Havoni ionlanishi. Uy havosini kishi uchun ahamiyati uni ionlanishiga ham bog’liq. Xonada tabiiy gazdan foydalanish og’ir ionlar miqdorini oshiradi. Masalan: gaz plitasini 4 ta gorelkasini bir necha minut yoqib qo’yish musbat ionlar sonini 200 000 taga etkazadi. Havoning musbat yoki manfiy ionlanishi kishi organizmida malum o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Havo musbat ionlanganda organizm uchun foydali xususiyati kamayadi. Nafas yo’li bilan organizmga tushgan manfiy ionlarni malum miqdori organizmni mustahkamlaydi, muhit tasiriga chidamliligini oshiradi. Havoni ionlanishi, kislorodni ozonga, erkin azotni azot oksidiga aylantiradi. Shuning uchun ionlashgan Havo komplekt tasir etadi. Havoni musbat ionlanishi darajasini yuqoriligi xonada kishilar ko’p xona xajmi kichik bo’lganda yuzaga keladi. Havoda manfiy ionlarning kam bulishi maishiy Havoning fiziobiologik faolligini xam kamayishiga sababchi bo’ladi.
İonizator, konditsioner, ozonatorlardan foydalanish.
Uy havosini toza, organizm sog’lig’i uchun foydali holda saqlab turish xozirda eng muhim muammo bo’lib turibdi. Uy joylarda maxsus shamollatish sistemasidan foydalanish xona Havosini toza saqlovchi asosiy vositalardan biridir. Bundan tashqari xozirda konditsionerlardan Havo namligini, xaroratini bir xil saqlash uchun keng foydalanilmoqda. Havoni musbat ionlanib qolishini kamaytirish maqsadida xozirda maxsus ionizator asbobi mavjud bo’lib, bu asbob musbat ionlarni manfiy ionlarga aylantiradi.
Turmushda ozonator asbobidan xam keng qo’llanilmoqda, bu asbob kislorodni ozonga aylantiradi. Ozon kuchli oksidlovchi bo’lganligidan xona Havosidagi mikroorganizmlarni emiradi, aralashma gazlarni neytrallash tiradi. Xonadagi noxush xidlarni yo’qotadi. Ozonatordan ko’pincha oshxona va xojatxonaning noxush xidini yo’qotish maqsadida foydalaniladi. Xona Havosida ozon miqdori normadan oshib ketishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Chunki ozon kishi ko’zi va tomoq yo’llarini yallig’lantiradi. Yopiq binolarda ozonning ruxsat etilgan miqdori 0,1 mg/m3 deb belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |