Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha


Download 90 Kb.
bet3/6
Sana03.11.2023
Hajmi90 Kb.
#1743223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI

Yoglar almashinuvi. Yoglar ham oqsillarga o`xshash odam organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega. 1g yog organizmida kislorod ta`sirida oksidlanib, 9,3 kkal energiya ajratadi. Yoglar ikki xil bo`ladi: hayvon yoglari (dumba, charvi yoglari, sariyog, baliq yogi, tuxum sarigi tarkibida yog kabilar); o`simlik yoglari (paxta, kungaboqar, zig`ir, kunjut, makkajo`xori, zaytun moylari). Dumba, charvi va tuxum sarig`i tarkibidagi yog`larda xolesterin moddasi ko`p. Bu modda ateroskleroz (qon tomirlarning qattiqlashib, mo`rtlashib va toraib qolishi) kasalligi kelishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun yoshi 40dan oshgan odam hayvon yog`i va tuxumni kamroq iste`mol qilishi kerak.
O`simlik moylarida, ayniqsa, zaytun moyida to`yinmagan moy kislotalar bo`lib, ular xolesterin moddasini etiradi va uning organizmga chiqib ketishga sharoit yaratadi. Shuning uchun o`simlik moylari yoshi ulg`aygan odamlarda ateroskleroz kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Odam organizmining fiziologik ehtiyojiga ko`ra, bir kecha kunduzgi ovqat tarkibida yog` va oqsil miqdori deyarli teng bo`lishi kerak (80-110g).Kundalik ovqat tarkibida yog` yetishmasligi bolalar va o`smirlar organizmining o`sishi va rivojlanishi sekinlashuviga sabab bo`ladi. Bundan tashqari, yuqumli kasalliklaga, tashqi muhitning noqulay tasirlariga – odamning sovoqa chidamliligi, aqliyva jismoniy ish bajarish qoboliyati pasaishiga olib keladi. Aksincha yog`larni normadan ortiqcha iste`mol qilish odam semirishiga sabab bo`ladi. Ortiqcha yog` teri ostida, charvida, yurak, buyrak atrofida to`planadi. Semirish odam ish faoliyatini pasaytiradi, sog`lig`ni zaiflashtiradi
Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar odam organizmida asosan energiya manbai bo`lib hi di. Ayniqsa, jismoniy ish bajarganda ular birinchi bo`lib parchalanadi va hukayra-to`qimalarni, ayniqsa muskullarniish faoliyati uchun zarur bo`gan energiya bilan ta`minlaydi. 1guglevod kislorod ta`sirida parchalanib, 4,1 kkal energiya ajratadi. Uglevodlar asosan o`simliklardan olinadigan ovqat mahsulotlarida ko`p bo`ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz hamda shirinliklarda).Katta odamning birkunlik ovqat tarkibida 350-450g uglevod bo`lish kerak.
Ovqat tarkibida iste`mol qilingan polisaxaridlar shaklidagi uglevodlar og`iz bo`shlig`da ptialin, oshqozon-ichaklarda amilaza fermentlari ta`sirida monosaxaridlarga parchalanib` qonga so`rilgach, to`qima va hujayralarga yetib boradi. Qon tarkibida monasaxarid shaklidagi uglevodlar (glyukoza)ning miqdori normada-80-120mg% bo`ladi. Odam och qolganda, ya`ni uzoq vaqt davomida jismoniy mehnat bajarganda qonda glyukoza miqdori kamayadi. Bunday vaqtda charchash belgilari yuzaga keladi,ya`ni bosh aylanadi, ko`z tinadi, terlaydi, umumiy holsizlik seziladi. Aksincha, shirinlik ko`p iste`mol qilinganda qonda glyukoza miqdori ko`payudi. Me`da osti bezi kasalligida, undan ajraladigan insulin garmoni kamaib, qondagi glyukozani glikogenga aylantirish jarayoni buziladi va qandli diabet kasaligi yuzaga keladi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling