Mitasi huzuridagi fiskal institut
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga soliq imtiyozlari
Download 100.66 Kb.
|
oraliq oxirgi variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq kodeksi bilan
3. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga soliq imtiyozlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida” PF-6011-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan boshlab, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga Soliq kodeksi va “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartibda alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutilishi belgilandi. Soliq kodeksi bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk soligʻidan, yer soligʻidan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari berilgan. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab: 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun - 3 yil muddatga; 5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun - 5 yil muddatga; 15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun - 10 yil muddatga ozod etiladi. Mazkur soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi oʻrtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi. Ma’lumot uchun: 2020-2021 yillarda EIZlarda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar tomonidan qariyb 242,2 mlrd.so‘m miqdorida foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozdan foydalangan. Jumladan, 2020-yil davomida 117 ta korxona imtiyozdan foydalangan bo‘lib, foydalanilgan imtiyoz summasi qariyb 104 mlrd.so‘mni tashkil etgan.2021-yil davomidakorxonlar soni 68tani tashkil etib, foydalanilgan imtiyoz summasi 138 mlrd so‘mdan oshgan. Misol uchun, Navoiy iqtisodiy zonada faoliyat ko‘rsatuvchi akfa romlari ishlab chiqaruvchi "AKFA EXTRUSIONS" masuliyati cheklangan jamiyat 2020-yilda 45 mlrd so‘m va 2021-yilda 62 mlrd so‘mlik foyda solig‘i imtiyozidan foydalangan. Xuddi shunday, Sirdaryo iqtisodiy zonada faoliyat "PENG SHENG" MChJ qo‘shma korxonasi 2020-yilda 3,1 mlrd.so‘m va 2021-yilda 3,3 mlrd.so‘mlik foyda solig‘i imtiyozidan foydalangan. Chizma-15 Izoh: 2023- yil yanvar-mart oylarida MIZ, KSZ, texnopark va klasterlarlar tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliyaviy natijalar. Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) (-)miqdori jami – 1 701,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi shundan: KSZda – 37,9 mlrd. so‘mni, texnoparkda – 1 004,5 mlrd. so‘mni, MIZda – 552,0 mlrd. so‘m va klasterlarda – 106,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi va boshqa soliqlar boʻyicha imtiyozlardan Soliq kodeksiga muvofiq foydalaniladilar. Soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan eʼtiboran hisoblab chiqariladi. Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan eʼtiboran hisoblanadi. Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan oyning birinchi kunidan eʼtiboran foydalanishga haqli emas. Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiyalar hajmini soliq imtiyozlarining uzoqroq amal qilish muddatini nazarda tutadigan miqdorgacha oshirsa, u investitsiyalarning haqiqiy hajmiga muvofiq soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda, agar investitsiyalar hajmining oshishi imtiyozlarning avvalgi amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshirilsa, soliq imtiyozlari imtiyozlarning uzoqroq amal qilish muddatiga boʻlgan huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran qoʻllaniladi. Xulosa O'zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalar, iqtisodiy va sanoat sohasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va ish o'rinlari yaratish maqsadida tashkil etilgan hududlardir. Bu zonalar, xususiy iqtisodiy va huquqiy shartlar bilan belgilangan bo'lib, odatda chegara solishtirilgan bo'limlardan farqli ravishda faoliyat yuritish huquqiga ega bo'lgan korxona va tashkilotlar uchun imtiyozlar va qulayliklar taqdim etiladi. Erkin iqtisodiy zona yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik o‘zgarganda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari imtiyozlar amal qilish muddati davomida, lekin o‘n yildan oshmagan muddat ichida soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lash bo‘yicha ular Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan sanada amalda bo‘lgan normalar va qoidalarni qo‘llashga haqlidir, bundan aksiz to‘lanadigan tovarlarga soliq solinishini tartibga soluvchi qonunchilikning normalari va qoidalari mustasno. Erkin iqtisodiy zonalar hududida mazkur Qonun kuchga kirgunga qadar erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan ro‘yxatga olingan va investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar ular taqdim etilgan muddat o‘tguniga qadar saqlab qolinadi. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi tomonidan maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga beriladi. Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi kelib tushgan arizani ikki ish kuni ichida maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashiga taqdim etadi. Download 100.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling