Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi
| Ilm-fan – bu ma’lum mablag‘larni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish.
| Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirishdir.
|Ixtiro – bu yangi konsepsiyani yaratish demak.
|Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib ko‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.
Metodika tushunchasini örganishdan avval uning negizini tahlil qilib körsak. Metod özi nima?
Metod bu biror maqsadni amalga oshirish uchun foydalaniladigan yöl, usuldir. Aslida, kundalik hayotimizda har sohada, har soniyada undan foydalanamiz. Misol uchun, har kuni ertalab ishga borishimiz kerak. Ishga borish bizning bosh maqsadimiz. Yölga chiqishdan avval ishga QANDAY qilib yetib olishimiz haqida öylaymiz. Avtobusda boramizmi yoki taksi olamizmi, balki piyoda borgannimiz ma’quldir. Demak birgina maqsadimizga uchta usulni qöllashimiz mumkin böladi.
Asosiy maqsadning kichik qismlari ham borki, yuqoridagi misolda körishimiz mumkin. Ishga tezroq borishimiz zarurmi, yöl haqi qimmatga tushmasligi kerakmi yoki bosib ötilajak yöl salomatligimiz uchun foydali bölsinmi? Demak, maqsadga köra eng kerakli va tög’ri usulni tanlashimiz lozim böladi.
Chet tillarni öqitishda ham, yuqoridagi misol kabi, maqsadga köra turli metodlar asosida dars jarayonlari olib boriladi. Öqituvchining metod salohiyati qancha yuqori bölsa, ya’ni maqsadni tög’ri qöyib, unga mos metodni qöllay olsa, dars maqsadi albatta amalga oshadi va öquvchilar darsda örgangan bilimlaridan, unda orttirgan yangi könikma va malakalardan mamnun böladilar.
Chet tilini öqitish va örganish uchun köp soatli dars jarayonida öqituvchi va öquvchilar minglab maqsadli jarayonlarni amalga oshirishi zarur böladi. Demak, öqituvchi va öquvchi minglab metodlarni bilsa, qöllay olsa, oldiga qöygan maqsadiga oson va muvaffaqiyatli erisha oladi. Xösh buning uchun ular nima qilishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |