Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilarda o‘z aksini topdi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilarda o‘z aksini topdi: 
− O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar tashkiloti va uning 
ixtisoslashtirilgan tuzilmalari bilan ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy 
hamkorligi dinamikasi yoritib berilgan; 
− BMTni isloh etish muammolari va bu borada O‘zbekistonning tashkilotni 
bosqichma-bosqich rivojlantirish, shu jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy 
a’zolari safini kengaytirish, Bosh kotib vakolatlarini kuchaytirish kabi takliflari 
ko‘rsatib berilgan; 
− O‘zbekiston Respublikasining BMT bilan o‘zaro hamkorligining 
transformatsiya jarayonlarining ijobiy jihatlari, amalga oshirilgan dasturlar hamda 
loyihalardagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari asoslab berilgan; 
− Markaziy Osiyo mintaqasi muammolari hamda bu borada O‘zbekiston va 
BMT hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari, mintaqada barqaror taraqqiyot va 
tinchlikni ta’minlash borasidagi masalalar ochib berilgan; 
− Inson taraqqiyoti konsepsiyasining amaliyotga tadbiqi va uning evolyutsiyasi 
alohida tadqiqot obyekti sifatida tadqiq qilindi. 
− O‘zbekistonda inson taraqqiyotiga tahdid soluvchi omillarning vujudga kelish 
sabablari va zamonaviy ko‘rinishlari aniqlangan va shu asosda inson taraqqiyotini 
amalga oshirishdagi muammolar tavsifi berilgan. 
O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan muassaslari bilan gumanitar 
sohadagi, xususan, fan, ta’lim, madaniyat va turizm yo‘nalishlaridagi o‘zaro 
munosabatlari yoritib berilgan. 



Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. Mavzuni yoritish jarayonida 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov va muhtaram 
yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning asarlarida ilgari surilgan Vatan tarixini 
manbalar asosida xolisona o‘rganish, tarixiylik tamoyillariga asosiy e'tibor 
qaratishga oid g‘oyalari nazariy asos vazifasini bajardi. Tadqiqot jarayonida 
muammoni yangi tarixiy tafakkurning konseptual nuqtayi nazaridan idrok etishga, 
tarixiy voqealar xarakterini ularning real mazmuni asosida, hozirgi zamon tarix fani 
talablari kontekstida ochib berishga asosiy e’tibor qaratildi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling