Mitasi huzuridagi fiskal institut


Download 100.66 Kb.
bet2/10
Sana31.01.2024
Hajmi100.66 Kb.
#1833048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oraliq oxirgi variant

Erkin iqtisodiy zona - yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni taʼminlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.
Maxsus ilmiy-texnologik zona - innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) toʻplangan hudud.
Turistik-rekreatsion zona - unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi obyektlarni), maxsus faoliyat koʻrsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat koʻrsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni taʼminlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud.
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari boʻlgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni oʻrab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni oʻz ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yoʻl bogʻlamalarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.
Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xoʻjalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur maʼmuriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish zonalarini oʻz ichiga oladi.

Download 100.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling