Mámleketlik universiteti ekologiya hám topıraqtanıw kafedrası


Download 1.26 Mb.
bet13/49
Sana13.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1266360
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
OMK qq(1)

Nаzоrаt ushun sаvоllаr:
1. Tuprоq dеb nimаgа аytilаdi?
2. Insоnning tuprоqlаrgа tа‘siri vа uning оqibаtlаri qanday?
3. Shаhаr yеrlаrini iflоslаnish mаnbаlаri vа аsоsiy iflоslоvshi mоddа vа birikmаlаr qanday?
4. Chiqindilаr muаmmоsi dеb nimаgа аytilаdi?
7-Lekciya.
Qala hám sanaat suwlarına qoyılatuǵın talaplar
Reje:
1. Suvning tirik organizm uchun ahamiyati.
2. Suvning ifloslanish sabablari. Suvni yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni kelib chiqishidagi roli.
3. Shaxar aholisini toza ichimlik va sug’orish suvlari bilan taminlash tartibi.
4. Shaxar aholisini suvga bo’lgan talabini qondirishda qo’shimcha suv manbalaridan foydalanish.
5. Chiqindi suvlarni tozalash metodlari.
Suv tirik organizm uchun katta ahamiyatga ega. Malumki odam organizmini 65% ini suv tashkil etadi. Organizmda kechayotgan biokimyoviy jarayonlarda suv aktiv qatnashadi. Odam organizmida suv miqdorini 12% i yo’qotilsa, kishi halok bo’ladi. Odam organizmi ortiqcha hosil bo’lgan energiyani (terlash) suv bug’latish orqali chiqarib yuboradi. Har xil tirik organizmlar tana vaznini, suv xar xil foizlarda tashkil etadi, bazi organizmlarni (suv o’tlar) tana vaznini 98% ini suv tashkil etishi mumkin. Bundan tashqari organizm o’ziga kerakli eng muhim elementlarni suv orqali oladi. Masalan: yod, ftor, magniy, kaliy, kaltsiy kabilarni. Suv tarkibida mazkur elementlarni etishmasligi yoki ortiqsa bo’lishi kishi organizmida kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababdan ichimlik suvga turli xil davlat talablari qo’yiladi. Kishilarni yashash joylari iqlimiga qarab suvga bo’lgan sutkalik ehtiyojlari ham har xil bo’ladi. Masalan: kishi boshiga sutkalik suvga bo’lgan talab istemol uchun 2,5-3 litrni tashkil etadi. Ammo iqlimi issiq mamlakatlarda bu miqdor 2-3 xissa oshishi mumkin. Suv istemol qilish mexnatning og’ir-engilligiga ham bog’liq.
Cho’l zonalarida sutkalik suvga bo’lgan talab 11 litrgacha etishi mumkin. Demak, tirik organizm fiziologik ehtiyojlar uchun sarflangan suv o’rnini doimo to’ldirib turishga majbur. Suvdan faqat fiziologik ehtiyojni qondirishda emas, xo’jalikda boshqa turli maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Ko’rinib turibdiki suvning fiziologik normasi emas, balki ekologik normasi ham mavjud. Uy-joylarni toza tutish, yuvinish, kir yuvish kabilar uchun ancha suv talab etiladi. Suvni shu maqsadlar uchun ortiqcha isrof qilmay sarflanishi ekologik madaniyatni yuqoriligidan darak beradi.
Kishilar sarflaydigan suv miqdori iqlimga, aholini madaniy-maishiy sharoitiga, kanalizatsiya va vodoprovod tarmoqlari bilan taminlanganiga xamda bir qancha boshqa omillarga bog’liq.

Turar joylarda xujalik va istemol uchun sarflanadigan suv normalari.

Turar joylar xolati

1 kishi uchun 1 kunda sarflanadigan suv mikdori

Vodoprovod va kanalizatsiyasi bor, vannasi yuk binolar.

125-160 litr



Vodoprovod, kanalizatsiya, vanna va suv isit gichlar bilan taminlangan binolar.

160-230 litr



Markazlashgan issik va sovuk suv bilan ta minlangan binolar

230-350 litr

Katta shaxarlarni ko’pchiligida ichimlik va xo’jalik maqsadlari uchun sarflanadigan sutkalik suv miqdori 400-450 litrga teng.
Shuni unutmaslik kerakki, xozir er kurrasida million yillar ilgari bo’lganidek 40000 km3 chuchuk suv mavjud. Bu miqdor shu vaqtgacha ortgani yo’q lekin aholi soni keskin oshib boryapti. Shuning uchun ham aholini toza ichimlik suv bilan taminlash masalasi butun dunyo mamlakatlari oldida katta muammo bo’lib turibdi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling