Mámleketlik universiteti ekologiya hám topıraqtanıw kafedrası


Aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash


Download 1.26 Mb.
bet15/49
Sana13.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1266360
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
Bog'liq
OMK qq(1)

Aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash
Aholini toza ichimlik va xo’jalik suvi bilan taminlash O’rta Osiyo respublikalarida katta muammo bo’lib qolmoqda. Respublikamizda toza ichimlik suvi manbalari bir tekis taqsimlanmagan. Masalan: Farg’ona, Namangan, Jizzax viloyatlarida aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash manbalari etarli bo’lsa, janubiy rayonlarda bu muammo bo’lib qolmoqda. O’zbekistonda qishloq aholisini faqat 50%i, shaxar aholisini esa 70-80% i toza ichimlik suvi bilan taminlangan. Keyingi yillarda suvni tozalashni yangi texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Bu esa janubiy rayonlarda er osti suvlaridan istemol maqsadida foydalanishga imkoniyat bermoqda. Er osti suvlarini o’zi kamida 3 xil chuqurlikda joylashgan. Bundan tashqari yuza suv havzalari ham mavjud. Hozirgi sharoitda er osti va yuza suvlardan qishloq, shaxar aholisini suvga bo’lgan talabini qondirishda foydalanilmoqda. Qanday suv manbaidan foydalanilsa ham suvga bo’lgan gigienik talab quyidagicha yani, suvni mazasi, rangi, xidi, kimyoviy tarkibi o’zgarmagan va hech qanday kasallik keltirib chiqarmasin.
Er osti suvlari asosan er yuzidagi havzalardan erni ostki qavatlariga suvni sizib o’tishidan hosil bo’ladi va bu suvlar suv o’tkazmaydigan qobiq ustida to’planib qoladi. Suvning tarkibi atrofidagi jinslarni tuzilishiga bog’liq. Er osti jinslari suv o’tkazuvchi va o’tkazmaydigan jinslarga bo’lina di. Suv o’tkazuvchi jinslarga qum, shag’al va darz ketgan madanlar kirsa, suv o’tkazmaydigan jinslarga qattiq granit, gips qavati va loy kiradi. Er osti suvlari 1,5 metrdan 16 kmgacha chuqurliklarda joylashgan. Ular bosimli va bosimsiz bo’ladi.
Grunt suvlar eng yuqorida suv o’tkazmas qavat ustida joylashgan bo’lib, bosimga ega bo’lmaydi. Ular odatda 1,5-10 metr chuqurlikda joylashadi. Bu suvlarni odatda quduqlar yordamida tortib olinadi, tarkibida tuz miqdori ko’p bo’ladi. Bundan tashqari juda yuza joylashgani sababli patogen mikroorganizmlar ham uchrashi mumkin.
Artezian suvlari chuqur er osti qatlamlarida to’planadigan yuqori bosimli suvlardir. Bu suvlar ifloslanishlardan ancha himoyalangan bo’ladi. Artezian quduqlari kavlangach, suv o’z bosimi bilan otilib chiqadi. Er osti suvlari tarkibida 70 ga yaqin kimyoviy element topilgan. Er osti suvlarini tarkiblari ham bir-birlaridan keskin farq qiladi. Bazi artezian quduqlari suvidan to’g’ridan-to’g’ri ichimlik suvi sifatida ishlatilaveradi, chunki ular davlat standartiga javob beradi. Bazida er osti suv manbalari suniy ravishda to’ldiriladi. Sizish hovuzlaridan qattiq qatlamgacha bo’lgan masofa loy erlarda 50 metr, tosh-shag’alli erlarda 100-200 metr bo’lishi lozim.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling