Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

I bob bo‘yicha xulosalar 
Hur O‘zbekiston 1992 yilning martida BMTga yakdillik bilan qabul qilindi. 
Bizning mamlakatimiz xalqaro huquqning eng asosiy tamoyillariga, BMT Nizomiga 
sodiqligini mustahkamladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari qat’iy amal 
qilinayotgan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va me’yorlariga to‘la 
mos keladi. 
O‘zbekiston BMT maqsadlari va qonun-qoidalariga muvofiq, hamma 
mintaqalarda, xususan, O‘rta Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash 
muammosini o‘z tashqi siyosatiga asos qilib oldi. O‘zbekiston mintaqaviy xavfsizlik 
tamoyilini taklif etmoqda. Unda ko‘p millatli mintaqadagi voqealar nomuvofiq
rivojlangan taqdirda butun dunyoda barqarorlik o‘chog‘iga aylanishi mumkin 
bo‘lgan vaziyat hisobga olingan. 
O‘zbekiston Respublikasi BMTning faol a’zosi sifatida o‘tgan qariyb 30 yil 
davomida barqaror taraqqiyot, dunyoda tinchlikni ta’minlash va BMTni isloh etish 
masalalari bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini bir necha marotaba tashkilot minbaridan turib 
bildirgan. Tashkilotni isloh etish bo‘yicha aniq takliflar 1995, 2000 va 2010 yillarda 
Bosh Assambleya yig‘ilishlarida ilgari surildi. Ular Xavfsizlik Kengashi tarkibini 
kengaytirish va unga Germaniya va Yaponiya davlatlarni doimiy a’zo sifatida 
kiritish; BMT qabul qilgan qarorlarni tezkorlik bilan amalga oshirish uchun BMT 
Bosh kotibi vakolatlarini kengaytirish; BMTning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar 
bilan o‘zaro munosabatlarini kuchaytirish zarurligi, bu tashkilotning o‘ziga qarashli 
mintaqaviy tuzilmalarini yanada rivojlantirish
47
kabilarda namoyon bo‘ladi. 
O‘zbekiston BMT islohotlari bo‘yicha takliflarini rivojlantirib bordi. 2017 yil
19 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev BMT Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston BMTning bosqichma-bosqich isloh 
47
Каримов И. Бунёдкорлик йўлидан. 4-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – Б. 57–58. 


34 
etilishi tarafdori ekanligi va Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos 
ravishda kengaytirish
48
zarurligini bayon etdi. 
Bir so‘z bilan aytganda, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining faol a’zolaridan biriga aylandi. Mana yigirma 
yildirki, mamlakatimiz ushbu xalqaro tashkilot bilan uzviy hamkorlik qilib, dunyoda 
va mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shib 
kelmoqda. Mamlakatmizning BMT doirasida global va mintaqaviy masalalarda 
ko‘tarib chiqqan tashabbuslari ko‘plab ijobiy sa’y-harakatlarning boshlanishiga 
sabab bo‘libgina qolmay, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini 
yuksaltirishga ham munosib xizmat qilmoqda. 
48
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг БМТ Бош Ассамблеяси 72-сессиясида нутқи 
// Халқ сўзи, 2017 йил 20 сенятбрь. 


35 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling