Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

Tadqiqot obyekti. BMT dasturlarining 1992 – 2021 yillar davriy chegarasida 
O‘zbekistonda amalga oshirilish jarayoni tadqiqot obyekti hisoblanadi. 
Tadqiqot predmeti. Jahon hamjamiyatida BMTning tutgan o‘rni va roli, 
O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, BMTning Mingyillik dasturi, 
uning O‘zbekistonda amalga oshirilish jarayoni, BMT ixtisoslashtirilgan 
muassasalari, ularning respublikamizdagi faoliyati masalalari tadqiqot predmeti 
hisoblanadi. 
Tadqiqot ishining maqsadi 1992 – 2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari tarixini, 
shuningdek, BMT dasturlarining O‘zbekistonda amalga oshirilish jarayoni 
masalalarini tadqiq etish, yoritib berish, mavjud muammolarni tahlil qilgan holda, 
konstruktiv yechimlar berishdir. 
Tadqiqotning vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 
− O‘zbekistonning BMT va boshqa xalqaro tashkilot bilan hamkorligi 
masalalarini tadqiq etish; 
− Yer yuzida tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda BMTning roli va ahamiyatini 
o‘rganish, ilmiy tarzda asoslash
− O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi, hamkorligi hamda 
taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlash vazifalarini me’yoriy-huquqiy hujjatlar va 
adabiyotlar orqali o‘rganish; 
− O‘zbekistonda inson taraqqiyoti konsepsiyasi va BMTning mingyillik 
rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi yutuqlari va uning ijtimoiy ahamiyatini 
ilmiy tarzda asoslash; 
− BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari, uni amalga oshirish borasida 
O‘zbekistonda belgilangan milliy maqsad va vazifalarni aniqlashtirish, o‘rganish; 
− O‘zbekistonda inson taraqqiyoti milliy maqsadlarini amalga oshirishning 
natijalarini ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilish



− BMTning ixtisoslashgan muassasa va dasturlari faoliyatida O‘zbekistonning 
ishtirokini o‘rganish, tahlil qilish; 
− O‘zbekiston – YUNESKO hamkorligi masalalarini tadqiq etish, erishilgan 
yutuqlar va kamchiliklarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish; 
− O‘zbekiston – BMT islohotlarining yangi davrdagi ustuvor vazifalarini tadqiq 
etish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; 
− o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar berish. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling