Moddalar almashinuvi yuzasidan masala va mashqlar


Oqsillar va nuklein kislotalarga oid masala va mashqlar yechish metodikasi


Download 68.9 Kb.
bet15/18
Sana12.03.2023
Hajmi68.9 Kb.
#1262154
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
MODDALAR ALMASHINUVI YUZASIDAN MASALA VA MASHQLAR

Oqsillar va nuklein kislotalarga oid masala va mashqlar yechish metodikasi
1. Odam qoni plazmasidagi albumirming molekulyar massasi 68400 ga teng. Uning tarkibidagi aminokislotalar sonini toping.
Yechilishi: aminokislotalaming o‘rtacha molekulyar massasi 120 deb olsak unda:68400: 120-570 aminokislota
Javob: albumin molekulasida 570 aminokislota bor. 2.Ma’lum oqsilning molekulyar massasi: a) 36000; b) 48000; v) 72000 tashkil etadi. Bu oqsillar tarkibidagi aminokislotalar sonini aniqlang.
Yechilishi: aminokislotalaming o'rtacha molekulyar massasi 120 deb olsak unda:
a)36000 : 120 = 300 ta; b)48000 : 120 - 400 ta; v)72000 : 120 = 600 ta.
Javob: a) 300 ta; b) 400 ta; v) 600 ta aminokislota bor ekan.
Molekulyar massani birikma tarkibidagi u yoki bu komponentga qarab ham aniqlash mumkin, Ko‘pgina murakkab oqsillar tarkibida bitta yoki bir nechta metal atomlarini o‘zida saqlashi mumkin. Masalan (Fe, Zn, Si va boshqalami). Molekulyar massasi kichik bo'lgan oqsillami aminokislotalar tarkibiga qarab aniqlash mumkin. Bunday holda shunday aminokislotani tanlangki, oqsil tarkibida kam miqdorda bo'lsin. Oqsilning aminokislota tarkibi bo'yicha minimal molekulyar massasini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin. M.m = A : V • 100%, Bunda: M.m — oqsilning minimal molekulyar massasi, A - komponent ya’ni atom yoki molekulyar massasi, - komponentni foiz tarkibi. Molekuladagi metal atomi yoki ammokislotalami bilgan holda, oqsilning haqiqiy molekulyar massasini bilish mumkin. Buning uchun minimal molekulyar massani komponentlar soniga ko‘paytiramiz. 3. Odam qoni tarkibidagi gemoglobin tarkibida 0.34 % temir boiadi. Gemoglobinning minimal molekulyar massasini toping.
Yechilishi: Temiming atom massasi 56 ga teng. Gemoglobin o‘z tarkibida bir atom temir saqlaydi. Shundan kelib chiqqan holda proporsiya tuzish orqali gemoglobinning minimal molekulyar massasini toppish mumkin.: 0,34 Fe - 100 gemoglobin 56 – x M.m = (56 • 100) : 0,34 yoki birdaniga formula asosida M.m = 56 : 0,34 • 100 % = 16470 ga teng

Download 68.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling