Moddaning agregat holati
Ilinskiy Mixail Aleksandrovsh (13.XI.1856—18.XI.1941)
Download 0.53 Mb.
|
Moddaning agregat holati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kashfiyotlar yilnomasi
- Namunaviy masalalar yechish
Ilinskiy Mixail Aleksandrovsh (13.XI.1856—18.XI.1941), rus organik kimyogari va texnologi. 1882 yilda Berlin Oliy texnika maktabini tugatgan. 1882—1885 yillarda o’qituvchi, 1886—1889 yillari kimyo fabrikasida, 1889—1918 yillari Irdingen kimyo zavodida laboratoriya boshlig‛i, 1918—1924 yillari Moskva universitetida, 1931 yildan Organik yarim xomashyo va bo’yoqlar institutida ishlagan.
Uning asosiy ilmiy ishi bo’yoq moddalarga bag‛ishlandi. 1887—1888 yillarda molekulalarda vodorod bog‛lanish nazariyasini yaratdl. Erkin radikallar mavjudligi haqidagi flkrni aytdi. 1899—1914 yillarda antraxinonning yangi sulfokislotalari, kislotali va kub antraxinon bo’yoqlar olish usullarini, aminoantraxinonlarni benzoillash usullarini topdi. 1934— 1935 yillarda alizarinsafirol va to’qsariq bo’yoq moddalarini olish usulini topdi. Kashfiyotlar yilnomasi 1662 y. - Ingliz kimyogari R. Boyl va frantsuz olimi E. Mariott birbiridan behabar xolda gaz hajmining bosimiga teskari proportsional bog‛lanishda bo’lishini aniqladilar (Boyl-Mariott qonuni). 1802 y. -Frantsuz olimi J. L. Gey-Lyussak o’zgarmas bosimda gazlarning hajmini haroratga nisbatan o’zgarmasligini aniqladi (GeyLyussak qonuni). 1802 y. - Ingliz olimi D. Dalton gazlar aralashmasi uchun partsial bosimlar qonunini yaratdi. «1803 y. - D. Dalton gazlarning erishi ularning partsial bosimiga bog‛liqligini aniqladi. 1808 y. - J. L. Gey-Lyussak gazlarning hajmiy nisbatlar qonunini kashf etdi. 1811 y. - Italyan olimi A. Avogadro bir hil sharoitda (bosim va (.haroratda) turli gazlarning teng xajmlaridagi molekulalar soni o’zaro tengligini aniqladi (Avogadro qonuni). 1834 y. - Frantsuz olimi B. Klapeyron ideal gazlar uchun holattenglamasini keltirib chiqardi. 1839 y. - J.L. Gey-Lyussak moddalar eruvchanligini, ularning agregat holatiga bog‛liq emasligini aniqladi. 1837 y. - Golland olimi L. Van-der Vaals real gazlar uchun gazlarning holattenglamasini ifodaladi. 1874 y. - Buyuk rus kimyogari DJ. Mendeleyev, B. Klapeyron tenglamasini umumlashtirib 1 mol uchun tadbiq etdi (KlapeyronMendeleyev tenglamasi). 1916 y. - V. Kossel ion bog‛lanish nazariyasini, G. Lyuis esa kovalent bog‛lanish nazariyasiga asos soldilar. Namunaviy masalalar yechish: Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling