II BOB. O‘ZBEKISTONDA INSON TARAQQIYOTI KONSEPSIYASI VA
BMTNING MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISH
YO‘LIDAGI YUTUQLARI VA UNING IJTIMOIY AHAMIYATI.
2.1. BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari, uni amalga oshirish
borasida O‘zbekistonda belgilangan milliy maqsadlar va vazifalar.
Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga asosan, inson – millatning boyligi
hisoblanadi. Insonlarga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojining quroli sifatida emas,
balki bosh maqsadi deb qaralishi lozim. Har qanday taraqqiyotning pirovard
maqsadi va muvaffaqiyat mezoni bo‘lgan inson uchun tanlovning kengayishi, o‘z
erkinligini amalga oshirish, uzoq va sog‘lom turmush kechirish imkoni, bilim olish
va munosib hayot darajasining yaratilishi jamiyat rivojida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
2000 yilning sentabrida BMTning Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasi e’lon
qilindi. 189 mamlakat tomonidan qabul qilingan ushbu Deklaratsiyada davlatlar o‘z
zimmasiga qashshoqlikka barham berish uchun yangi global sheriklini yo‘lga
qo‘yish majburiyatini oldilar. Shuningdek, 2015 yilga borib erishilishi kerak bo‘lgan
boshqa maqsadlar ham belgilandi. Ular Mingyillik rivojlanish maqsadlari nomini
oldi
49
.
Rivojlanish soxasidagi maqsadlar BMT tomonidan qator yillar davomida
o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalarning bitimlari va rezolyutsiyalari asosida ishlab
chiqildi. Ushbu maqsadlar 1996 yilda “Rivojlanish sohasidagi xalqaro maqsadlar”
sifatida shakllantirilgan edi. Shundan keyin bu maqsadlarni takomillashtirish davom
ettirildi.
Mingyillik rivojlanish maqsadlari 8 maqsad, 18 vazifa va 48 ko‘rsatkichdan
iborat. Mazkur vazifalarining aksariyat ko‘pchiligi 1990 yillarda jahonda tarkib
topgan ahvolni hisobga olgan holda 2015 yilga qadar hal qilinishi rejalashtirildi va
u quyidagi jadvalda tavsiflanadi
50
.
49
Минг йиллик тараққиёт мақсадлари инструментлари тўплами. – Т., ПРООН, 2009.
50
Инсон тараққиёти ҳақидаги Mиллий маъруза. Ўзбекистон, БМТТД. 1995-2008.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |