Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
O‘zbekiston – BMT: islohotlarining yangi davrdagi ustuvor vazifalari
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
BMT diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik
3.2. O‘zbekiston – BMT: islohotlarining yangi davrdagi ustuvor vazifalari
2016 yil 16 sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasining 71-sessiyasining birinchi yalpi majlisi kun tartibidagi masalalardan biri – Islom Karimov xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan ochildi va yodga olindi 87 . O‘zbekistonning BMT bilan hamkorlik aloqalari, ayniqsa, so‘nggi to‘rt yil davomida sezilarli darajada rivojlanmoqda. Ushbu rivojlanish, albatta, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ochiqlik, pragmatik siyosati, BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslari va bularning dunyo miqyosda keng e’tirof etilishi bilan ham bog‘liq. Oʻzbekiston BMTning toʻlaqonli aʼzosi, shuningdek, 2015 yil sentabrda BMTga aʼzo barcha 193 ta davlat tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror taraqqiyot sohasidagi kun tartibini imzolagan tomon sifatida xavfsiz va sogʻlom sayyorada barcha odamlar uchun tenglik, taraqqiyot, qadr-qimmat va adolat hukm suradigan tinchlikka intilish boʻyicha global majburiyatni oʻz zimmasiga oldi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Birlashgan Millatlar tizimi O‘zbekistondagi barcha insonlar uchun, ayniqsa, eng ojiz va qiyin ahvolda qolgan insonlar uchun inson rivojlanishi konsepsiyasini ilgari surishda hamda yanada taraqqiy etgan, kuchli, barqaror jamiyat qurishda hamkorlik qilishga qat’iy qaror qilganligini yana bir bor tasdiqladi. Birlashgan Millatlar tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar tashkiloti tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017 – 2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi” imzolandi. O‘zbekistonning 2017-2021 yilllarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlar loyihasi va 2016 – 2020 yillarga mo‘ljallangan YuNDAF, ya’ni BMTning rivojlanish maqsadlariga erishishga ko‘maklashish bo‘yicha doiraviy dasturning tamoyillariga tayangan holda, mazkur “Yo‘l xaritasi”da “Harakatlar strategiyasi 2017 – 2021”ning strategik ustuvor 87 https://www.gazeta.uz/ru/2016/09/14/un/ 74 maqsadlariga erishish bo‘yicha hamda Hukumatning Barqaror rivojlanish maqsadlari – BRMga erishishga oid majburiyatlari va BMTning inson huquqlari mavzuidagi bir qator hujjatlarida belgilangan majburiyatlarini bajarish bo‘yicha 100 dan ziyod asosiy chora-tadbirlar belgilangan. Ushbu “Yo‘l xaritasi”ni amaliyotga tadbiq qilish borasida BMT iqtisodiy o‘sish va inson rivojlanishi, samarali boshqaruv va aniq faktlar asosda siyosat ishlab chiqish, qonun ustuvorligi va inson huquqlari, ijtimoiy himoya va atrof-muhitni muhofaza qilish, ta’lim va sog‘liqni saqlash, madaniy me’rosni muhofaza qilish, bolalar va ayollar huquqlari, tinchlini o‘rnatish va ofatlar xavfini kamaytirish kabi yo‘nalishlarda o‘z yordamini berishga tayyor. “Mazkur “Yo‘l xaritasi” hukumat va BMT o‘rtasida rivojlanish sohasidagi hamkorligiga yangi bir kuchli turtki beradi”, – deb ta’kidladi BMTning doimiy vakili Helena Freyzer. “Biz ushbu “Yo‘l xaritasi”ni hukumat va BMTning hisobdorligini ta’minlashga yordam beruvchi amaliy bir vosita hamda “Harakatlar strategiyasi” va BRMni amalga tadbiq qilish, O‘zbekistonda yashovchi barcha insonlar uchun taraqqiyot va munosib hayot darajasini ta’minlash yo‘lida qo‘yilgan keyingi qadam bo‘ldi 88 . Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi BMTning butun dunyo va mintaqaviy miqyosda faoliyat yuritayotgan boshqa muassasalari bilan birgalikda O‘zbekiston Hukumati bilan mazkur “Yo‘l xaritasi”ning tamoyillarini amalga oshirishda hamkorlik qilish qarori qat’iy. Rivojlanish sohasidagi donor va hamkorlar bilan birgalikda kelishilgan axborot-targ‘ibot ishlarini olib borish orqali mazkur “Yo‘l xaritasi” doirasida belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni jalb qilish yo‘lida barcha sa’y-harakat va chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda. BMTning Bosh kotibi yaqinda Markaziy Osiyoga buyurgan tashrifi davomida ta’kidlaganidek, barqaror kelajakka qonunchilikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, mustaqil sud tizimi, ommaviy axborot vositalarining erkinligini 88 Абдимўминов О. Б. Ўзбекистоннинг БМТ билан ҳамкорлик алоқалари: устувор йўналишлар ва ривожланиш тенденциялари// O`zbekiston tarixi. – 2016. – №2. – Б. 29–39. 75 ta’minlash, adolatli jamiyat yaratish hamda fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish orqali erishish mumkin”. Men, O‘zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi nomidan, iliq salomlarimni izhor etaman va Bosh prokuraturani ko‘p tomonlama hamkorlik sohasida haqiqiy voqea bo‘lmish ushbu tadbirni tashkil etgani bilan tabriklayman. Men O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi Prezident ma’ruzasidan kelib chiqqan holda, eng avvalo, tadbirning ahamiyatini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ushbu ma’ruzada qonunchilikni kuchaytirishga, eng avvalo, qonunlarning sifati va ularni amalga oshirilishiga alohida urg‘u berilgan edi. Shuningdek, manfaatdor tomonlarning xabardorligini oshirish va qonunlar ijrosining samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilgan edi. Hukumat tomonidan yaqinda imzolangan 2016 – 2020 yilga mo‘ljallangan yangi BMTning rivojlanish maqsadlarida yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ko‘mak ko‘rsatishda asosiy tamoyillardan biri – mamlakatda samarali boshqarish va huquq ustuvorligini rivojlantirish hisoblanadi. Bu borada biz Bosh prokuratura va boshqa milliy hamkorlar bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanishiga umid qilamiz. BMT TD manfaatdor tomonlarni va aholini xabardorligini oshirishga, jumladan milliy qonunchilik haqida ochiq ma’lumot ta’minlaydigan www.lex.uz onlayn huquqiy ma’lumotlar bazasini yaratishga, huquqiy targ‘ibot borasida katta rolga ega bo‘lishi mumkin. Viloyatlarda ilk bor yaratilgan hokimliklar axborot xizmatlarini tashkil qilishga ko‘mak ko‘rsatdi. BMTning Bosh kotibi yaqinda Markaziy Osiyoga buyurgan tashrifi davomida ta’kidlaganidek, barqaror kelajakka qonunchilikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, mustaqil sud tizimi, ommaviy axborot vositalarining erkinligini ta’minlash, adolatli jamiyat yaratish hamda fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish orqali erishish mumkin”. Demak, huquq ustuvorligi milliy taraqqiyot va xalqaro andozalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini asosi desak bo‘ladi 89 . 89 Сайфуллаев Д. Ўзбекистон ва БМТ: ўзаро манфаатга асосланган кўп томонлама дипломатия // Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. – 2019. –№4. – С. 26–31. 76 Ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga qaratilgan Ming yillikning taraqqiyot maqsadlaridan yangi bosqichga o‘tish sifatida, Barqaror tarraqiyot maqsadlari boshqarish va qonun ustuvorligiga qaratilgan bo‘ladi. Shu bois, Barqaror tarraqiyotning 16-maqsadining quyidagi holatlarini ta’kidlab o‘tish joiz 90 : − Barcha darajada samarali, ma’sul, ochiq institutlar ishlab chiqish; − Jamoatchilik uchun axborot ochiqligii va asosiy erkinliklarini himoyasini taminlab berish, milliy qonunchilik va xalqaro shartnolarga binoan; − Barqaror tarraqiyot sohasida kamsitishga qaratilmagan qonunlarni rag‘batlantirish va bajarilishini ta’minlash. − Xabardorlikni oshirishning ahamiyati. Xabardorlikni oshirishning ahamiyati qonunlarni xulq-atvorni o‘zgartirish vazifisini ta’minlash uchun muhim. Fuqarolarning nuqtayi nazaridan xabardorlikni oshirish odamlar uchun yuridik muammolar va nizolarni oldini olish imkoniyatini bildiradi. Ular erta preventiv choralar ko‘rishi mumkin, ya’ni muammoning jiddiylashib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Demak, huquqiy targ‘ibotning profilaktik vazifasi muhim ahamiyatga ega. Xabardorlikni oshirish inson huquqlarini himoya qilishga va ular buzilganda tegishli choralar topishga yordam beradi. Biroq, yangi qonunlarni ishlab chiqishda va ular haqida xabardor qilish jarayonida aholining zaif qatlamlariga alohida e’tibor berish lozim. Yangi qonunlarni qo‘llab-quvvatlashsa, ancha yengil bo‘ladi. Shu boisdan, manfaatdor tomonlar bilan konsultatsiyalar va jamoatchilikni xabardorligini oshirish qonun ijodkorligi jarayonidayoq muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va ishonch tug‘diradi. Men hukumatning normativ hujjatlarni ta’sirning baholash protsedurasi doirasida biznes sohasiga oid normativ hujjatlarni jamoatchilik bilan onlayn muhokamasi borasidagi harakatlarini qo‘llab quvvatlayman. Ushbu tajribani boshqa 90 Қ.Жўраев. Ўзбекистон — БМТ: тинчлик ва барқарорлик йўлидаги самарали ҳамкорлик. Адолат, 2012 йил 2 март. 77 ijtimoiy va iqtisodiy va madaniy va atrof-muhit muammolariga oid qonun loyihalarini muhokama qilishda ham qo‘llash lozim. BMT TD manfaatdor tomonlarni va aholini xabardorligini oshirishga, jumladan, milliy qonunchilik haqida ochiq ma’lumot ta’minlaydigan www.lex.uz onlayn huquqiy ma’lumotlar bazasini yaratishga, huquqiy targ‘ibot borasida katta rolga ega bo‘lishi mumkin viloyatlarda ilk bor yaratilgan hokimliklar axborot xizmatlarini tashkil qilishga ko‘mak ko‘rsatdi. Jamiyatimizda barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko‘zlangan maqsad – “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat. Umumxalq muhokamasidan so‘ng besh yilga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Ushbu strategiyani ishlab chiqishda biz o‘zimizga chetdan nazar tashlab, salohiyat va imkoniyatimizni xolis baholash bilan birga, xato va kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qildik. 2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilindi. Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotimiz faollashib bormoqda. Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda 91 . Oʻzbekistonning BMT bilan hamkorligi soʻnggi 4 yilda mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida, 2020 yil 23 sentabrda videokonferensiya shaklida tashkil etilgan 75-yubiley sessiyasida nutq soʻzladi. Davlatimiz rahbari oʻz nutqlarida jahon hamjamiyati eʼtiborini sayyoramiz aholisi uchun oʻta muhim masalalarga qaratdi. Bu borada qator dolzarb 91 http://www.humandevelopment.uz 78 tashabbuslarni ilgari surdi. Eng asosiysi, mamlakatimiz bildirgan takliflar hayotiy va aniqligi, olib borilayotgan saʼy-harakatlar esa amaliy va izchil ekanligi bilan jahon ommasi eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda. Xususan, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida aholini ijtimoiy himoya qilish, inson huquqlarini taʼminlash, bolalar mehnatidan foydalanmaslik, davlat organlarining xalqqa xizmat qilishi lozimligi xususidagi fikrlarini bayon etdi. Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston muammosiga alohida toʻxtalib, afgʻon xalqi turmush tarzini yuksaltirish, ushbu mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga koʻmaklashishga doim tayyor ekanini taʼkidladi, shu masalada AQSHni hamkorlikka chaqirdi. Davlatimiz rahbari sessiyada Markaziy Osiyodagi eng ogʻriqli muammolardan biri – Orol fojiasini yumshatish va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini koʻtargani alohida eʼtiborga loyiq. Oʻsha sessiyada Oʻzbekiston Prezidenti BMT minbaridan turib, ayni davrda insoniyat tarixidagi eng koʻp yoshlar bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda ilgari surgan yirik tashabbusi – Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifi boʻldi. Shavkat Mirziyoyev bunga asos qilib, bugungi kunda yoshlar soni ikki milliarddan oshgani, xalqaro terrorizm va esktremizm shiddat bilan oʻsib borayotgan bir paytda ularga himoya zarurligini muhim omillar sifatida koʻrsatdi 92 . Oʻzbekiston Prezidentining mazkur nutqi mavjud muammolarga mamlakat, mintaqa va global darajada ahamiyat qaratilib, ularning yechimiga pragmatik yondashilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu tashabbuslar xalqaro miqyosda qoʻllab- quvvatlanib, 2018 yil 22 iyunda BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash”, 2018 yil 12 dekabrda “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” nomli maxsus rezolyutsiyalari qabul qilindi. Shuningdek, 2017 yil noyabr oyida BMT shafeligida Samarqandda “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi 92 Қ.Жўраев. Ўзбекистон — БМТ: тинчлик ва барқарорлик йўлидаги самарали ҳамкорлик. Адолат, 2012 йил 2 март. 79 hamkorlik”, 2018 yil 27 martda Toshkentda “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiyalar tashkil etildi 93 . BMT agentliklari “Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik Trast fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” qoʻshma dasturi ishga tushirildi. Umuman olganda, Oʻzbekiston tashabbuslari BMT darajasida faol qoʻllab- quvvatlanmoqda. Mamlakatimizga BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari, diniy eʼtiqod boʻyicha maxsus maʼruzachisi tashriflari beqiyos ahamiyatga ega boʻldi. 2018 yil noyabrda Samarqand shahrida BMT tashkil etilganidan soʻng 70 yil davomida Osiyo mintaqasida birinchi marta Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi boʻlib oʻtdi. Forumda BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasi hujjati sifatida tarqatilgan Inson huquqlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. 2020 yilga belgilangan “Samarqand forumi” pandemiya sabab videokonferensiya shaklida tashkil etildi. Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbusni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi loyihasi ayni paytda BMTga aʼzo davlatlar, manfaatdor tuzilmalar tomonidan qizgʻin muhokama qilinmoqda. Bularning bari Oʻzbekiston Tashkilot doirasida muhim xalqaro tashabbuslar ijodkoriga aylanib borayotganidan dalolat. Qolaversa, oʻtgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, majburiy mehnatni bartaraf etish kabi umuminsoniy qadriyatlarga xizmat qiluvchi masalalarda ulkan natijalarga erishildi. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar BMT tamoyillari bilan uygʻun, yondosh xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikda olib borilmoqda 94 . 93 Ҳамидова А. Ўзбекистон Республикасининг БМТ билан ҳамкорлигининг халқаро-ҳуқуқий жиҳатлари. Юрид фан. ном. автореф. – Тошкент, 2018. – 21 б. 94 Абдимўминов О. Б. Ўзбекистоннинг БМТ билан ҳамкорлик алоқалари: устувор йўналишлар ва ривожланиш тенденциялари// O`zbekiston tarixi. – 2019. – №2. – Б. 29–39. 80 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida oʻzbek tilida soʻzlagan nutqi ham butun dunyo jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Prezidentimiz bu galgi nutqida inson huquqlari, xotin-qizlar, ayniqsa, dunyo yoshlari huquqlarini taʼminlash, mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yoʻlaklariga integratsiyasini chuqurlashtirish kabi oʻta muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratdi. Davlatimiz rahbari, shuningdek, Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatish, Global iqlim oʻzgarishi va Orol muammosi, qashshoqlikni tugatish va kambagʻallikka qarshi kurashish kabi dolzarb masalalar yuzasidan aniq takliflarini bildirdi, bu borada BMTni hamkorlikka chaqirdi. Albatta, Oʻzbekiston va BMT hamkorligi izchil davom etadi. Oʻzbekiston Tashkilotni zamonaviy talablar asosida isloh qilishga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Yangi tashabbuslar va qoʻshma loyihalarni ilgari surish maqsadida Oʻzbekiston tomonidan BMT bilan oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi” amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatdagi vazifalar toʻliq roʻyobga chiqarilishi mamlakatimizning BMT bilan munosabatlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Albatta, bu omil millatning tom maʼnoda eski mafkuralardan, maʼnaviy qarashlardan xalos boʻlmaganini anglatadi. Boshqacha aytganda, bu millat ruhiyati va tafakkuri “parvarish”ga muhtoj ekanidan dalolatdir. Har bir millatning etnik oʻzligini eng yorqin ifoda etadigan, belgilaydigan vosita uning tili hisoblanadi. Shu maʼnoda Prezidentimizning BMT minbaridan turib tarixda ilk bor oʻzbek tilida nutq irod qilishi mustaqillik yillarida qoʻlga kiritgan, biz guvohi boʻlib turgan eng ulugʻ gʻalabalardan biridir. Chunki til bugun biz uchun maʼnaviy asos barobarida siyosiy masala hamdir. Ehtimol, aynan shunday fikru oʻylar turk qardoshlarimiz qalbiga ham choʻgʻ solgan boʻlsa, ajab emas. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi bu galgi chiqishi uning mazkur xalqaro tashkilot ishidagi ikkinchi ishtiroki hisoblanadi. Mamlakatimiz rahbari bundan oldin 2017 yil 12 sentabrda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh shtab kvartirasida chiqish qilgan edi. 81 Uch yil oldingi nutqida Yurtboshimiz dunyo minbaridan turib mintaqa va jahon hamjamiyati uchun muhim sanalgan umumsiyosiy masala va takliflarni oʻrtaga tashlagan edi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini yoʻlga qoʻyish, BMTning “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, BMTning Yoshlar huquqlari boʻyicha konvensiyasini ishlab chiqish, Orolboʻyi muammosiga eʼtiborni oshirish va Afgʻoniston muammosini hal etish shular jumlasidandir. Eʼtiborlisi shundaki, hozirgacha ushbu takliflarning 4 tasi amalga oshdi. Xususan, mintaqa davlatlari (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston) rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazamlik maqomini oldi. 2018 yilda BMT Bosh Assambleyasi “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” maxsus rezolyutsiyasini tasdiqladi, shu yili Orolboʻyi mintaqasida insonlar xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik asosidagi Trast fondi ish boshladi. Ayni paytda BMTning yoshlar huquqlari boʻyicha konvensiyasi loyihasini yaratish jarayoni qizgʻin pallada. Aynan shu formatda inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumlarining oʻtkazilayotgani maqsad sari jiddiy qadam tashlanganini anglatadi, albatta. Oʻtgan gal oʻrtaga tashlangan masala va takliflar ichida alohida bir masala bor ediki, bu nafaqat mintaqa, balki dunyo hamjamiyati tinchligi va barqarorligi uchun ham oʻta muhim hisoblanadi. Bu – “Afgʻon muammosi”. 2018 yil martida Toshkentda Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya tashkil etilib uning yakunlari boʻyicha maxsus deklaratsiya qabul qilindi. Bugun hech ikkilanmay aytish mumkinki, poytaxtimizda oʻtkazilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi xalqaro konferensiya Oʻzbekistonning afgʻonlararo tinchlik jarayonini faollashtirishga qoʻshgan hal qiluvchi hissasi boʻlgan edi. Oʻzbekiston va Afgʻoniston prezidentlari, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari boʻlgan mamlakatlar, mintaqaning yetakchi davlatlari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan yigʻinda Oʻzbekiston Prezidenti chiqish qilar ekan, Afgʻonistondagi mojaroni hal qilish yoʻllarining aniq strategik yondashuvlarini koʻrsatib, “afgʻon siyosati”ga doir ustuvor yoʻnalishlarni belgilab bergandi. Ular 82 bugunga kelib Afgʻonistonda tinchlikni qaror toptirish boʻyicha xalqaro saʼy- harakatlarni faollashtirish asosiga aylandi. Toshkent deklaratsiyasi asosida qariyb ikki yil davom etgan xalqaro miqyosdagi saʼy-harakatlar natijasida 2020 yilning 29 fevral sanasida Qatar poytaxti Dohada Amerika Qoʻshma Shtatlari va “Tolibon” harakati oʻrtasida tinchlik bitimi imzolandi. Mazkur anjumandan soʻng dunyoning rivojlangan “aql markazlari”, nufuzli ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari oʻz taxminlarini bayon qilishdi. Tahlilchilar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyani oʻtkazish tashabbusi oʻz vaqtida boʻlgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlashdi. Buning natijasini kechagina Qatar poytaxti Doha shahrida Afgʻoniston hukumati va “Tolibon” guruhi oʻrtasida uzoq kutilgan inklyuziv muzokaralar boʻlib oʻtgani va bu uchrashuvlar mohiyatan afgʻonlararo umummilliy yarashuvga mustahkam poydevor yaratishi bilan nihoyatda ahamiyatli, deya eʼtirof etilganida ham koʻrish mumkin. Chunki bungacha ushbu oʻlkada oʻtgan 40 yil mobaynida tinchlik oʻrnatish boʻyicha biror-bir samarali muzokara oʻtkazilmagan. Davlatimiz rahbari bu safargi nutqida ham xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik qator masalalar yuzasidan muhim tashabbuslar bilan chiqdi. Xususan, mintaqa va global miqyosda tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambagʻallikni qisqartirish masalalarini oʻrtaga tashladiki, ular bugun butun insoniyatni oʻylantirmoqda 95 . Maʼruzada Yurtboshimiz bugun butun insoniyat boshiga tushgan, hammani birday xavotirga solayotgan koronavirus pandemiyasi, unga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib oʻtish masalalariga ham eʼtibor qaratdi. Ushbu ofat hozirda insoniyat oldida turgan, eng birinchi hal etilishi zarur boʻlgan muammolardan biriga aylandi. Negaki, yosh, jins, millat va davlat tanlamaydigan ushbu virusning tarqalish surʼati juda tez, talafoti halokatli. 95 https://mfa.uz/uz/cooperation/ 83 Shu oʻrinda mamlakatimizda Prezidentimiz koʻrsatmasi bilan oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar kasallik keltirishi mumkin boʻlgan xavfni kamaytirish imkonini berganini alohida eʼtirof etish zarur. Prezidentimizning mazkur maʼruzasidan kelib chiqib, qayd etish kerak boʻlgan yana bir jihat bor. Maʼlumki, davlatimiz rahbari shu yil boshida Oliy Majlisga qilgan murojaatida 2021 – 2023 yillar mobaynida BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzo boʻlish masalasini bayon etgan edi. Tan olish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda ushbu jabhada dadil qadamlar tashlandi. Diniy va siyosiy sabablar bilan hibsda ushlab turilgan mahbuslar sonining keskin qisqarishi, matbuot va soʻz erkinligining taʼminlanayotgani, erkin saylovlar yoʻlidagi islohotlar shular jumlasidandir. Darhaqiqat, Prezidentimizning oʻz maʼruzasini ona tilimizda bayon etishi yuz yillik tariximizdagi nafaqat ijtimoiy, balki chuqur siyosiy hodisa hamdir. Mohiyat- eʼtibori bilan bu harakat chin maʼnodagi milliy davlat barpo etish yoʻlidagi shahd ortga qaytmas ekanini koʻrsatadi. Bu esa davlatimiz va millatimizning toji, eng oliy nishoni boʻlgan ona tilimizning qadrini yanada baland qiladi. O‘zbekistonning BMT bilan aloqalaridagi eng so‘nggi va yorqin voqealardan biri, shubhasiz, O‘zbekiston Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling