Modda tabiatning suvli eritmada elektrolitik dissotsiyalanishga ta‘siri. Dissotsi­yalanish mexazmini


Elektrolit eritmasining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash yo’li bilan uning ionlanish darajasi va ionlanish konstantasi qiymatini aniqlash


Download 243.5 Kb.
bet11/15
Sana24.04.2023
Hajmi243.5 Kb.
#1395926
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Koziboyeva

Elektrolit eritmasining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash yo’li bilan uning ionlanish darajasi va ionlanish konstantasi qiymatini aniqlash.

Amaliy mashg’ulotining maqsadi: Elektrolit eritmasining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash yo’li bilan uning ionlanish darajasi va ionlanish konstantasi qiymatini aniqlash bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.
Amaliy mashg’ulotning natijalari: Elektrolit eritmasining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash yo’li bilan uning ionlanish darajasi va ionlanish konstantasi qiymatini aniqlash mavzusini tushunib oladilar
Kerakli jihozlar: Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash uchun idish, Reoxord ko’prigi R=38, mis simlari, areometr, o’chov silindri, o’lchov kolbalari, 5-6 ta stakanlar (100 ml), eritmalar, kons. CH3COOH, 1N CH3COOH eritmasi, 1/4, 1/8, 1/16, 1/32 va 1/64 marta suyultirilgan
Asbob yig’ib tayyorlanadi, bunda kontaktlar yaxshi ulanganligi va similar butunligi sinchiklab tekshiriladi. Idish konstantasi topiladi. Konsentratsiyasi 1/8n, 1/16n, 1/32n va 1/64n bo’lgan sirka kislota eritmasining elektr o’tkazuvchanligi o’lchanadi. Eritmalar 1n li eritmani suyultirish usuli bilan tayyyorlanadi. Elektr o’tkazuvchanlikni topishdan ilgari idish va elektrodlar avval suv bilan, so’ngra elektr o’tkazuvchanligini topish kerak bo’lgan sirka kislota eritmasi bilan yuviladi va shundan so’ng tekshiriladigan eritma idishga quyiladi. Tekshirilayotgan eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini magazinning shunday qarshiligida o’lchanadiki, bunda suriluvchi kontakt reoxord shkalasining taxminan o’rtasida turadi.
Amaliy ish quyidagi bajariladi. Ustanovka yig’ib batamom tayyor qilingach, telefon quloqqa tutib olinadi va kontakt reoxord o’rtasiga suriladi; zanjirga tok beriladi va telefondan kelayotgan ovozni eshitib turib, eng sekin eshitilayotgan qarshilik tanlab olinadi. Shundan keyin kontaktni o’ngga va so’lga surish yo’li bilan yelkalar nisbati AB/BV o’zgartiriladi, bunda telefondan kelayotgan tovush juda pasaygan yoki butunlay eshitilmay qiolgan nuqta topiladi.
Tekshirilayotgan eritma qarshiligi Rx quyidagi formula bilan hisoblanadi.
Rx = Rb/a om
Bunda R- qarshiliklar magazinining qarshiligi
a - AB reoxord yelkasining uzunligi
b - BV yelkaning uzunligi Tekshirilayotgan eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi x = C/Rx om -1*sm-1 bo’ladi.
Bunda C – idish konstantasi 1/8n eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligio’lchab bo’lingach, u to’kib tashlanadi, idish oldin suv bilan, keyin tekshiriladigan navbatdagi eritma bilan chayqaladi va yangi eritma quyib to’latiladi. Eritmaning elektr o’tkazuvchanligini o’lchashga o’tishdan ilgari idish 10 minut davomida termostatga botirib qo’yiladi, bumda eritmaning temperaturasi termostat temperaturasi bilan baravarlashtiriladi.

Download 243.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling