Modda almashinish qurilmalari. Rektifikastion qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinstipi. Kolonnali qurilmalarning kontakt elementlari. Rektifikastion kolonnalarni hisoblash va loyihalash


Davriy ishlaydigan rektifikastion kolonnalar


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana10.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1764811
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Rektifikatsion kolonna

 
Davriy ishlaydigan rektifikastion kolonnalar 
Davriy ishlaydigan rektifikastion qurilmalar. Kichik ishlab chiqarishlarda davriy 
ishlaydigan rektifikastion qurilmalar qo’llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga 


beriladi. Kub ichiga isituvchi zmeevik joylashtirilgan bo’lib, aralashma qaynash 
temperaturasigacha isitiladi. Hosil bo’lgan bug`lar rektifikastion kolonnaning oxirgi 
tarelkasining pastki qismiga o’tadi. Bug` kolonna buylab ko’tarilgan sari engil 
uchuvchan komponent bilan to’yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir 
qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqori 
tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida 
o’z tarkibidagi engil uchuvchan komponentni bug` fazasiga beradi. Bug` va suyuq 
fazalarning bir necha bor o’zaro kontakti natijasida bug` fazasi yuqoriga harakat 
qilgani sari engil uchuvchan komponent bilan to’yinib borsa, suyuqlik esa pastga 
tomon harakat kilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib 
boradi.
O’rnatish va ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida tarelkalar orasidagi masofa 
450 mm dan kam bo’lmagan qiymatda qabul qilingan.
Kolonnaning yuqorigi qismidan bug`lar diflegmatorga o’tadi va u erda to’la yoki 
qisman kondensastiyaga uchraydi. Bug`lar to’la kondensastiyalanganda hosil bo’lgan 
suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi. Oxirgi 
mahsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan so’ng, yig`ish idishiga yuboriladi. 
Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon to’xtatiladi, 
qoldiq tushiriladi va stikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo’lishini 
uning qaynash temperaturasiga qarab aniqlanadi(1-rasm). 
Uzluksiz ishlaydigan rektifikastion qurilmalar 
 Bunday qurilmalar sanoatda keng ishlatiladi. Uzluksiz ishlaydigan rektifikastion 
qurilmaning prinstipial sxemasi 2 – rasmda ko’rsatilgan Qurilmaning asosiy qurilmasi 
rektifikastion kolonnadir. Kolonna stilindrsimon shaklda bo’lib, uning ichiga tarelkalar 
yoki nasadkalar joylashtirilgan bo’ladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling