Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;
Tadqiqot gipotezasi sifatida quyidagi taxminlar ilgari surildi:
qutqaruvchilarning ekstremal vaziyatlarga kasbiy tayyorgarligi sub’ektiv hissiy barqarorlik va ijobiy munosabatlarni saqlashga yordam beradi;
qutqaruvchilarni psixologik tayyorlash dasturini amalga oshirish ekstremal sharoitlarda kasbiy faoliyatga psixologik tayyorgarlikni yanada samarali shakllantirishga yordam beradi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
Ushbu mavzuga oid nazariy va amaliy manbalar, maqolalar tahliliy o‘rganiladi.
Favqulodda vaziyatlarda tezkor qutqaruv xizmati mutaxassislari faoliyatining psixologik xususiyatlarini o‘rganish masalalari V. A. Ababkov, M. Perre, S. Aganov, O. V. Bogomaz, O. Y. Demchenko, V. V. Kazankov, S. A. Kruchinin, A. A. Mayboroda, A.A. Pokanevich, N. N. Tixomirova va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Ushbu olimlarning asarlarida tezkor qutqaruv xizmati mutaxassislarining psixologik barqarorligi, stressga chidamliligi, salbiy ruhiy holatlarining muammoli masalalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi;
Тadqiqotda psixologik so‘rovnoma, induksiya va deduksiya, tahlil va sintez, hodisa va jarayonlarga tizimli yondoshuv usullaridan foydalaniladi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;
Dissertatsiyaning nazariy qoidalari va amaliy materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar va mutaxassislarni o‘qitish, malakasini oshirishda foydalanish mumkin.
Shuningdek, dissertatsiya materiallaridan qo‘llanmalar yaratishda, “Psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya” kabi fanlarni va mavzuga oid maxsus kurslarni o‘qitishda, ushbu yo‘nalishdagi kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlar hamda magistrlik dissertatsiyalarin yozishda manba sifatida foydalanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |