Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
jadval Ta’limning kutilayotgan davomiyligi (yil)
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
BMT diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13,7 14,8 15,1 15,4 15,6 20,1
jadval
Ta’limning kutilayotgan davomiyligi (yil) 71 Mamlakatlar 1990 yil 2000 yil 2005 yil 2009 yil 2010 yil 2021 yil O‘zbekiston 13,7 14,8 15,1 15,4 15,6 20,1 Rivojlangan mamlakatlar 14,1 15,0 15,4 15,7 15,9 20,3 Rivojlanish darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar 12,3 12,8 13,4 13,7 13,8 18,3 Rivojlanish darajasi o‘rtacha bo‘lgan davlalar 9,7 10,0 10,5 10,9 11,0 16,2 Rivojlanish darajasi o‘rtachadan past bo‘lgan davlatlar 7,1 7,4 7,7 8,1 8,2 12,9 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Fikret Akchuraning ta’kidlashicha: “O‘zbekiston Respublikasi mamlakatda erishilgan savodxonlik darajasi bilan tom ma’noda faxrlansa arziydi. Holbuki, sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda ham bunday yuksak ko‘rsatkichlarga erishilayotgani yo‘q. Shunday ekan, O‘zbekistonning ushbu sohadagi bundan keyingi vazifalari yanada yuksakligicha qoladi — ta’lim sifatini oshirish, ta’limdan umumiy foydalanish imkoniyatlarini saqlash va aholini umri davomida o‘qitish ishlari yana ham yuqori darajada amalga oshirilmog‘i darkor. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonga bu borada dunyoda yetakchi o‘rinni egallash imkonini beradi”. Ayollar va erkaklarning tengligini rag‘batlantirish hamda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish 3-milliy maqsad sifatida belgilangan. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 71 Абдимўминов О.Б. Ўзбекистон ва БМТ: таълим соҳасидаги ҳамкорликнинг янги қирралари / Ўзбекистонда барқарор ривожланиш контекстида ижтимоий ўзгаришларнинг истиқболлари: Республика илмий семинари материаллари. – Тошкент, 2014. – Б. 265–270. 56 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Jamiyatning demokratik o‘zgarishlar yo‘lidan nechog‘lik ilgarilab ketgani, shu jamiyatning ayollarga bo‘lgan munosabati uning madaniy-ma’naviy saviyasini belgilaydi”, deb alohida takidladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Oila Kodeksi, Mehnat Kodeksi, umuman 80 tadan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar ana shu maqsadga – xotin- qizlarning barcha sohalarda erkaklar bilan keng huquqligini ta’minlash, ularning jamiyatdagi rolini oshirishga qaratilgan. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib xotin-qizlar huquqlari xalqaro me’yor va huquqiy standartlarga to‘la muvofiq bo‘lishni ta’minlash maqsadida BMTning Ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi, Ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi, Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, siyosiy partiyalardan parlamentga ayollar nomzodini ko‘rsatishda 30,0 % lik kvota joriy etilgan. Hozirgi paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida xotin-qizlar 22,0 % ni, Senatda esa 15,0 % ni tashkil etadi. Xotin-qizlar davlat va jamiyat qurilishining boshqa sohalarida faol ishtirok etmoqdalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi tarkibining 20,0 % ini, Oliy sudning 14,6 % ini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining 20,4 % ni, Oliy xo‘jalik sudining 15,8 % ni xotin-qizlar tashkil etadi. Ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli mablag‘lar ajratish yo‘lga qo‘yilgan. Xotin-qizlar, ayniqsa, qishloq joylaridagi ayollar ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun barcha shart- sharoitlar yaratib berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq, har yili xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash davlat va hududiy dasturlari ishlab chiqilib, izchillik bilan amaliyotga tadbiq etilmoqda. 57 O‘zbekistonda bolalar o‘limini kamaytirish, onalar salomatligini yaxshilash, turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish bo‘yicha 4 va 6-milliy maqsadlar ham muvaffaqiyatli bajarilmoqda. O‘zbekiston aholisi nisbatan yuqori umr ko‘radi. Jumladan, 2011 yil tug‘ilgan paytda kutilayotgan umr davomiyligi 72,5 yilga yetdi. Kutilayotgan umr davomiyligi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichlari Mustaqill Davlatlar Hamdo‘stligi ko‘pgina mamlakatlariga qaraganda yuqoriroqdir. Aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat maqsadli dasturlari amalga oshirilishi natijasida so‘nggi yillarda aholining kasallanishi darajasi kamayib bormoqda. Masalan, yuqumlik kasalliklar 1995 yilga nisbatan 45,0 % ga, nafas olish organlari kasalliklari – 43,5% ga, tug‘ma kasalliklar – 25,0 % ga, yangi o‘smalar paydo bo‘lishi – 24,7 % ga kamaydi 72 . Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling