Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
BMT diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda BMTning roli va ahamiyati.
Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi. Magistrlik dissertatsiyasi ishi kirish, uch
bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 12 I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BMT BILAN HAMKORLIGI HAMDA TARAQQIYOT VA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH VAZIFALARI. 1.1. Tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda BMTning roli va ahamiyati. Bugungi kunda insoniyat zamonaviy taraqqiyot yo’lidan jadal rivojlanib ulkan natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan Yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash, aholi farovonligi, uning munosib turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, ta’lim, tibbiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumbashariy vazifalar tobora muhim ahamiyat kasb etib, ularni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib, ahamiyati ortib bormoqda. Xalqaro tashkilotlar – butun insoniyat uchun umumiy bo‘lgan maqsadlarga erishish yo‘lida davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy-texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib, davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday tuzilmalar bugungi kunda davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarning eng muhim va samarali shakllaridan biri bo‘lib qolmoqda 15 . Xalqaro tashkilotlarni tashkil etish borasidagi harakatlar nisbatan qadimiy davrlardan ma’lum bo‘lsa-da, zamonaviy tushunchamizdagi hozirgi xalqaro tashkilotlar, asosan, XIX asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran tashkil topa boshlagan. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng bunday tashkilotlar faoliyatiga bo‘lgan ehtiyoj kuchaydi va ular keng rivojlana boshladi. Xalqaro tashkilotlar, odatda, davlatlararo va jamoat birlashmalariga bo‘linadi. Davlatlararo birlashmalar bevosita xalqaro munosabat va faoliyat me’yorlarini yaratish funksiyasiga ega. Chunki ular davlatlar – xalqaro huquqning asosiy 15 Қ.Жўраев. Ўзбекистон — БМТ: тинчлик ва барқарорлик йўлидаги самарали ҳамкорлик. Адолат, 2012 йил 2 март. 13 subyektlari tomonidan tashkil etiladi. Ular o‘z o‘rnida turli tashkilot va harakatlarga bo‘linishi mumkin (masalan, “Qo‘shilmaslik” harakati yoki “77 lar” guruhi) 16 . BMT faoliyatida qo‘llanadigan atamalarda davlatlararo tashkilotlar “Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar” deb yuritiladi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning davlatlararo tashkilotlardan farqi shundan iboratki, ular doimiy qarorgohiga, xalqaro fuqaroviy xizmatga, o‘z budjetiga ega bo‘lib, unga a’zo davlatlar xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida xalqaro shartnomalar tuzishi, turli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Xalqaro tashkilotlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda maqsad va manfaatlari, harakat yo‘nalishlariga, jahon siyosatida tutgan o‘rni va roliga qarab turlicha ahamiyat kasb etadi. Ular turli tarixiy sharoitlarda vujudga kelgan bo‘lib, siyosiy faoliyat subyektlari sifatida bir-biridan farq qiladi va xalqaro siyosatda turlicha mavqeni egallaydi. Xalqaro tashkilotlarni ularning xalqaro munosabatlarda va jahon siyosatida tutgan o‘rniga, maqsad va vazifalariga qarab bir necha guruhga ajratish mumkin 17 : Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling