMT tamoyillari bilan uygʻun, yondosh xalqaro 
tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikda olib borilmoqda
94

93
Ҳамидова А. Ўзбекистон Республикасининг БМТ билан ҳамкорлигининг халқаро-ҳуқуқий жиҳатлари. 
Юрид фан. ном. автореф. – Тошкент, 2018. – 21 б. 
94
Абдимўминов О. Б. Ўзбекистоннинг БМТ билан ҳамкорлик алоқалари: устувор йўналишлар ва 
ривожланиш тенденциялари// O`zbekiston tarixi. – 2019. – №2. – Б. 29–39. 


80 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasining 75-sessiyasida oʻzbek tilida soʻzlagan nutqi ham butun dunyo 
jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Prezidentimiz bu galgi 
nutqida inson huquqlari, xotin-qizlar, ayniqsa, dunyo yoshlari huquqlarini 
taʼminlash, mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yoʻlaklariga 
integratsiyasini chuqurlashtirish kabi oʻta muhim masalalarga alohida eʼtibor 
qaratdi. Davlatimiz rahbari, shuningdek, Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik 
oʻrnatish, Global iqlim oʻzgarishi va Orol muammosi, qashshoqlikni tugatish va 
kambagʻallikka qarshi kurashish kabi dolzarb masalalar yuzasidan aniq takliflarini 
bildirdi, bu borada BMTni hamkorlikka chaqirdi. Albatta, Oʻzbekiston va BMT 
hamkorligi izchil davom etadi. Oʻzbekiston Tashkilotni zamonaviy talablar asosida 
isloh qilishga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Yangi 
tashabbuslar va qoʻshma loyihalarni ilgari surish maqsadida Oʻzbekiston tomonidan 
BMT bilan oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl 
xaritasi” amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatdagi vazifalar toʻliq roʻyobga 
chiqarilishi mamlakatimizning BMT bilan munosabatlarini yanada yuqori 
bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Albatta, bu omil millatning tom maʼnoda eski mafkuralardan, maʼnaviy 
qarashlardan xalos boʻlmaganini anglatadi. Boshqacha aytganda, bu millat ruhiyati 
va tafakkuri “parvarish”ga muhtoj ekanidan dalolatdir. Har bir millatning etnik 
oʻzligini eng yorqin ifoda etadigan, belgilaydigan vosita uning tili hisoblanadi. Shu 
maʼnoda Prezidentimizning BMT minbaridan turib tarixda ilk bor oʻzbek tilida nutq 
irod qilishi mustaqillik yillarida qoʻlga kiritgan, biz guvohi boʻlib turgan eng ulugʻ 
gʻalabalardan biridir. Chunki til bugun biz uchun maʼnaviy asos barobarida siyosiy 
masala hamdir. Ehtimol, aynan shunday fikru oʻylar turk qardoshlarimiz qalbiga 
ham choʻgʻ solgan boʻlsa, ajab emas. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh 
Assambleyasining 75-sessiyasidagi bu galgi chiqishi uning mazkur xalqaro tashkilot 
ishidagi ikkinchi ishtiroki hisoblanadi. Mamlakatimiz rahbari bundan oldin 2017 yil 
12 sentabrda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh shtab kvartirasida chiqish qilgan edi. 


81 
Uch yil oldingi nutqida Yurtboshimiz dunyo minbaridan turib mintaqa va jahon 
hamjamiyati uchun muhim sanalgan umumsiyosiy masala va takliflarni oʻrtaga 
tashlagan edi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini 
yoʻlga qoʻyish, BMTning “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” maxsus rezolyutsiyasini 
qabul qilish, BMTning Yoshlar huquqlari boʻyicha konvensiyasini ishlab chiqish, 
Orolboʻyi muammosiga eʼtiborni oshirish va Afgʻoniston muammosini hal etish 
shular jumlasidandir. Eʼtiborlisi shundaki, hozirgacha ushbu takliflarning 4 tasi 
amalga oshdi. Xususan, mintaqa davlatlari (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, 
Turkmaniston, Oʻzbekiston) rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazamlik 
maqomini oldi. 2018 yilda BMT Bosh Assambleyasi “Maʼrifat va diniy 
bagʻrikenglik” maxsus rezolyutsiyasini tasdiqladi, shu yili Orolboʻyi mintaqasida 
insonlar xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik asosidagi Trast fondi ish boshladi. 
Ayni paytda BMTning yoshlar huquqlari boʻyicha konvensiyasi loyihasini 
yaratish jarayoni qizgʻin pallada. Aynan shu formatda inson huquqlari boʻyicha 
Samarqand forumlarining oʻtkazilayotgani maqsad sari jiddiy qadam tashlanganini 
anglatadi, albatta. Oʻtgan gal oʻrtaga tashlangan masala va takliflar ichida alohida 
bir masala bor ediki, bu nafaqat mintaqa, balki dunyo hamjamiyati tinchligi va 
barqarorligi uchun ham oʻta muhim hisoblanadi. Bu – “Afgʻon muammosi”.
2018 yil martida Toshkentda Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro 
konferensiya tashkil etilib uning yakunlari boʻyicha maxsus deklaratsiya qabul 
qilindi. 
Bugun hech ikkilanmay aytish mumkinki, poytaxtimizda oʻtkazilgan “Tinchlik 
jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi 
xalqaro konferensiya Oʻzbekistonning afgʻonlararo tinchlik jarayonini 
faollashtirishga qoʻshgan hal qiluvchi hissasi boʻlgan edi. Oʻzbekiston va 
Afgʻoniston prezidentlari, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari boʻlgan 
mamlakatlar, mintaqaning yetakchi davlatlari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar 
vakillari ishtirok etgan yigʻinda Oʻzbekiston Prezidenti chiqish qilar ekan
Afgʻonistondagi mojaroni hal qilish yoʻllarining aniq strategik yondashuvlarini 
koʻrsatib, “afgʻon siyosati”ga doir ustuvor yoʻnalishlarni belgilab bergandi. Ular 


82 
bugunga kelib Afgʻonistonda tinchlikni qaror toptirish boʻyicha xalqaro saʼy-
harakatlarni faollashtirish asosiga aylandi. Toshkent deklaratsiyasi asosida qariyb 
ikki yil davom etgan xalqaro miqyosdagi saʼy-harakatlar natijasida 2020 yilning
29 fevral sanasida Qatar poytaxti Dohada Amerika Qoʻshma Shtatlari va “Tolibon” 
harakati oʻrtasida tinchlik bitimi imzolandi. Mazkur anjumandan soʻng dunyoning 
rivojlangan “aql markazlari”, nufuzli ekspertlar va ommaviy axborot vositalari 
vakillari oʻz taxminlarini bayon qilishdi. 
Tahlilchilar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Afgʻoniston boʻyicha yuqori 
darajadagi xalqaro konferensiyani oʻtkazish tashabbusi oʻz vaqtida boʻlgani va 
dolzarb ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlashdi. Buning natijasini kechagina Qatar 
poytaxti Doha shahrida Afgʻoniston hukumati va “Tolibon” guruhi oʻrtasida uzoq 
kutilgan inklyuziv muzokaralar boʻlib oʻtgani va bu uchrashuvlar mohiyatan 
afgʻonlararo umummilliy yarashuvga mustahkam poydevor yaratishi bilan 
nihoyatda ahamiyatli, deya eʼtirof etilganida ham koʻrish mumkin. Chunki bungacha 
ushbu oʻlkada oʻtgan 40 yil mobaynida tinchlik oʻrnatish boʻyicha biror-bir samarali 
muzokara oʻtkazilmagan. Davlatimiz rahbari bu safargi nutqida ham xalqaro va 
mintaqaviy ahamiyatga molik qator masalalar yuzasidan muhim tashabbuslar bilan 
chiqdi. Xususan, mintaqa va global miqyosda tinchlik hamda barqarorlikni 
mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, 
konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat 
xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambagʻallikni qisqartirish 
masalalarini oʻrtaga tashladiki, ular bugun butun insoniyatni oʻylantirmoqda
95
.
Maʼruzada Yurtboshimiz bugun butun insoniyat boshiga tushgan, hammani 
birday xavotirga solayotgan koronavirus pandemiyasi, unga qarshi birgalikda 
kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib oʻtish masalalariga 
ham eʼtibor qaratdi. Ushbu ofat hozirda insoniyat oldida turgan, eng birinchi hal 
etilishi zarur boʻlgan muammolardan biriga aylandi. Negaki, yosh, jins, millat va 
davlat tanlamaydigan ushbu virusning tarqalish surʼati juda tez, talafoti halokatli. 
95
 
https://mfa.uz/uz/cooperation/
 


83 
Shu oʻrinda mamlakatimizda Prezidentimiz koʻrsatmasi bilan oʻz vaqtida koʻrilgan 
chora-tadbirlar kasallik keltirishi mumkin boʻlgan xavfni kamaytirish imkonini 
berganini alohida eʼtirof etish zarur. Prezidentimizning mazkur maʼruzasidan kelib 
chiqib, qayd etish kerak boʻlgan yana bir jihat bor. 
Maʼlumki, davlatimiz rahbari shu yil boshida Oliy Majlisga qilgan murojaatida 
2021 – 2023 yillar mobaynida BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzo 
boʻlish masalasini bayon etgan edi. Tan olish kerakki, keyingi yillarda 
mamlakatimizda ushbu jabhada dadil qadamlar tashlandi. Diniy va siyosiy sabablar 
bilan hibsda ushlab turilgan mahbuslar sonining keskin qisqarishi, matbuot va soʻz 
erkinligining taʼminlanayotgani, erkin saylovlar yoʻlidagi islohotlar shular 
jumlasidandir.
Darhaqiqat, Prezidentimizning oʻz maʼruzasini ona tilimizda bayon etishi yuz 
yillik tariximizdagi nafaqat ijtimoiy, balki chuqur siyosiy hodisa hamdir. Mohiyat-
eʼtibori bilan bu harakat chin maʼnodagi milliy davlat barpo etish yoʻlidagi shahd 
ortga qaytmas ekanini koʻrsatadi. Bu esa davlatimiz va millatimizning toji, eng oliy 
nishoni boʻlgan ona tilimizning qadrini yanada baland qiladi. 
O‘zbekistonning BMT bilan aloqalaridagi eng so‘nggi va yorqin voqealardan 
biri, shubhasiz, O‘zbekiston Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling