Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
jadval O‘zbekistonning har yilgi ijtimoiy ustuvorliklari
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
BMT diplom ishi
jadval
O‘zbekistonning har yilgi ijtimoiy ustuvorliklari Yillar Berilgan nomlari 1997 Inson manfaatlari yili 1998 Oila yili 1999 Ayollar yili 2000 Sog‘lom avlod yili 2001 Onalar va bolalar yili 2002 Qariyalarni qadrlash yili 2003 Mahalla yili 2004 Mehr va muruvvat yili 2005 Sihat-salomatlik yili 2006 Homiylar va shifokorlar yili 2007 Ijtimoiy himoya yili 2008 Yoshlar yili 2009 Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili 2010 Barkamol avlod yili 2011 Kichik biznes va tadbirkorlar yili 2012 Mustahkam oila yili 2013 Obod turmush yili 2014 Sog‘lom bola yili 2015 Keksalarni e’zozlash yili 2016 Sog‘lom ona va bola yili 2017 Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2018 Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili. 2019 Faol investitsiyar va ijtimoiy rivojlanish yili 2020 Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili 2021 Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili 61 II bob bo‘yicha xulosalar 2000 yil sentabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ming yillik sammitida dunyodagi qariyb barcha davlatlar rahbarlari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan BMTning Ming yillik deklaratsiyasi hozirgi davrning eng muhim hujjati bo‘lib qoldi. Aynan shu Deklaratsiya sayyoramizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, qashshoqlikka barham berish hamda xalqlarning farovonlik darajasini yuksaltirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sifatini oshirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida global xalqaro sheriklikka asos soldi. Bu jihatdan O‘zbekistonda Inson taraqqiyoti konsepsiyasini amalga oshirish jarayonlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xususan, O‘zbekiston boy tarixga, yuksak madaniy an’analarga, o‘ziga xos turmush tarzi va mentalitetga, shuningdek, ulkan tabiiy resurslarga, iqtisodiy ishlab chiqarish va malakali ishchi kuchi imkoniyatlariga ega. Mazkur omillar bugungi murakkab bir geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan davrda O‘zbekistonning xalqaro munosabatlar tizimida o‘ziga mustahkam o‘rin egallashga imkon beradi. Biroq, O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanish uchun bor salohiyatlaridan foydalana olmayotganligi natijasida inson taraqqiyoti konsesiyasini amalga oshirishda bir nechta murakkab ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ekologik muammolar mavjud. Ularning har biri o‘ziga xos tahdidlarni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, Inson taraqqiyoti konsepsiyasi inson tafakkuri nazariyasi va amaliyotining barcha yutuqlaridan foydalanadi va insoniyatning rivojlanish xususiyatini baholash va siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beradi va, shuningdek, turli davlatlarning muvaffaqiyatlarini aniq taqqoslash imkonini beradi. Aynan shuning uchun muhimki, turli xil ko‘rsatkichlar hisob- kitoblar uchun ishlatiladigan ma’lumotlar, ayniqsa, mamlakatda inson taraqqiyoti tendensiyasini to‘liq va obyektiv ko‘rsatib berishlari kerak. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taklif etamiz: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling