Modda almashinish qurilmalari. Rektifikastion qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinstipi. Kolonnali qurilmalarning kontakt elementlari. Rektifikastion kolonnalarni hisoblash va loyihalash


-rasm. Intensiv kontaktli tarelkalarning turlari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana10.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1764811
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Rektifikatsion kolonna

3-rasm. Intensiv kontaktli tarelkalarning turlari. 
a – fazalarning ikki zonali kontaktiga ega bo’lgan tarelkalar; 
b – qo’zg`aluvchan sharsimon nasadkali tarelkalar 


Rektifikastion (va absorbstion) qurilmalarda asosan etti xil tipdagi kontakt 
tarelkalari ishlatiladi: 
1) G`alvirsimon; 2) g`alvirsimon – klapanli; 3) klapanli; 4) jalyuzali-
klapanli; 5) qalpoqchali; 6) g`alvirsimon ko’p quyilishli; 7) panjarali. Tarelkalar 
oralig`idagi masofa h = 200/1200 mm bo’lishi mumkin, ko’pincha h ning qiymati 
200; 300; 400; 500 va 600 mm ga teng qilib olinadi. 
3-rasmda suyuq va gaz ( bug`) fazalari o’rtasida intensiv rejimlarni ta’minlab 
beruvchi tarelkalarning ayrim turlari ko’rsatilgan. Ikkita zonali kontaktga ega bo’lgan 
tarelkada (3-rasm, a) bug` suyuqlik plyonkasi tarelkadan quyilayotgan joyda 
qo’shimcha kontaktga uchraydi va tarelkadagi suyuqlik qatlamidan o’tayotgan paytda 
esa barbotajli rejim hosil qiladi. Bu holat jarayon tezligining ortishiga olib keladi.
3-rasm, b da ko’rsatilagn kontakt qurilmada sharlar qatlamidan foydalanilganda 
tarelkalar oralig`idagi bo’shliqda suyuqlikning bir-biridan ajratilgan zich plyonkalari 
hosil bo’ladi, natijada bunday kolonnadagi gaz (yoki bug`) ning tezligini 
g`alvirsimon tarelkalarga nibattan 3-4 marotaba ko’paytirish imkoni paydo bo’ladi. 
Rotorli qurilmalarda ham fazalar o’rtasida intensiv kontaktli rejim uyushtiriladi. 4 – 
rasmda rotorli qurilmalarning ikki har kontakt qurilmalari ko’rsatilgan. Bunday 
qurilmalarda markazdan qochma kuch maydoni hosil kilinib, suyuqlik valdagi teshiklar 
orqali ochib beriladi. Rotorli qurilmalar issiqlikka bardoshsiz sistemalarni vakuum 
ostida rektifikastiya qilish uchun qo’llaniladi. Bunday qurilmalarning gidravlik 
qarshiligi kam, biroq rotorni aylantirish uchun qo’shimcha energiya talab qilinadi.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling