Moddalarning ishlatilishi ch4⇒
Download 30.67 Kb.
|
Kimyo malumot 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mis(II) asetat [Cu(CH 3 COO) 2 ]⇒
- Metaakril kislotaning metil efiri⇒
- Kofein ⇒
Aseton [CH3COCH3] ⇒ o’ziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Sanoatda keng qo’llaniladi: xloroform va yodoform olishda, lak, kislotalar, asetat ipagi, ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ish-di.
Chumoli kislota [HCOOH] ⇒ sanoatda kuchli qaytaruvchi sifatida ish-di. Sirka kislta [CH3COOH] ⇒ 3-9% li suvdagi eritmasi ta’m beruvchi va konservalovchi vosita sifatida ish-di. Mis(II) asetat [Cu(CH3COO)2]⇒ o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashda ish-di. Oksalat kislota [HOOC-COOH] ⇒ metallarning rangini, quyqasi kabilarni tozalashda ish-di. Benzoy kislota [C6H5COOH] ⇒ kristall modda, suvda yomon erriydi. U yaxshi anseptik bo’lgani uchun tibbiyotda va qishloq xo’jalik mahsulotlaridan konservalar tayyorlashda ko’p bo’lmagan miqdorda uning natriyli tuzi ish-di. Metaakril kislotaning metil efiri⇒ o’tir hidga ega bo’lgan rangsiz suyuqlik. Uni polimerlab yuqori molekulyar tiniq shishasimon plasmassa (organic shisha) olinadi. Glyukoza ⇒ shirin ta’mli, rangsiz kristall modda. Spirtli bijg’itib spirt olinadi. Saxaroza ⇒ shirin ta’mli rangsiz kristall modda. Suvda yaxshi eriydi. Asosan ovqat mahsuloti sifatida va konditer sanoatida ish-di. Gidroliz yo’li bilan sun’iy asal olinadi. Kraxmal ⇒oq kukun, sovuq suvda erimaydi. Issiq suvda bo’kib kleyster hosil qiladi. Sanoatda kraxmalni gidrolizlab Patoka va C6H12O6 ga aylantiriladi. Patoka qandolatchilik sanoatida ish-di. Selluloza ⇒ tolasimon oq modda, mazasiz, hidsiz. Suvda ahm odatdagi erituvchilarda ham erimaydi. Uning erituvchisi Shveytser reaktivi−Cu(OH)2 ning ammiakli eritmasidir. Oddiy efirlari bo’lgan trimetil va trietil sellulozalar to’qimachilik va bo’yoqchilik sanoatida keng qo’llanadi. Psevdonitrollar ⇒ efir va xloroformdagi eritmasi ko’k yoki binafsha rangli moddalar. Mochevina ⇒ oq rangli suvda yaxshi eriydigan modda. Tibbiyotda dori (verenal−uyqu keltiruvchi) ishlab chiqarishda ish-di. Hozirgi kunda CO(NH2)2 qishloq xo’jaligida asosiy organic o’g’it va qoramollarda oziq sifatida keng ish-di. Kofein ⇒ oq Kristal modda. Tibbiyotda markaziy nerv sisitemasi ishlarini yaxshilashga keng ish-di. Stovarsol ⇒ uyqu kasalligini davolashda ishlatiladigan preparatdir. Download 30.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling