Xalkozin, Cu2S bir valentli mis atomining ikkilangan, uchlangan va tetraedrli koordinatsiyasi bilan koordinatsiyalangan murakkab strukturaga ega. Xalkozin tarkibida 79,9% mis, 20,1% oltingugurt hamda kumush, kobalt, nikel, mishyak, oltin va kam hollarda temir qo’shimchalari mavjud. Rangi qoramtir, ko’kimtir, kristallari tabletkasimon ko’rinishga ega. Zichligi 5,5— 5,8 g/sm3, qattiqligi 2,5—3, solishtirma qprshiligi 4∙10-4 — 4∙10-2 Om∙m, Solishtirma magnit qabul qiluvchanligi (0,3—0,4)∙10-6 sm3/g. Xalkopirit va pirit aralashgan joyda ikkilamchi sulfidli tomirli-donador rudalarda uchraydi. Xalkozin asosan tarkibidagi misning miqdori yuqori bo’lgan skarnli kon rudalarining yuqori qatlamida joylashadi.
Kovellin CuS – sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan rudalarda ikkilamchi sulfidli mineral ko’rinishida xalkozin bilan birgalikda uchraydi. U murakkab qatlamli strukturaga ega. Kovellin tarkibida 66,5% mis, 33,5% oltingugurt mavjud. Zichligi 4,6—4,7 g/sm3, qattiqligi 1,5—2. Qo’shimcha sifatida temir, selen, kumush va qo’rg’oshin uchrashi mumkin. Rangi kukimtir. Yaxshi o’tkazuvchan, solishtirma qarshiligi 10-7 —10-6 Om∙m. Magnitga tortilmaydi, Solishtirma magnit qabul qiluvchanligi (0,04—0,24) -10-6 sm3/g.
Barcha mistarkibli rudalarda, jumladan polimetal rudalarda ham temir sulfidi uchraydi. Uning qisqacha xarakteristikasi 2-jadvalda keltirilgan.
Pirit yoki oltingugurtli kolchedan barcha sulfidli rudalar tarkibida keng tarqalgan sulfidli mineral hisoblanadi. U asosan kolchedan rudalarda va kelib chiqishi gidrotermal konlarda uchraydi. Pirit tarkibida asosan ko’p uchraydigan qo’shimchalar kobalt, nikel va mishyak, bundan tashqari oltin, mis, kumush, surma, rux va marganets ham uchraydi.
1-jadval. Asosiy mis minerallarining xarakteristikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |