Mámleketlik universiteti ekologiya hám topıraqtanıw kafedrası


Suvdan temirni chiqarib tashlash


Download 1.26 Mb.
bet17/49
Sana13.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1266360
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Bog'liq
OMK qq(1)

Suvdan temirni chiqarib tashlash.
Suv tarkibida temir elementi 3 mg dan oshib ketsa suv tindirib aeratsiyalanadi.
Ochiq suv havzalarida temir, alyuminiy, sulfat, ohak va xlor qo’shib kamaytiriladi.
Reagentsiz tozalanganda suv shamollatiladi bunda karbonat angidrid va vodorod sulfid uchib ketadi, rN ortadi. Suv kislorodga to’yinib temir oksid hosil bo’ladi va filtrda ushlanib qoladi.
Suvni ftorlash
Suvni ftorlashda davlat standarti 0,7-1,5 mg ga rioya qilinadi va natriy ftor, kremniy ftor kislota, bioftor ammoniy birikmalari ishlatiladi.
Suvni xlorlash
Suvni xlorlashda xlorli ohak yoki suyuq xlordan foydalaniladi. Katta suv beruvchi inshootlarda faqat suyuq xlor ishlatiladi. Qoldiq xlorning suv tarkibida 0,3-0,5 mg bo’lishi gigienik normaga to’g’ri keladi. Xlor miqdori 1-3 mg dan oshsa suvdan xlor hidi kelib qoladi. Suvdagi elementlar davlat standartlariga mos kelgach, vodoprovod orkali axolii istemoli uchun yuboriladi.
Suvni o’z-o’zini tozalash jarayoni.
Suv havzalari o’z-o’zini tozalash xususiyatiga ega.
1. Fotokimyoviy tozalanish. Bunda quyosh nuri tasirida organik moddalar parchalanib, mikroorganizmlar qirilib turadi.
2. Kimyoviy tozalanish. Bunda moddalar sekin-sekin birikma hosil qilib cho’kadi.
3. Biologik tozalanish-suvda mikroorganizm va suv o’tlarini organik moddalar bilan oziqlanishi orqali.
Suv iqlim sharoitiga qarab 2-6 kunda o’z holatiga qaytishi mumkin.
Xo’jalik suvlari bilan taminlash
Respublikamizda tabiiy suv zahiralari nihoyatda cheklangan. Shu sababli ham ichimlik suvi mamlakatimizda qadrli hisoblanadi. Biroq keyingi yillarda suvdan foydalanishda jiddiy nuqsonlarga yo’l qo’ydik va qo’ymoqdamiz. Ko’p joylarda sug’orish sistemasi (kanal, lotok, ariqlar) nosozligidan suvning bir qismi erga shimilib yoki havoga bug’lanib isrof bo’lib ketayapti, bazi xo’jaliklarda, ayniqsa, Karshi kanali atrofida suvdan rejasiz foydalanish, ko’llatib sug’orish, keraksiz joylarga oqizib qo’yish hollari uchrab turadi. Ko’p xo’jaliklarda suv optimal miqdoridan ikki barobar ko’p sarflanayotganligi malum. Masalan: G’uzani meyoridan ko’p sug’orish uni g’ovlab ketishiga, tuproq sovushi va zichlanishiga, undagi foydali mikroorganizmlar faoliyatini susayishiga olib keladi.
Suvni isrof va iflos qilish hollarini ko’plab uchratish mumkin. 2005 yil malumotlariga ko’ra Qashqadaryo viloyatida ham bu borada ko’pgina kamchilik va nuqsonlarga yo’l qo’yilgan. Hozirgi kunda viloyatimizda 69 ta tashkilot bo’lib, ulardan 45 tasi suv havzasiga 24 tasi esa relefga 21 mln. oqindi suvlarni tashlaydilar. Jumladan, misol qilib, Muborak gazni qayta ishlash zavodini, Sho’rtan gaz konlarini, Qarshi shahar “Suv oqova” tashkilotini va Sho’rtan-Kimyo majmuasini ko’rsatishimiz mumkin.
Ayrim tashkilotlarda suv tozalash inshootlarning talabga javob bermasligi sababli oqova suvlar to’g’ridan-to’g’ri ochiq suv havzalariga va relefga tashlanmoqda. Natijada bu oqova suvlar nafaqat ochiq suv havzalarini, balki er osti suvlarini ham ifloslantirmoqda. Suvni tejab sarflashda oldingi avlodlarning boy tajribalaridan foydalanish lozim. Bazi mutaxassislar nishab joylarda sardobaga o’xshash suvni bir joyga yig’uvchi kichik inshootlar qurib, baxor oylarida yoqqan yomg’ir suvini to’plab, yoz oylarida undan ekinlarni sug’orish yoki mollarni sug’orishda foydalanish mumkinligini aytishayapti.
Suvni muhofaza qilishning asosiy shartlaridan biri, uni tejab sarflashdir. Suvni tejashda borgan sari ko’payib borayotgan oqova suvlarini yig’ib, uni tozalash va qayta ishlatish katta ahamiyatga egadir.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling