Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
BMT diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar
- 3. Iqtisodiy xalqaro tashkilotlar
1. Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar: BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari,
jumladan, YUNESKO (ta’lim, fan va madaniyat), FAO (oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi), YUNIDO (sanoat taraqqiyoti), YUNKTAD (savdo va rivojlanish), JSST (sog‘liqni saqlash), YUNEP (atrof muhit bo‘yicha), YUNISEF (bolalar masalasi), YUNITAR (o‘quv va ilmiy-tadqiqot), YUNIFEM (xotin qizlar manfaatlari yo‘lidagi taraqqiyot), YUNFPA (aholi qatlamlari sohasida), YUNIDIR (qurolsizlanish masalalari), IKAO (fuqaro aviatsiyasi), Xalqaro sud; Xalqaro mehnat tashkiloti, NATO, Islom konferensiyasi tashkiloti, MAGATE (atom energetikasi sohasida) va boshqalar. 2. Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar: Yevropa Ittifoqi, YEXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti), MDH, SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti), 16 Доклад тысячелетия. Краткий обзор для школьников и студентов. Ташкент 2002 г. стр.261. 17 Бобокулов И. Международно-правовые аспекты региональной безопасности: вопросы теории и практики. – Ташкент: УМЭД, 2010. – 231 с. 14 MOHT (Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti), AMA (Amerika mamlakatlari assotsiatsiyasi), ASEAN, Afrika birligi tashkiloti va boshqalar. 3. Iqtisodiy xalqaro tashkilotlar: Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, BST (Butunjahon savdo tashkiloti), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, YETTB (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki), OTB (Osiyo taraqqiyot banki), ITB (Islom taraqqiyot banki) 18 va boshqalar. Hozirgi davrda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar, garchi birmuncha barqarorlashgan bo‘lsada, biroq bu jabhadagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar hamon saqlanib qolmoqda. Bu o‘z navbatida barcha davlatlar va xalqlarni tashvishga solmoqda. Shu boisdan ham, jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning roli va ahamiyati yanada oshib bormoqda. Ular xalqaro munosabatlarni sog‘lomlashtirishning turli yo‘llarini ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda “keng qamrovli xavfsizlik”, “kuchlar nisbatidan manfaatlar nisbatiga o‘tish”, “jahondagi mojarolar va kooperativ munosabatlarni muvofiqlashtirishda diplomatik mohiyat” kabi konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda va ularda xalqaro siyosiy munosabatlarni barqarorlashtirishga doir xilma-xil fikrlar ilgari surilmoqda 19 . Hozirgi kunda munosabatlarni demokratik asosda qayta qurish xalqaro siyosiy munosabatlarni barqarorlashtirishning eng muhim yo‘li sifatida e’tirof etilmoqda. Albatta, ushbu jarayonni bir yoki bir necha davlatning ishtiroki bilan hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun ko‘pchilik davlatlarning birgalikdagi harakati zarur bo‘ladi. Ayni paytda bu borada mavjud ziddiyatning kelib chiqish sabablarini ham e’tiborga olish muhimdir. Odatda, davlatlararo ziddiyatlar, bir tomondan, hozirgi tarixiy bosqichning qarama-qarshiliklar bilan bevosita bog‘liq holda kelib chiqsa, boshqa tomondan ular o‘zaro siyosiy munosabatlarning xususiyatlariga ham bog‘liq. 18 Insonni rivojlantirish to‘g‘risida ma’ruza. 2010 yil / O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi // http: // www.undp.uz. 19 Қ.Жўраев. Ўзбекистон — БМТ: тинчлик ва барқарорлик йўлидаги самарали ҳамкорлик. Адолат, 2012 йил 2 март. 15 Demak, jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. Chunki rivojlanish – o‘zaro hamkorlikdagi murakkab jarayondir. U har bir mamlakatdan o‘z ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik ehtiyojlarini ta’minlashda ular o‘rtasida o‘zaro mutanosiblikni saqlashni talab qiladi. Shuningdek, rivojlanish zarurat tug‘ilganda chetdan – xalqaro rivojlanish tashkilotlari va moliyaviy institutlar, ayrim mamlakat hukumatlari va xayriya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan g‘oyaviy, moliyaviy, tajriba, ekspertiza va maslahatlar tarzidagi yordamdan foydalanishni ham nazarda tutadi. BMT to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar 1942 yilda tajovuzkor fashistik rejimga qarshi kurash olib borayotgan mamlakatlar rahbarlari va namoyandalari tomonidan o‘rtaga tashlanadi. 1943 yilda Buyuk Britaniya, AQSH, SSSR va Xitoy tashqi ishlar vazirliklarining qo‘shma kengashida bu fikr aniq ifodalanadi. BMTning Nizomi 1944 yilda xuddi shu 4 davlat vakillarining Dumbarton-Oksdagi konferensiyasida ishlab chiqiladi va 1945 yil iyunida San-Fransiskoda ta’sis konferensiyasida imzolanib, 1945 yil 24 oktabrda kuchga kiradi. Shu boisdan ham 24 oktabr butun dunyoda BMT kuni sifatida nishonlanadi. BMT ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2011 yilda esa ular soni 193 taga yetdi 20 . BMTning bosh qarorgohi (shtab kvartirasi) Nyu-York shahrida joylashgan. BMT Nizomida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli bo‘lishi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashga haqli ekani haqidagi umum e’tirof etilgan qoidaga qat’iy amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini qaror toptirish iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish zaruratini nazarda tutib, ana shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi. 20 https://en.wikipedia.org/wiki/United_Nations 16 O‘tgan davr mobaynida BMTning jahon siyosatidagi o‘rni va ta’siri masalasiga turli davlatlar turlicha yondashib keldi. Shu sababli, o‘z faoliyati davrida BMT siyosiy kuchlarning kurash sahnasi bo‘lib keldi. Jumladan, sobiq Sovet Ittifoqi BMT minbaridan sinfiy va mafkuraviy kurash vositasi sifatida foydalanishga intildi. Ammo oxir-oqibatda BMT xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash vositasi sifatida tanilmoqda. Buni sobiq Yugoslaviya, Iroq, Falastin-Isroil va Afg‘oniston bilan bog‘liq muammolarga yondashuvlar, mustamlakachilikni tugatish, milliy davlatlarning mustaqilligini himoya qilish va boshqa shu kabi ko‘plab misollarda ko‘rish mumkin. BMTning mavqeyi va obro‘si yil sayin oshib bormoqda. Unga a’zo bo‘lishni va a’zolikka qabul etilishini har bir mustaqil davlat o‘zi uchun tarixiy va faxrli bir masala deb biladi. Chunki bunday voqea ushbu davlat jahon demokratik davlatlar hamjamiyatiga qabul qilinganidan, uning safidan munosib joy egallaganidan dalolat beradi 21 . BMT o‘z tarkibiga ko‘ra, 6 ta asosiy ishchi tuzilma, shuningdek, ularga ko‘maklashadigan muayyan qo‘mita va komissiyalardan iborat. Bosh Assambleya – BMTning eng oliy organidir. Uning har yili sentabr oyida chaqiriladigan sessiyasida BMTga a’zo barcha davlatlarning delegatsiyalari qatnashadi. BMT faoliyatiga Bosh kotib rahbarlik qiladi. 2017 yildan buyon Antonio Gutterish BMT Bosh kotibi vazifasini bajarib kelmoqda. Siyosiy masalalar va xavfsizlik kengashi ishlari departamenti 15 davlat vakillaridan tashkil topgan. Ularning 5 tasi doimiy a’zo (AQSH, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya), qolgan 10 ta a’zo esa har ikki yilda almashib turadi. Xavfsizlik kengashi, BMT Nizomiga muvofiq, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Xavfsizlik Kengashining har bir a’zosi bir ovozga ega. Rasmiy qarorlar 15 a’zodan kamida 9 tasi ovoz bergan taqdirdagina qabul qilinadi. Doimiy a’zolar qabul qilinayotgan hujjatga “veto” qo‘yish, ya’ni u bo‘yicha norozilik bildirish huquqiga ega. “Veto” 21 Турсунов А. БМТ– маърифатли дунё қиёфаси // Жамият ва бошқарув. – 2002. – №1. – Б. 9 –14. 17 qo‘yilgan hujjat qabul qilinmaydi. Nizomga muvofiq, BMTning barcha a’zolari Xavfsizlik kengashi qaroriga bo‘ysunishi va uni bajarishi shart. Shuningdek, Xavfsizlik kengashi turli davlatlar o‘rtasida vujudga keladigan tortishuvlar, harbiy tajovuz va agressiyaning oldini olish, BMTga yangi a’zolar qabul qilish va boshqa masalalarni o‘rganadi, xalqaro hayotning dolzarb masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi yoki tavsiyalar beradi. Bugungi kunda BMTning xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘linmalari faoliyati terrorizmga qarshi qaratilgan asosiy xalqaro uyushmalar qatorida yetakchi o‘rin egallaydi. Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar kengashi (departamenti) xalqaro va ijtimoiy hamkorlik sohalariga oid masalalar bilan shug‘ullanadi. Vasiylik kengashi va o‘zini o‘zi boshqarmaydigan hududlar departamenti tobe’ hududlar masalalarini nazorat etib boradi. Xalqaro sud – xalqaro siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, hududiy masalalarni hal etishda yuzaga kelgan barcha muammolar bo‘yicha, vaziyat talab qilganda, o‘z fikrini aytadi yoki tegishli hukmni chiqaradi. BMT Kotibiyati tashkilotning kundalik ishini yo‘lga qo‘yadi. Shu bilan birga, BMTning Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning ma’muriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo‘limi va boshqa bir qancha kengashlari mavjud. BMTning rasmiy tillari – ingliz, fransuz, rus, ispan, arab va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi. BMTning asosiy maqsadi va vazifalari 22 : 1. Bosh Assambleya har yili jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashning dolzarb muammolarini muhokama qiladi va bu masalalar bo‘yicha BMTga a’zo bo‘lgan davlatlarga yoki Xavfsizlik kengashiga tavsiyalar berib, tegishli qarorlar ishlab chiqadi. Garchand bu tavsiya va qarorlar a’zo mamlakatlar uchun majburiy bo‘lmasa-da, davlatlarning asosiy ko‘pchiligi ularni bajarishdan manfaatdordir. 22 Қамаров А. Бирлашган Миллатлар Ташкилоти унинг ички тузилмасини халқаро терроризмга қарши курашда мувофиқлаштириш хусусида айрим мулоҳазалар // Хуқуқ ва бурч. – 2006. – №10–12. – Б. 42–43. 18 Ekologik masala va Xavfsizlik kengashining qabul qilgan qarorlari esa a’zo davlatlar uchun majburiydir. 2. BMT o‘z a’zolarining suveren tengligiga asoslanadi. BMT davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi va befarq ham bo‘lmaydi. 3. Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti jahonda ro‘y berib turadigan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni ko‘rib chiqadi, muhokama qilib, tavsiya va qarorlar ishlab chiqadi. Bu tavsiyalar asosan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sishi, inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va boshqa masalalarga qaratiladi. BMT fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. O‘zbekiston 1993 yil 24 avgustda BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tuzilmasi YUNESKOga a’zo bo‘ldi. 4. Siyosiy masalalar va xavfsizlik ishlari departamentining asosiy vazifasi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni siyosiy vositalar yordamida tartibga solib turish, xalqaro mojarolarni bartaraf etish, harbiy tajovuz yoki tabiiy ofatlar qurboni bo‘lgan xalqlarga yordamlashish, dunyoda mustahkam, barqaror tinchlikka erishish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga yordamlashishdan iborat. Shuningdek, harbiy mojarolarni bartaraf qilish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm (ayirmachilik)ga qarshi birgalikda kurashishda ham bu tuzilma faol ishtirok etadi. 5. Xalqaro sud: BMT tizimida jahondagi siyosatining mojaroli muammolarni xalqaro huquq qonun-qoidalari negizida adolatli va tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashadi: − “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi” (1948 yil 10 dekabr) ijrosini ta’minlash, insonning asosiy huquq va erkinliklarini yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanadi; − BMT Nizomi va xalqaro huquq prinsiplariga ko‘ra, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik bo‘yicha ish olib boradi; − ziddiyatlarni harbiy yo‘l bilan emas, balki tinch yo‘l bilan bartaraf etish uchun kurashadi; 19 − o‘zaro hamkorlikka xizmat qiladi; − BMTga a’zo davlatlarni xalqaro huquq bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarishga undaydi 23 . − Davlatlar chegaralarining daxlsizligi, hududiy yaxlitligi, inson huquqlarini hurmat qilish prinsiplarining ijrosini ta’minlashda a’zo davlatlarga amaliy yordam beradi va shu kabi boshqa vazifalarni bajaradi 24 . Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling