Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha


Download 90 Kb.
bet2/6
Sana03.11.2023
Hajmi90 Kb.
#1743223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI

Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya`ni proteinlar odam organizmining sogligi, normal o`sishi va rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani o`taydi: plastik va energetik. Oqsillarning plastik ahamiyati shundan iboratki, ular barcha hujayralar va to`qimalarning tarkibiy qisimga kiradi, ya`ni hujayralarning eskirgan qisimlari yangilanib turishadi va ularning ko`payishiga asosiy rol o`ynydi.
Oqsillarning energetik vazifasi shundan iboratki, ular organizmda kislorod ishtirokida oksidlanib, parchalanadi va o`zidan energiya ajratadi. 1g. oqsil parchalanganda 4,1kkal energiya ajratadi. Bu energiya odam tanasi haroratining doiymiyligini saqlash, ichki organlarning normal ishlashini ta`minlash, odamning harakatlanishi va har xil ishlar bajarish uchun sarflanadi.
Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Ular molekulasi tarkibida 20 ta aminokislota bo`ladi. Ularning 10 tasi almashtirib bo`maydigan-eng zarur (lizin, triptofan, gistidin, metionin, treonin, leytsin, izoleytsin, valin, tsistein, fenilalanin) aminokislotalardir. Ular organizmda bahsqa moddaladan sintes qilimaydi. Qolgan 10 tasi almashtirish mumkin bo`gan aminokislotalardir. Oqsillar molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab, ikki hil bo`ladi: sifatli va sifatsiz oqsillar. Sifatli oqsillar tarkibida yuqorida qo`satilgan 10 ta almashtirib bo`maydigan aminokislotalarning hammasi bo`ladi.Sifatli oqsillar hayvon mahsulotlarida (go`sht, tuhum, baliq, ikra, sut, va sut mahsulotlarida)bo`ladi. Sifatsiz oqsillar tarkibda almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalarning ba`zilari bo`lmaydi.Shuning uchun ham ular sifatsiz oqsilar deb ataladi.
Sifatsiz oqsillar o`simlik mahsulotlaridabo`ladi (non, kartoshka, makkajo`xori, no`xat, mosh, loviya, guruch, kabilarda).
Shuni olohida qayd qilish kerakki, bolalar organizmining o`sishi va rivollanishi uchun ularning ovqat tarkibidagi oqsillarning 80-90 %i sifatli (go`sht, baliq, tuxum, sut) bo`lishi kerak. Kattalar ovqati tarkibdagi oqsillarning 50 %i sifatli va 50 %i sifatsiz bo`lishi mumkin. Katta odam kundalik ovqatining tarkibida 80-120g oqsil bo`lishi kerak.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling