Modda almashinish qurilmalari. Rektifikastion qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinstipi. Kolonnali qurilmalarning kontakt elementlari. Rektifikastion kolonnalarni hisoblash va loyihalash


-rasm. Murakkab kolonna prinstipial sxemasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana10.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1764811
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Rektifikatsion kolonna

5-rasm. Murakkab kolonna prinstipial sxemasi. 
1 – asosiy kolonna; 2 – stripping kolonnalar. 
 
Rasmda ko’p komponentli aralashmani to’rtta frakstiyaga ajratadigan tarelkali 
murakkab kolonna tasvirlangan. Bunday kolonnaning afzalligi shundan iboratki, 
alohida joylashgan oddiy kolonnalarga nisbatan kam ishlab chiqarish maydonini 
egallaydi, to’yintirish faqat eng yuqori tarelka orqali amalga oshiriladi. 


Kolonnada alohida joylashtirilgan stripping-kolonna deb nomlanuvchi uchta 
bug`latish sekstiyalari mavjud bo’lib, ular umumiy korpusda joylashtirilgan. 
Sekstiyalar qopqoqlar bilan ajratilgan. Har bir sekstiya bir nechta tarelkalar bilan 
ta’minlangan. 
Murakkab kolonnada aralashmaning ajratilishi quyidagi sxema bo’yicha amalga 
oshiriladi. Kerakli temperaturagacha isitilgan aralashma, birinchi kolonnaning 
ta’minlovchi qismiga beriladi. Birinchi kolonnada ajralgan asosan engil uchuvchan 
frakstiya bug`laridan iborat gazlar ikkinchi kolonnaga o’tib, undan ikkinchi og`irroq 
frakstiya qoldiq sifatida ajaratiladi. Qisman ikkinchi frakstiya bug`lari bo’lgan gazlar 
aralashmasi uchinchi kolonnaga o’tib, undan qoldiq sifatida uchinchi frakstiya ajraladi. 
Kolonna yuqorisidan bug` holidagi to’rtinchi frakstiya ajratib olinadi. 
Kolonna yuqorisida joylashgan parstial kondensator yordamida bug`lar 
sovutiladi. Bunda bug`larning bir qismi kondensastiyalanadi va flegma hosil bo’ladi. 
Hosil bo’lgan flegma murakkab kolonna yuqorisidan uchinchi oddiy kolonna barcha 
tarelkalari orqali oqib o’tadi. Ushbu kolonna pastki tarelkasidan bir qism flegma 
bug`latish uchun stripping sekstiyaga o’tadi. Qolgan qismi esa ikkinchi oddiy 
kolonnada to’yintirish vazifasini bajaradi. Ikkinchi kolonnada ham shu jarayon 
takrorlanadi. 
Oddiy kolonnalar pastki tarelkalarida yig`ilgan frakstiyada ma’lum miqdorda 
chegaraviy frakstiya ham bo’ladi. Frakstiyalarni sof holda ajratish uchun stripping 
sekstiyalar pastki qismiga suv bug`i beriladi. Suv bug`i qiyin uchuvchan frakstiya 
bug`lari bilan asosiy kolonnaga qaytiriladi. Qoldiq mahsulot esa har bir oddiy kolonna 
pastidan alohida frakstiya holida chiqariladi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling