Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
BMT diplom ishi
boshqa kasalliklar
bilan kurashish • 2015 yilga borib VICH/SPID tarqalishini to‘xtatish va kasalliklarni kamaytirish tendensiyasi boshlanishiga erishish. •2010 yilga borib SPIDdan davolanishni xohlagan hammaga bu imkoniyatni yaratish. • 2015 yilga borib bezgak va boshqa asosiy kasalliklar tarqalishini to‘xtatish hamda kasallik kamayishi tendensiyasi boshlanishiga erishish 7. Ekologik barqarorlikni ta’minlash •Barqaror rivojlanish prinsiplarini mamlakat strategiyalari va dasturlariga qo‘shish g‘amda tabiiy resurslar yo‘qotilishi jarayonlarini to‘xtatish. • 2010 yilga borib biologik xilma-xillik yo‘qotilishi sur’atlarini sezilarli darajada kamaytirish orqali biologik xilma- xillik kamayishi ko‘lamlarini kamaytirish. 37 • 2015 yilga borib toza ichimlik suvi va asosiy sanitariya- gigiyena vositalariga doimiy ega bo‘lmagan aholi ulushini ikki baravarga kamaytirish. • 2020 yilga borib vayrona kulbalarda yashayotgan kamida 100 million kishining turmush sharoitlari jiddiy ravishda yaxshilanishini ta’minlash 8. Rivojlanish maqsadlarida global sherikchilikni shakllantirish • Eng rivojlanmagan mamlakatlar, dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan mamlakatlar va orollardagi kichik rivojlanayotgan mamlakatlar alohida ehtiyojlarini qondirish. • Ochiq, tartibga solinadigan, barqaror va kamsitmaydigan savdo va moliya tizimini yaratishni davom ettirish. • Rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzdorlik muammolarini kompleks hal etish. • Farmasevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda rivojlanayotgan mamlakatlarni arzon dorilar bilan ta’minlash. • Xususiy sektor bilan hamkorlikda hamma yangi texnologiyalar, ayniqsa axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari afzalliklaridan foydalana olishi uchun choralar ko‘rish Mingyillik rivojlanish deklaratsiyada insonni global rivojlantirish va inson xavfsizligini ta’minlashga erishish uchun umumiy harakat rejasi o‘z ifodasini topdi. Shu bilan bir qatorda, mazkur maqsadlarda ko‘zda tutilgan hal qiluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha jahonda erishilgan muvafaqiyatlarni o‘lchash va ular monitoringini o‘tkazishning miqdor mezonlari taklif etildi. Mingyillik rivojlanish global maqsadlari doirasida mamlakatlar o‘z milliy muammolarini hal etishga qaratilgan maqsadlarini belgilab olishlari mumkin edi. Ayni paytda Mingyillik rivojlanish maqsadlari faqat rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidangina emas, shuningdek, rivojlangan davlatlar tomonidan ham aniq choralar ko‘rilishini talab etadi. Rivojlangan davlatlar belgilangan global maqsadlarda erishishga o‘z hissalarini qo‘shishlari ko‘zda tutilgan 51 . Mingyillik rivojlanish maqsadlarining monitoringi, umuman, BMT tizimi bo‘yicha ham, shuningdek, ayrim davlatlar darajasida ham amalga oshiriladi. Umumiy darajada BMTning Bosh kotibi BMTning Bosh Assambleyalarida 51 Human Development Reports. New York: Oxford University Press. UNDP, 1990-2011. 38 Mingyillik rivojlanish maqsadlari ayrim vazifalarining bajaralishi to‘g‘risida har yili hisob berishi shart. Mingyillik rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi hisobot mamlakatlar tomonidan har 5 yilda bir marta taqdim etiladi. Mingyillik rivojlanish maqsadlarining dastlabki yetti maqsadi bir-birini o‘zaro to‘ldiradi hamda kambag‘allikning barcha ko‘rinishlarini kamaytirishga qaratilgan. Mazkur muammolarga ochlik, tirikchilik uchun mablag‘ning yetishmasligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash darajasining pastligi, erkak va ayollarning tengsizligi hamda atrof-muhit ahvolining yomonlashishi kiradi. Ushbu har bir maqsad o‘zicha muhim bo‘lishiga qaramasdan, ular jamlanma holda kambag‘allik muammosini hal etishga kompleks yondashuvni nazarda tutadi. Masalan, sog‘liqni saqlash samaradorligini oshirish maktab o‘quvchilarining soni ko‘payishiga va kambag‘allik darajasi pasayishiga olib keladi. Aholining ta’lim darajasini oshirish odamlar sog‘lig‘ini yaxshilashga ham xizmat qiladi 52 . Daromadlarning ortishi insonga o‘z ta’limi darajasini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga yordam beradi. Mingyillik rivojlanish maqsadlarining sakizinchi maqsadi rivojlanish maqsadlarida global sherikchilini shakllantirishni nazarda tutadi. U mohiyat jihatidan yuqoridagi dastlabki yettita maqsadga erishish vositalarini belgilab beradi. Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish boy davlatlardan qo‘shimcha yordamni, shu jumladan, kambag‘al mamlakatlar qarzlarini kamaytirish va o‘zaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish orqali yordam ko‘rsatishni talab qilishi mumkin 53 . 1990 yilgi Insonni rivojlantirish to‘g‘risidagi birinchi ma’ruzada insonni rivojlantirish o‘z ko‘lami va yalpi qamrovi tufayli barcha mamlakatlar uchun xos ekanligi alohida ta’kidlanadi: “Insonni rivojlantirish ishlab chiqarish bilan tovarlarni taqsimlashni birlashtiradi, inson qobiliyatlarini kengaytiradi va undan foydalanishni 52 Минг йиллик тараққиёт мақсадлари инструментлари тўплами. – Т., ПРООН, 2009. 53 Абдимўминов О. Б. Ўзбекистоннинг БМТ билан ҳамкорлик алоқалари: устувор йўналишлар ва ривожланиш тенденциялари// O`zbekiston tarixi. – 2016. – №2. – Б. 29–39. 39 yaxshilaydi. Bu, shuningdek, odamlar nimaga ega bo‘lishi kerak, tirikchilik o‘tkazishga mablag‘ topish uchun nima qilish lozimligi muammosiga ham e’tiborni qaratadi. Bundan tashqari insonni rivojlantirish faqat uning asosiy ehtiyojlarini qondirishnigina emas, balki insonni umumiy va jo‘shqin jarayon sifatida rivojlantirishga ham taalluqlidir. Bu ham kamroq rivojlangan, ham yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar uchun bir tarzda qo‘llanila oladi”. BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari qabul qilingan davrdan o‘tgan yillar davomida ko‘p narsalarga erishildi. Jahon hamjamiyati 2015 yilda 1990 yilga nisbatan kuniga 1 AQSH dollaridan kam daromadga ega aholi salmog‘ini ikki barobarga qisqartirish vazifasini bajarish yo‘lidadir. Xalqaro e’tirof etilgan kambag‘allik darajasi – kuniga 1,25 AQSH dollari miqdorida daromad hisobiga yashayotgan odamlar soni 1990 yildagi 1,8 milliard kishidan 2005 yilga kelib 1,4 milliard kishiga kamaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda nihoyatda qashshoq yashayotgan aholining ulushi 46,0 % dan 27,0 % gacha kamaydi. Ya’ni jahonda bu vazifa muvaffaqiyatli hal etilishi kutilmoqda 54 . Yuqorida qayd etilgan muvaffaqiyatlarga erishilishi, asosan, Osiyo, ayniqsa, Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi ulkan muvaffaqiyatlar samarasidir. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida keyingi 25 yil ichida qashshoqlik darajasi 60,0 % dan 20,0 % ga kamaydi. 2015 yilga borib Xitoyda qashshoqlik darajasi 5,0 % ga yaqinni, Hindistonda esa taxminan 24,0 % ni tashkil etishi kerak 55 . Ochlikdan azob chekayotgan odamlar salmog‘i kamaymoqda. Biroq qashshoqlikning kamayish sur’atlari hali yetarli darajada emas. O‘tgan asr 90-yillari boshidan buyon to‘yib ovqat yemaslik va ochlikdan azob chekayotgan aholining ulushi jahon bo‘yicha kamaygan bo‘lishiga qaramasdan, 2000 yildan 2002 yilgacha bo‘lgan davrda bu sohadagi ijobiy o‘zgarishlar sur’ati pasayib ketdi. Hozircha ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2005 – 2007 yillarda to‘yib ovqat yemayotgan 54 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti, 2010. – 146 bet. 55 Инсон тараққиёти ҳақидагиMиллий маъруза. Ўзбекистон, БМТТД. 1995-2008. 40 aholi soni jahonda 830 million kishini tashkil etadi. Bu 1990 – 1992 yillariga nisbatan 13 million kishiga ko‘pdir. Yalpi boshlang‘ich ta’limni ta’minlash bo‘yicha hozirgi o‘sish sur’atlari 2015 yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun yetarlicha emas. 2008 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarni boshlang‘ich ta’lim bilan qamrab olish 89,0 % ni tashkil etdi. Bu 2000 yildagidan 6,0 % ko‘pdir. Shunga qaramasdan, hozir ham maktab yoshidagi 69 millionga yaqin bola maktabga bormaydi. Bu bolalarning deyarli yarmi (31 millioni) Afrika, choragidan ko‘prog‘i (18 million) Janubiy Osiyo mamlakatlarida yashaydi. BMTning Ta’lim fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) boshlang‘ich ta’limning sifatliroq tizimini yaratishda mamlakatlarga yordam ko‘rsatmoqda. YUNESKO jahon mamlakatlarini 8 – 10 yillik uzluksiz majburiy ta’limni kafolatlaydigan xuquqiy asoslarni yaratishga da’vat etadi. Jahon oziq-ovqat dasturi maktabda o‘quvchilarni ovqatlantirishga yordam ko‘rsatmoqda. Bu ota-onalarni o‘z farzandlarini maktabga yuborishlari uchun qudratli rag‘bat vazifasini o‘taydi. Bunday ovqatlanish bolaning kelajakda aqliy rivojlanishi va jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun zarurdir. Jahon oziq-ovqat dasturi, shuningdek, ota-onalarni oilalaridagi qizlarni maktabga yuborishlarini ham rag‘batlantirmoqda 56 . Ta’lim olish masalalaridagi gender tengsizligi sezilarli darajada yaxshilandi. Biroq bu sohadagi tengsizlik oliy ta’lim sohasida va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda hali ham yuqori darajadadir. So‘nggi yillarda qizlarni boshlang‘ich va o‘rta ta’lim maktabi bilan qamrab olish sezilarli darajada ko‘paydi. Biroq oliy ta’lim sohasida qizlarning ulushi yetarli emas. Ta’lim olishdagi gender muammosining asosiy sababi qashshoqlikdir. Ish bilan bandlik sohasidagi ahvolning nisbatan yaxshilanishiga qaramasdan, ish haqi to‘lanadigan ishlardagi erkaklarning salmog‘i hali ham ayollarga nisbatan yuqoridir. Ayollar ko‘pincha xavfli va doimiy bo‘lmagan ishlarda bandlar. 56 М.М.Муҳаммедов, Ю.П.Урунбоева, “Аҳоли турмуш даражасини шакллантириш омиллари ва ошириш истиқболлари”, Самарқанд, “Зарафшон” – 2009, илмий-оммабоп рисола. 41 Ayollarga mehnat uchun haq to‘langan hollarda ham ularning ish haqi erkaklarnikiga qaraganda kamroqdir. Shu bilan birga, ayollar uchun ko‘zda tutilgan moliyaviy va ijtimoiy kafolatlar ham erkaklarnikiga qaraganda kamroq. Jahon miqyosida o‘rta va yuqori bo‘g‘indagi rahbar xodimlarning faqat to‘rtdan bir qismi ayollardir. Ayollar asta-sekin siyosiy nufuzga ham ega bo‘lib bormoqdalar. Biroq bu kvotalar ajratilishi va boshqa maxsus choralar ko‘rilishi tufayli ro‘y bermoqda. 1995 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan davrda jahon miqyosida ayollarning parlamentdagi salmog‘i 11,0 % dan 19,0 % ga yetdi. Bu 73,0 % o‘sishni bildiradi, ammo mazkur sohada gender tengligiga erishilgani haqida gapirish erta. Ayollarning hokimiyatning ijroiya organlaridagi ishtiroki yanada kamroq. 2010 yilda saylangan 151 davlat rahbarining faqat 9 tasi, 192 hukumat rahbarining 11 tasi ayollardir. Jahon miqyosida vazir lavozimidagi ayollarning salmog‘i atigi 16,0 % ga tengdir. Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida bolalar o‘limining oldini olish sohasida jiddiy natijalarga erishildi. Eng kam rivojlangan 49 ta mamlakat har uchtasining bittasida keyingi 20 yil ichida besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 40,0 % va undan ko‘proqqa kamaydi. Shunga qaramasdan, bu o‘zgarishlarning sur’ati Mingyillik rivojlanish maqsadlarida belgilab qo‘yilgan, 2015 yilga borib bolalar o‘limini uchdan ikki barobarga kamaytirish uchun belgilangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan sur’atdan pastdir 57 . Butun dunyoda bezgak va asosiy yuqumli kasalliklarga qarshi rejali immunizatsiya o‘tkazish masalalarida ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Olingan yangi ma’lumotlar onalikni muhofaza qilish masalalarida ayrim ijobiy natijalarga erishilganidan dalolat beradi. Ba’zi mamlakatlar onalik o‘limi darajasini jiddiy ravishda kamaytirishga muvafaq bo‘ldilar lekin erishilgan bu sur’atlar ham Mingyillik rivojlanish maqsadlarida 2015 yilga borib onalar o‘limini to‘rtdan uch barobarga kamaytirish vazifasini bajarish uchun yetarlicha emas. 57 М.М.Муҳаммедов, Ю.П.Урунбоева. Аҳоли турмуш даражасини шакллантириш омиллари ва ошириш истиқболлари. Самарқанд, “Зарафшон” – 2009, илмий-оммабоп рисола. – Б.17. 42 OITS bilan kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan global choralar 6-maqsadga erishish yo‘lida jiddiy ijobiy siljishlar mavjudligidan dalolat beradi. Agar 1996 yilda ushbu dardga mubtalo bo‘lganlar 3,5 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2008 yilda 2,7 millionga tushdi. OITS bilan bog‘liq kasallikdan o‘lish holatlari ham 2004 yildagi 2,2 milliondan 2008 yilda 2 millionga tushdi. Sil kasalligi o‘limga sabab bo‘ladigan kasalliklar orasida OITSdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Jahonning ko‘pgina mintaqalarida uning kamayishi kuzatilmoqda. 2008 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 11 million kishi sil kasalligiga duchor bo‘lgan. Ammo 2004 yildan 2008 yilgacha sil bilan yangidan kasallanish hollari har yuz ming kishiga nisbatan 143 tadan 139 taga kamaydi. Hozirgi paytdagi vaziyat Mingyillik rivojlanish maqsadlarida ko‘zda tutilgan, sil kasalligini tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha belgilangan vazifaga 2004 yilda erishilganidan dalolat beradi 58 . Shuningdek, aholini ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘zda tutilgan maqsadlarga jahon bo‘yicha 2015 yilga borib erishish mumkinligi tahmin etilmoqda. Shu muddatga borib toza ichimlik bilan ta’minlanish rivojlanayotgan mintaqa aholisining 86,0 % ni qamrab oladi. 1990 yilda bu ko‘rsatkich 71,0 % ni tashkil etardi. Insoniyat 2010 yilga borib biologik xilma-xillik yo‘qotilishini kamaytirish bo‘yicha belgilangan vazifani bajara olmadi. Hozirgi vaqtda qariyb o‘simlik va hayvonot dunyosining 17 ming turi butunlay yo‘qolishi xavfi ostidadir. Rivojlanish maqsadlarida umumjahon sherikligi eng kam rivojlangan mamlakatlarning alohida ehtiyojlarini hal etishni ko‘zda tutadi. Mazkur tadbirlar quyidagilarni qamrab oladi: • qashshoq mamlakatlar tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun boj to‘lovlari olmaslik va eksportni cheklamaslik; • katta qarzga ega kambag‘al mamlakatlar qarzlaridan kechish dasturlarni kengaytirish; 58 Минг йиллик тараққиёт мақсадлари инструментлари тўплами. – Т., ПРООН, 2009. 43 • ikki tomonlama rasmiy qarzlarni yo‘qotish; • kambag‘allik darajasini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rayotgan mamlakatlarga rasmiy yordam berish ko‘lamlarini kengaytirish. Bundan tashqari Mingyillik rivojlanish maqsadlarida dengizlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan kichik orol mamlakatlarining alohida ehtiyojlarini hal etishga yordam berish ham belgilangan. Rivojlanayotgan davlatlarni farmasevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda arzon dori-darmonlar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan. Xususiy sektor bilan hamkorlikda esa rivojlanayotgan mamlakatlarni yangi texnologiyalar, ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni o‘zlashtirishlarida yordam ko‘rsatilishi lozim. Insonni rivojlantirish mamlakatlarning savodxonlik va hamma uchun majburiy ta’lim kabi o‘z milliy maqsadlariga ega bo‘lishlarini nazarda tutadi. Bundan tashqari, ularda umumiy maqsad – rivojlanishning asosiy mo‘ljali ham bo‘lishi kerak. Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida belgilab qo‘yilgan rivojlanish sohasidagi maqsadlar har bir mamlakat budjetiga tayanadigan milliy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishni ham ko‘zda tutadi. Hozirgi paytda ana shunday 700 ga yaqin insonni rivojlantirish mintaqaviy, milliy va mahalliy ma’ruzalari tayyorlangan. Ularni ishlab chiqishda hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tomonlar faol ishtirok etmoqdalar 59 . Insonni rivojlantirish maqsadlarida insoniy tanlash imkoniyatlarini kengaytirish asosiy vazifa bo‘lsa ham, birgina uning o‘zi yetarli emas. Bundan tashqari, ijtimoiy adolat, barqarorlik va inson huquqlarini hurmat qilish kabi prinsiplarga amal qilish ham nihoyatda muhimdir. Inson huquqlari iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni, shuningdek, fuqarolik va siyosiy erkinliklarni qamrab oladi. Insonni rivojlantirishda ham mazkur muammolar ko‘zda tutilgan. Inson huquqlarini amalga oshirish asosiy ko‘rsatkichlarni va ilg‘or maqsadlarni 59 Абдимўминов О. Б. Ўзбекистоннинг БМТ билан ҳамкорлик алоқалари: устувор йўналишлар ва ривожланиш тенденциялари// O`zbekiston tarixi. – 2016. – №2. – Б. 29–39. 44 belgilash, monitoring strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Insonni rivojlantirish shu tarzda – maqsadlar, ustuvorliklarga doimiy e’tibor orqali inson huquqlarini amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Insonni rivojlantirish ijobiy natijalarni muntazam ko‘paytirib borishga bog‘liqdir. Mazkur sohadagi muvaffaqiyatlar barqaror bo‘lishi uchun har bir shaxs, jamiyat guruhlari va xalqlar munosib turmush kechirishlariga zarur shart-sharoitlar yaratish uchun sa’y-harakatlarni muttasil kuchaytirib borish talab qilinadi. Global Mingyillik rivojlanish maqsadlari quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan 60 : 1) o‘ta qashshoqlik va ochlikka barham berish; 2) umumiy boshlang‘ich ta’limni ta’minlash; 3) erkaklar hamda ayollar tengligini rag‘batlantirish va xotin-qizlar huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish; 4) bolalar o‘limini kamaytirish; 5) onalar sog‘lig‘ini yaxshilash; 6) OITS/OIV, bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi kurash; 7) ekologik barqarorlikni ta’minlash; 8) rivojlanish maqsadlarida global hamkorlikni rivojlantirish. Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish – global loyiha bo‘lib, u jahondagi barcha mamlakatlarda tatbiq etiladi. Bu maqsad va vazifalarning maqsad muvofiqligi va erishilishi mumkinligi nuqtayi nazaridan har bir alohida davlatning milliy shart-sharoiti, taraqqiyot darajasi, ichki imkoniyati va manfaatlariga moslashgan bo‘lishi juda muhimdir. O‘zbekiston ham ana shunday tamoyillar asosida Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha konkret muddat va ko‘rsatkichlarni belgilash ustida ish olib bormoqda 61 . 60 Минг йиллик тараққиёт мақсадлари инструментлари тўплами. – Т., ПРООН, 2009. 61 Human Development Reports. New York: Oxford University Press. UNDP, 1990-2011. 45 O‘zbekiston uchun Mingyillik rivojlanish maqsadlarini quyidagicha ta’riflash mumkin: 1) kam ta’minlanganlikni kamaytirish, ovqatlanish sifati va madaniyatini oshirish; 2) boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash; 3) ayollar va erkaklar tengligini rag‘batlantirish va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish; 4) bolalar o‘limini yanada kamaytirish; 5) onalar sog‘lig‘ini yanada yaxshilash; 6) OITS/OIV, sil va boshqa kasalliklarga qarshi kurash; 7) ekologik barqarorlikni ta’minlash; 8) rivojlanish maqsadlarida global hamkorlikni kuchaytirish kabi vazifalar kiradi. Ushbu maqsad va vazifalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling