birinchidan, mumkin bo‘lgan yolg‘on xabar va ijtimoiy-iqtisodiy holatni
noto‘g‘ri tahlil etilishining oldini olish uchun ma’lumotlar yig‘imini milliy darajada
takomillashtirish;
ikkinchidan, mamlakatlar umumiy reytingida u yoki bu yetishmasligiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida milliy statistika organlarining statistik ma’lumotlarni to‘liq
va adekvat taqdim etish savollari bo‘yicha BMT agentlari bilan hamkorliklarini va
faol ishtiroki uchun asos yaratish;
uchinchidan, mos keluvchi tashkilot yoki institutlar asosida global
ma’ruzalarda ishlatiladigan ma’lumotlar kompleksining to‘liq taqdim etilishi va
yig‘im jarayonining monitoringi bosh vazifasi bo‘ladigan ekspert guruhini tashkil
etish;
to‘rtinchidan, global va milliy indekslarni aniqlash uchun ishlatiladigan
zamonaviy xalqaro metodikalarni o‘rganish maqsadida munosib amaliyotchi va
mutaxassislarning malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratish.
BMT Mingyillik Deklaratsiyasida belgilangan rivojlanish sohasidagi
maqsadlarga
erishish
jarayonlarini
intensifikatsiyalash
asosida
mintaqa
davlatlarining o‘zaro integratsion aloqalarini kengaytirish O‘zbekistonning mintaqa
davlatlari bilan ijtimoiy va iqtisodiy hamkorligini chuqurlashtirish muhim ustuvor
yo‘nalishlarni amalga oshirish lozim.
II bobga xulosa sifatida tadqiqot ilmiy farazlariga nisbatan quyidagi fikrlarni
aytish mumkin:
Birinchi faraz, ya’ni “Inson taraqqiyoti konsepsiyasi va uning bugungi
kundagi amaliyoti Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘rtasidagi integratsiyaga
to‘sqinlik qilib kelmoqda”. Ushbu faraz tadqiqotni amalga oshirish davomida o‘z
tasdig‘ini topdi.
Ikkinchi faraz, ya‘ni “Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosiy
munosabatlariga BMT Inson taraqqiyoti konsepsiyasi bog‘liq emas”. Mazkur
farazimiz ham o‘z tasdig‘ini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |