Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
O‘zbekistonda inson taraqqiyoti milliy maqsadlarini amalga oshirishning
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
BMT diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson taraqqiyoti
- Inson taraqqiyoti jarayoni
2.2. O‘zbekistonda inson taraqqiyoti milliy maqsadlarini amalga oshirishning
natijalari O‘tgan asrning 80-yillarida shakllanishni boshlagan inson taraqqiyoti konsepsiyasi yangi bosqichda rivojlanishni talqin eta boshladi, unga ko‘ra, aynan inson ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘ladi. BMTning Taraqqiyot dasturida 1990 yili chop etilgan inson taraqqiyoti haqidagi dokladda ta’kidlanishicha, “Inson taraqqiyoti – bu hayotning barcha jabhalarida insonlarni yanada kengroq tanlov bilan ta’minlash jarayoni” sifatida yoritiladi. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi, asosan, jamiyatning rivojlanishining asosiy maqsadi iqtisodiy o‘sish va yalpi ichki mahsulotni asosiy ko‘rsatkich sifatida qaragan “klassik” iqtisodiy nazariyalarining o‘rniga paydo bo‘ldi. Inson taraqqiyoti jarayoni – bu, markazida inson turuvchi, insonlarning faqat moddiy va iqtisodiy farovonligini oshirishga emas, balki imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan jarayon. “Inson taraqqiyoti – bu kompleks ravishda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotga nazariyasi va metodologiyasidir. U axloqiy yoki falsafiy qarashlarni, iqtisodiy fanning aniq tahlilini, shuningdek, etnik va siyosiy masalalarning o‘ziga xos jihatlarini o‘z ichiga oladi” 64 . O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Milliy Tashkilotining Mingyillik deklarasiyasi doirasida o‘z milliy insonni rivojlantirish maqsadlarini belgilab olgach, ular ijrosini izchil ta’minlash yuzasidan amaliy ishlarga kirishdi. Eng avvalo, mamlakatda insonni rivojlantirish milliy maqsadlariga erishishning tashkiliy-huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini yaratish choralari 64 Человеческое развитие. Учебник, под ред Сафаева С., ПРООН, УМЭД, 2011. С.12. 50 ko‘rildi. Milliy maqsadlarning sakkiz yo‘nalishi bo‘yicha 500 dan ortiq qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mamlakat parlamenti tomonidan 100 dan ortiq xalqaro shartnomalar, shu jumladan, BMTning inson huquqlari va erkinliklariga oid oltita hujjati ratifikasiya qilindi. O‘zbekiston BMTning Mingyillik rivojlanish dasturining birinchi maqsadi – 15 yil ichida jahonda aholi o‘rtasida mutlaq kambag‘allik va ocharchilik darajasini ikki baravarga kamaytirish rejasi asosida o‘z milliy maqsadini aholi o‘rtasida kam ta’minlanganlik va to‘yib ovqatlanmaslikni kamaytirish tarzida belgiladi 65 . Mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlarda barqaror o‘sib borishi, budjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiyalar va nafaqalar miqdorining muntazam qayta ko‘rib chiqilishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ilm-fan sohalari xizmatchilarining mehnatini rag‘batlantirish, aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar aholi turmush darajasi va turmush sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Mamlakatda aholi jon boshiga real pul daromadlari, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori muttasil ortib bormoqda. Pul daromadlarining oshishi va aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aholi barcha qatlamlarining o‘rtacha daromadlarining o‘sib borishida muhim omil bo‘ldi. Bunda aholining turli guruhlari daromadlari darajasidagi tafovutni aks ettiradigan Jini koeffisiyenti 2010 – 2019 yillarda 0,30 % dan 0,40 % ga oshdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev bu xususda alohida ta’kidlaganidek, “Mamlakatda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholining daromadlari va turmush sharoitida keskin tafovut bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka” katta e’tibor qaratilmoqda. Keyingi o‘n yilda O‘zbekistonda aholi daromadlari hajmi 8,1 barobar ortgan bir paytda, ish haqi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj toifalarning daromadlari miqdorini jadal oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va soliq 65 Глобальный доклад о человеческом развитии«Реальное богатство народов: пути к развитию человека».- ПРООН, 2010 г. С. 22-23. 51 imtiyozlari berish hisobidan aholining eng past va eng yuqori daromadga ega bo‘lgan guruhlari o‘rtasidagi tafovut, boshqacha aytganda, daromadlardagi farq koeffisiyenti 21,1 barobardan 8,3 barobarga qisqardi. Mazkur koeffisiyent Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va bir qator iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasida eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Respublika aholisi yalpi daromadlarining o‘sishi bilan birga, uning pul omonatlari va jamg‘arma mablag‘lari ham barqaror ko‘paymoqda. Bu mablag‘larning xarajatlar tarkibidagi ulushi o‘sib, 1992 yildagi 11,8 % dan 2019 yilda 15,4 % ga yetdi. Oilalarning iste’mol xarajatlari makrotarkibi ham maqbullashib bormoqda: ularning oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar ulushi barqarorlashib, xizmatlar uchun xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Bunday holat iqtisodiy rivojlanib borayotgan davlatlar uchun xosdir. Ayni vaqtda iste’mol tarkibi ancha sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish hisobidan o‘zgarmoqda. Bunda uglevodlarga boy oziq-ovqatlarni (birinchi navbatda, non va non mahsulotlarini) iste’mol qilishning barqarorlashgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida aholi tomonidan iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining soni, turi o‘nlab barobar oshdi. O‘zbekistonda mustaqillikka qadar aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan nooziq-ovqat mahsulotlarning katta qismi respublikamizda ishlab chiqarilmas, balki chetdan keltirilar edi. Jumladan, televizorlar, kir yuvish mashinalari, elektr changyutkichlar, yengil mashinalar 100,0 %, gazmollarning qariyb 40,0 %, barcha turdagi oyoq kiyim va boshqa shunga o‘xshash mahsulotlarning 30,0 % chetdan olinib kelinar edi 66 . Agar 2000 yilga qadar, o‘tish davrining obyektiv shart-sharoitlari tufayli aholining asosiy nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi va ta’minoti pasaygan bo‘lsa, so‘nggi o‘n yillikda bu boradagi ko‘rsatkichlarda barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. 1991 – 2017 yillar davomida yurtimizda shaxsiy avtomobillar soni 2,4 barobar ko‘paydi. Shu vaqt mobaynida har 100 xonadonga 66 М.М.Муҳаммедов. Ю.П.Урунбоева, “Аҳоли турмуш даражасини шакллантириш омиллари ва ошириш истиқболлари”, Самарқанд, “Зарафшон” – 2009, илмий-оммабоп рисола. 52 to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni ortib, 11,9 tadan 27,1 taga yetdi. Bu ham aholi farovonligi va moddiy salohiyati oshib borayotganini ko‘rsatadi. Aholining xarid qobiliyati, ya’ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng zarur iste’mol mahsulotlarining sotib olish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarining ta’minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi. O‘rtacha oylik maosh xarid qobiliyatining o‘sish dinamikasi, minimal iste’mol savati bilan qiyoslaganda, hozirgi vaqtda 7,2 barobar oshdi 67 . Insonni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonning 2-milliy maqsadi boshlang‘ich va o‘rta ta’lim sifatini oshirishdir. O‘zbekistonda bolalarni boshlang‘ich ta’lim bilan qamrab olish 100,0 % ni tashkil etadi. Respublikada boshlang‘ich va o‘rta ta’lim tashkiliy va mazmun jihatidan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Har bir umumta’lim maktabi umumiy o‘rta ta’limning ikkala darajasida o‘qitishni olib boradi. Bu o‘rta ta’lim maktablarini bitirgan o‘quvchilarni to‘la hisobga olishni ta’minlaydi 68 . O‘zbekistonda maktab ta’limidan foydalanish imkoniyati faqat uning bepulligi bilangina emas, balki o‘z ona tilida ta’lim olish, shuningdek, o‘quvchilar qatnashlari uchun maktablarning yetarliligi va oqilona joylashtirilganligi bilan ham ta’minlanadi. Mamlakatda 9,8 mingta kunduzgi ta’lim muassasalari (shu jumladan, shaharlarda 2100 ta va qishloqlarda 7700 ta) ishlab turibdi. Umumta’lim maktablarida 4,9 million nafaridan ko‘proq o‘quvchi ta’lim olmoqda. Bu ta’lim muassasalarida 437,6 ming nafar o‘qituvchi ishlaydi. Bolalarning barcha toifalari uchun maktab ta’limidan foydalanish imkoniyati, shuningdek, maxsus ta’lim muassasalari (yordamchi maktablar) mavjudligi bilan ham ta’minlanadi. Bu maktablarda jismoniy va psixologik rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar 67 М.М.Муҳаммедов. Ю.П.Урунбоева, “Аҳоли турмуш даражасини шакллантириш омиллари ва ошириш истиқболлари”, Самарқанд, “Зарафшон” – 2009, илмий-оммабоп рисола. 68 Ўзбекистон Республикаси биринчи Президенти И.А.Каримовнинг БМТ Бош Ассамблеясининг Минг йиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган олий даражадаги ялпи мажлисдаги нутқи. – Т.: “Ўзбекистон”, 2010. 53 o‘qitiladi. Jismoniy nuqsonlarga ega va zaif bolalarni o‘qitish va salomatliklarini tiklash sanatoriy-internat turidagi maktablarda amalda oshiriladi. 2009 yildan e’tiboran, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi majburiy hisoblanadi, lekin umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugallagan o‘quvchilar akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’limni davom ettirishni ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga egadirlar. Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim berish bilan bir qatorda, uzluksiz ta’limning navbatdagi bosqichlarida ta’limlarini davom ettirish yoki egallagan ixtisosliklari va kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish teng huquqini ham beradi. O‘rta-maxsus, kasb-hunar tizimida 2009 / 2010 – o‘quv yilida 1368 ta kasb- hunar kolleji va 139 akademik litsey bo‘lib, ularda 1,5 million nafar o‘quvchi ta’lim oldi. Mazkur tizimda 108925 ta o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustasi, shu jumladan, 95 nafar fan doktori va 1185 fan nomzodi ishlaydi. 1998 – 2009 yillar davomida tizimdagi 103,0 ming nafardan ko‘proq o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalari o‘z malakalarini oshirdilar. Ulardan 1170 nafari Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va boshqa davlatlarda malakalarini oshirib qaytdilar 69 . Mamlakatning oliy ta’lim muassasalari hozirgi vaqtda yiliga tanlov (test) asosida o‘rtacha 60 ming nafar talabani qabul qiladi. 2009 / 2010 – o‘quv yilida oliy ta’lim tizimida 286,2 ming nafar talaba, shu jumladan, bakalavriat tizimida – ta’limning 253 yo‘nalishi bo‘yicha 274730 nafar hamda magistratura tizimida 719 ixtisoslik bo‘yicha 11492 nafar talaba ta’lim oldi. Oliy o‘quv yurtlarida 23,1 ming nafar pedagoglar, shu jumladan, 7238 nafar fan nomzodlari va 1588 nafar fan doktorlari ishlaydi. 2020 – 2021 o‘quv yili uchun qabul jarayoni va kirish imtihonlariga oid quyidagilar belgilandi: 69 Абдимўминов О.Б. Ўзбекистон ва БМТ: таълим соҳасидаги ҳамкорликнинг янги қирралари / Ўзбекистонда барқарор ривожланиш контекстида ижтимоий ўзгаришларнинг истиқболлари: Республика илмий семинари материаллари. – Тошкент, 2014. – Б. 265–270. 54 Abituriyentlar hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari (belgilangan hududlarda), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (barcha hududlarda) va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali topshirishlari mumkin bo‘ldi. Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda ketma- ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi. 2020 – 2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi. Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 103 575 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 31 350 nafar, kechki ta’lim shakliga 5 025 nafar talaba qabul qilindi. Joriy yilgi magistratura uchun qabul kvotasi – 10 425 nafar talaba qabul qilindi. Kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkazildi. Xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha umumiy davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha 4 foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi. Bu grantlar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanoma asosida berildi. *** 2011 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “BMT Ming yillik maqsadlarini O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi. Unda O‘zbekistonda BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlariga muvofiq, aholi turmush darajasi va sifatini izchillik bilan ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha choralarni amalga oshirish maqsadida vazirliklar, idoralar, hokimiyatning markaziy va mahalliy organlarining mamlakatda inson salohiyatini muttasil rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan kompleks harakat dasturi belgilangan 70 . 70 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2011 йил 26 январдаги 21-сон “Ўзбекистонда БМТнинг Минг йиллик ривожланиш мақсадларини амалга ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори. // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2011 йил. 4-5-сон. 35-модда. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling