Mitasi huzuridagi fiskal institut


Download 100.66 Kb.
bet3/10
Sana31.01.2024
Hajmi100.66 Kb.
#1833048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oraliq oxirgi variant

Asosiy tushunchalar. Bilamizki maxsus iqtisodiy zonada investitsiya loyihasi, invester, maxsus huquqiy rejim, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestiri va maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasi kabi tushunchalarni bilish kerak bo`ladi.
investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui;
investor — foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
maxsus huquqiy rejim — maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya faoliyatini va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun alohida shart-sharoitlarni belgilaydigan huquqiy normalar majmui;
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestri — maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilari va investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning axborot bazasi;
maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasi — maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi yoki maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjati bo‘lib, uning asosida maxsus iqtisodiy zona hududini rejalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va shaharsozlik jihatidan o‘zlashtirishning boshqa turlari amalga oshiriladi.
Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni tugatish tartibi. Maxsus iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan o‘ttiz yil muddatga tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatishini va uni rivojlantirishni tashkil etish masalasi yuzasidan qaror qabul qiladi.
Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida taklif kiritishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiritilgan taklifni u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va ma’qullangan taqdirda taklifni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.

Download 100.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling