Mis va mis-pirit rudalarini boyitish texnologiyasi Reja: Misning asosiy xususiyatlari va qo’llanilish sohalari. Misning minerallari va rudalari


Download 23.93 Kb.
bet2/4
Sana27.03.2023
Hajmi23.93 Kb.
#1299407
1   2   3   4
Bog'liq
dokument microsoft word 2

Xalkopirit, yoki mis kolchedani, CuFeSmisning asosiy minerallaridan biri hisoblanib, u deyarli barcha genetik tipdagi konlarda uchraydi, ammo uning asosiy sanoat ahamiyatiga molik bo’lgan qismi gidrotermal konlar bilan bog’liq. Xalkopirit tarkibidagi misning miqdori 34,6%, temirning miqdori 30,5% va oltingugurtning miqdori 34,9% hamda juda kam miqdorda kumush, rux, oltin, mishyak, selen, tellur va qalay qo’shimchalari mavjud.u tetrogonal sistemada kristallanadi. Kristal tuzulishi xuddi sfaleritning kristal tuzulishi singari bo’lib, ruxning o’rnida mis va temirning atomlari tartiblangan holda joylashadi, oltingugurtning atomi esa misning ikkita atomi va temirning ikkita atomi hosil qilgan tetraedrning ichida joylashadi (1 rasm).
Xalkopiritning rangi latunsimon sariq. Yanchish jarayonida sinish bzasida mis ioni hamda temir va oltingugurt ionlari joylashadi.

1- rasmXalkopirit (a) va pirit (b)ning kristal strukturasi
Bornit, Cu5FeSmisning ikkilamchi sulfidli minerali hisoblanib, panjarasimon yoki plastinkasimon struktura hosil qilgan holda konlarda xalkopirit bilan bir vaqtda yoki undan keyin tarqaladi. Asosan xalkopirit-bornitli rudalarda uchraydi, kolchedan rudalarda esa kamdan kam hollarda uchraydi. Bornit tarkibida 52—65% mis, 8—18% temir, 20—27% oltingugurt va juda kam miqdorda kumush, kobalt va nikel qo’shimchalari uchraydi. Bornitning strukturasi koordinatsiyalashgan antiflyuoritli ko’rinishga ega bo’lib, metal ionlari tetroedrik koordinatsiyalidir. Kristal strukturasining asosini 8 ta atrofida uch valentli temir atomini birlashtirgan oltingugurt atomi tashkil qilib, ular elementar kubning qirralarida va tomonlari o’rtasida joylashgan. Tetraedrning qirrasida joylashgan oltingugurt atomi juda zich kubsimon to’qima hosil qiladi. Tetraedrning tomonlarida har juft S2- atomi o’rtasida Siatomi joylashadi. Bunday holatda 48 ta mis joylashishi kerak bo’lgan o’ringa 40 ta joylashadi, bunga sabab, bornitdagi qisman mis Si2+ gacha oksidlanganidir. Bornitning rangi to’q qizil, kukunda esa qora. Singanda sinish tekisligida noto’g’ri shaklga ega bo’lgan zarrachalar hosil bo’ladi. Zichligi 4,9 — 5,3 g/sm3. Qattiqligi 3. Bornit yarim o’tkazuvchan, solishtirma qarshiligi 10-5 — 10-3 Om∙m. Solishtirma magnit qabul qiluvchanligi 7,4∙10-6 sm3/g.

Download 23.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling