Mitasi huzuridagi fiskal institut


Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari


Download 100.66 Kb.
bet7/10
Sana31.01.2024
Hajmi100.66 Kb.
#1833048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oraliq oxirgi variant

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilarini soliqqa tortishdan oldin — maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi kim ekanligini bilishimiz kerak.
Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini olish.
1. Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida investor elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan yer uchastkasini ijaraga yoki bo‘sh turgan (foydalanilmayotgan) binoni olgan kundan e’tiboran (bundan yer uchastkasi investorga tegishli bo‘lgan hollar mustasno) besh ish kuni ichida maxsus iqtisodiy zona joylashgan erdagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yoki investor tomonidan ilgari tashkil etilgan tadbirkorlik subyektini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etadi.
2. Yuridik shaxs investitsiya bitimi imzolanganidan va Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilganidan keyin maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini oladi.
3. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritish uchun investor tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasini va Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi to‘lovni to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
4. Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlarni olgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida yuridik shaxsni Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi guvohnomasini beradi.
5. Maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi yuridik shaxs Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilganidan keyin bir ish kuni ichida bu haqda tegishli soliq, bojxona va statistika organlarini xabardor qiladi.

Download 100.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling