Moddalar almashinuvi yuzasidan masala va mashqlar


Molekulyar biologiyadan masala va mashqlar


Download 68.9 Kb.
bet14/18
Sana12.03.2023
Hajmi68.9 Kb.
#1262154
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
MODDALAR ALMASHINUVI YUZASIDAN MASALA VA MASHQLAR

Molekulyar biologiyadan masala va mashqlar
Mazkur mavzulami o'qitishdan maqsad hayotning molekulyar asoslari, hujayradagi biopolimerlarning tuzilishi va funksiyalarining xususiyatlari, ulaming hujayralaming strukturasi hosil bo'lishidagi hayot faoliyati jarayonlaridagi, hujayralar bo'linishidagi, irsiy belgilaming shakllanishi va nasldan naslga o'tishdagi roli haqidagi biiirani chuqurlashtirishdan iborat. Molekulyar biologiyaga oid barcha mavzulaming materialini shartli ravishda ikki qismga bo'lish mumkin: 1. Makromolekulalarning fizik - kimyoviy xususiyatlari va funksiyalari. 2. Hujayradagi makromolekulalar fimksiyasiga bog‘liq bo‘lgan jarayonlar. Bu bo‘limlami o'rganish davomida masala va mashqiardan foydalanish mavzuning eng qiyin tomonlarini tushunib olishga yordam beradi. Molekulyar biologiyadan masala va mashqlar tuzishda uni hujayralardagi makromo lekulalarni fizik kimyoviy xususisyatlari va ular bilan bog‘liq bo'lgan jarayonlar haqidagi fan
ekanligini hisobga olish kerak.
Molekulyar massa, oqsil tarkibi va nuklein kislotalar Oqsillar biopolimer sifatida yuqori molekulyar massaga ega bo'lishi bilan harakterlanadi (6000 dan 1000000 gacha va undan yuqori). Bunday oqsillar 50 dan 8000 va undan ko‘p aminokislotlar qoldig'idan iborat bo'ladi. Oqsil tarkibidagi aminokislotalami toppish uchun oqsil molekulyar massasini aminokislotamng molekulyar massasiga bo'lish orqali topish mumkin. Aminokislotalaming o'rtacha molekulyar massasini 100 – 120 atrofida olish mumkin. Oqsilning molekulyar massasi, tarkibi va tuzilishi bo'yicha masala va mashqlar yechish davomida quyidagi bilimlami egallashlari lozim. - oqsillar biopolimer ekanligi, oqsilning molekulyar massasi va o'lchamini yirik maydaligini. Aminokislotalar oqsil molekulasini monomeri ekanligini. Ular tuzilishining o'ziga xos xususiyayatlari, amfoter xossalarini; - oqsil molekulasidagi aminokislotalar izchilligini, zanjirlari sonini, oxirgi gmppalari va radikallarini aniqlash usullarini. Amnokislotalaming polipeptid zanjirga birikishini. Peptid bog' va oqsilning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to'rtlamchi strukturalarini bu strukturalami belgilaydigan kimyoviy bog'larni; - oddiy va murakkab oqsillami o'ziga xos xususiyatlarini, oqsil molekulasi denaturatsiyasi va renaturasiyasini bilishi lozim; - shuningdek, oqsil sintezlanishining sitoplazmada va endoplazmatik toi’da borishi. Oqsil sintezlanishining ko‘p bosqichliligi, DNK, i-RNK va t-RNKning oqsillar sintezlanishidagi roli. Transkripsiya jarayoni. Ribosoma - oqsil molekulalari sintezlanadigan organoid, uning kimyoviy tarkibi, konformatsiyasi va harakatlanish xususiyati. Oqsil molekulalari yig‘iladigan markaz. Polisomalar hosil bo‘lishini; - translyatsiya va uning bosqichlari. Oqsil molekulasining yigilishi, bunda kodon bilan antkodonning roli. Polipeptid zanjirining uzayishi, oqsil sintezlanishinmg oxiri. ATFning oqsil sintezidagi roli. Oqsilning vazifalarini bilishi va o‘zlashtirishi lozim. Molekulyar biologiyaning rivojlanishiga oid ma’lumotlar. F.Misher tomonidan nuklein kislotalaming kashf etilishi, DNK strukturasining Uotson va Krik tomonidan tushuntirib berilishi; - nuklein kislotalar, oqsil molekularining o‘zaro funksional bogiiqligini nuklein kislotalaming irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazishdagi rolini; - nuklein kislotalaming tarkibiy qismlari - azot asoslari, uglevodlar, fosfat kislota. Nukleozid va nukleotid. Chartgaf qoidasi. DNK, uning strukturasi, massasi va oichami. DNK molekulalari hosil boiishidagi komplementarlik prinsipi. Qo‘sh zanjirli makromolekula hosil boiishi va spirallanishi. DNK zanjirlarining bir biriga qarama qarshi yo‘nalganligini; - DNK replikatsiyasi. Molekulalarini chalkashuvi. DNK kodi, DNK sintezlanishinmg matritsa prinsipi. RNK molekulalari strakturasining hususiyatlari, ulaming tarkibi. RNK molekulalarining DNK molekulalaridan farqi RNK sintezlanishi. RNK tiplari. Informatsion RNK (i-RNK) molekulalarining fizik kimyoviy hususiyatlari va hujayradagi roli. Transport RNK (t-RNK) molekulalarining massasi, antikodon va uning funksiyalari, t-RNKning aminokislotalar tashishdagi roli. Ribosom RNK (r-RNK) molekulalarini tuzilish hususiyati, ulaming oqsil sintezidagi roli kabi bilimlarga ega boiishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 68.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling