Ijtimoiy siyosat – aholi farovonligini ko‘tarish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj
qatlamlar
manfaatlarni himoya qilish, sog‘liqni saqlash, maorif, mehnat
munosabatlari kabi jamiyat uchun ahamiyatli sohalarni rivojlantirishga qaratilgan
maqsadlarga
erishishni huquqiy, tashkilish va moliyaviy ta’minlash.
Konsepsiya – lotincha «conceptio» –
(tushunish, anglash va xulosaga kelmoq)
so‘zidan olingan bo'lib, 1) muayyan hodisaga nisbatan qarashlar tizimi; 2) qandaydir
101
asar yoki ilmiy ishning asosiy g‘oyasi; 3) u yoki bu hodisalar, voqealar, jarayonlarni
anglash, tushunish, idrok qilishning muayayn usuli; 4) muayyan bir tarixiy davrda
davlat u yoki bu sohada qanday siyosat olib borishi lozimligi borasida tavsiyalar
berish ma’nolarini anglatadi.
Migratsiya – odamlarning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chib, o‘z
vatanidan chetda bir yildan kamroq bo‘lmagan muddat mobaynida istiqomat qilishi.
Turmush darajasi – jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojining majmuiy
ko‘rsatkichi.
U jon boshiga real daromadlar, qashshoqlik koeffitsiyenti, sog‘likni
saqlash
imkoniyatlari, daromadlar o‘sishi notekisligi, ta’lim
andozalari, aholini
muayyan tovarlar bilan ta’minganligi (masalan, 1000 kishiga keladigan televizorlar
miqdori) va h.k. majmuyi bilan o‘lchanadi.
YAIMning jon boshiga hajmi – AQSH dollarida ifodalangan va yilning
yarmiga to‘g‘ri keladigan aholi miqdoriga bo‘lingan yalpi mahsulot.