Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
III BOB. BMT IXTISOSLASHGAN MUASSASA VA DASTURLARI
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
BMT diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA ..………………..…………………………………………...………… 88 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………… 91 ILOVALAR …………..……………………………………………….… 101 – 107
III BOB. BMT IXTISOSLASHGAN MUASSASA VA DASTURLARI
FAOLIYATIDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI. 3.1. O‘zbekiston – YUNESKO hamkorligi masalalari …………..………………. 63 3.2. O‘zbekiston – BMT islohotlarining yangi davrdagi ustuvor vazifalari …...… 73 XULOSA ..………………..…………………………………………...………… 88 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………… 91 ILOVALAR …………..……………………………………………….… 101 – 107 3 KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan yangi tendensiyalar, jumladan, jahon globallashuv jarayonlarining shiddat bilan rivojlanib borishi sharoitida insoniyat oldida yangi tahdid va xavf-xatarlarning yuzaga kelishi hamda ularning keng tarqalishi kuzatilmoqda. Shu ma’noda, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari hamda xavfsizligining kafolati sifatida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlarning o‘zaro hamkorligi va hamjihatligi asosida ularni bor kuch va imkoniyatlarini ana shu g‘oyat dolzarb masalalar yechimi yo‘lida birlashtirish va safarbar etishni o‘tkir zaruratga aylantirmoqda. Bu borada, hech shubhasiz, jahondagi turli xalqaro tashkilotlar, birinchi galda, eng nufuzli va yetakchi xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning o‘rni va ahamiyati har qachongidan ham ortib bormoqda. O‘zbеkiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbеkiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma yig‘ilishidagi ma’ruzasida tarixan qisqa davrda mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallagani, ko‘plab davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani, O‘zbekistonning jahon miqyosida obro‘-e’tibori yuksalib borayotganini alohida ta’kidlab, quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Mustaqil rivojlanish yillarida, tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo‘lga kiritdi, buning natijasida mamlakatimizning hissasi butunlay o‘zgarib, jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yuksalib bormoqda 1 . O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki davridayoq, ya’ni 1992 yilning 2 martidan boshlab BMTga teng huquqli a’zo bo‘ldi va ushbu nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. O‘tgan davr mobaynida BMTning minbaridan turib ilgari surilayotgan, insoniyatning bugungi va ertangi taraqqiyoti uchun o‘ta 1 Каримов И.A. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма йиғилишидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. – Т.: Ўзбекистон, 2010. – Б.5. 4 muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dasturlar ijrosini ta’minlashda mamlakatimiz faol ishtirok etib, ana shu dasturlar doirasida dunyodagi turli davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan izchil samarali hamkorlik qilib kelmoqda. XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrda xalqaro munosabatlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) muhim o‘rin egalladi. BMT faoliyatida xalqaro xavfsizlik, tinchlik va barqaror taraqqiyot masalalari jahonning barcha mintaqalarida, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida ham bosh maqsadga aylandi. Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining bosh ustuvor yo‘nalishidir. Chunki, “Markaziy Osiyo – bu haqiqatdan ham noyob imkoniyatlar va hali ishga solinmagan ulkan salohiyat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan mintaqadir” 2 . Jahonning bir qator mamlakatlarida Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati, xalqaro munosabatlari, jumladan, dunyoning yetakchi mamlakatlari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari, barqaror taraqqiyot masalalari, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, mintaqaviy integratsion jarayonlarni tahlil qilish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda 3 . O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jahon hamjamiyati bilan teng huquqli hamkorlik qilib, qisqa tarixiy muddatda xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan davlatga aylandi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahonning rivojlangan mamlakatlari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda hamda uning geografik masshtabi tobora kengayib bormoqda. Xususan, 2018 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonni 180 ga yaqin davlat tan olgan. Ushbu davlatlarning 134 tasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Toshkentda 45 ta davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilot, 5 ta xalqaro moliyaviy, 3 ta diplomatik mavqedagi savdo vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar a’zosidir 4 . 2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Самарқанд шаҳрида ўтган“Марказий Осиё: ягона тарих ва умумий келажак, барқарор ривожланиш ва тараққиёт йўлидаги ҳамкорлик” мавзусидаги халқаро конференцияда сўзлаган нутқи // Халқ сўзи. 2017 йил 11 ноябрь. 3 Рахимов М. Современная история взаимоотношений Узбекистана и стран Центральной Азии с ведущими государствами мира. – Ташкент: Адабиёт учқунлари, 2016. – C.223. 4 Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги расмий сайти: https://mfa.uz/uz/cooperation/(23.07.2017) 5 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 5 o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik yo‘nalishi kabi masalalarga alohida ahamiyat qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarida BMT muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan xalqaro hamjamiyatning teng huquqli suveren vakili sifatida BMTga a’zo bo‘ldi va bu xalqaro tashkilot hamda uning ixtisoslashgan muassasalari bilan xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, barqaror taraqqiyot muammolari, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik tahdidlar kabi masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlik olib bormoqda. O‘zbekistonning BMT bilan munosabatlari tarixi zamonaviy va dolzarb, bugungi kunning muhim mavzusi bo‘lib, yanada chuqurroq o‘rganilishi zarur bo‘lgan, tadqiqot talab etiladigan masalalardan biridir. Shuningdek, O‘zbekistonning BMT bilan munosabatlarining rivojlanishi tarixi, o‘zaro hamkorlik masalalari, tashkilot xalqaro hujjatlarning mamlakatda implementatsiya qilinishi shu vaqtga qadar maxsus tadqiqot sifatida O‘zbekiston tarixi fanida tarixiy jihatdan ilmiy tarzda tadqiq etilmagan. Bundan tashqari, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida BMT bilan munosabatlari rivojlanib, yangi sifat darajasiga ko‘tarildi. Faqat mustaqillik sharoitida O‘zbekiston mazkur tashkilot faoliyatida teng huquqli a’zo sifatida ishtirok eta boshladi. Demak, masalani xronologik nuqtayi nazardan ilmiy tahlil etish ham tadqiqotning dolzarbligini asoslaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida” (1995), “Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2012) Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-son Farmoni hamda 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–3105-son Qarori, 5 Халқ сўзи. 2017 йил 8 февраль. 6 shuningdek, sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada ahamiyat kasb etadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling