Moddaning agregat holati


Download 0.53 Mb.
bet5/12
Sana15.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1777112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Moddaning agregat holati

C va W haroratga ham, bosimga ham bog‛liq bo’lmagan o’zgarmas kattaliklar. Fizik ma'nosi jihatdan W Van-der-Vaals tenglamasidagi o’zgarmas kattalik v ga o’xshaydi. Demak, v-W suyuqlikning «erkin hajmini» bildiradi. Harorat ko’tarilganda molekulalar orasidagi masofa kattalashib, suyuqlikning hajmi ortadi; bunda, yuqoridagi formulaga ko’ra, qovushqoqlik kamayadi. Qovushqoqlik viskozimetr yordamida o’lchanadi. Qovushqoqlikka teskari kattalik (l/η) oquvchanlik deyiladi. Qovushqoqlikni bilish tabiatda, tirik organizmlarda sodir bo’ladigan ko’pgina muhim jarayonlarning qanday borishini aniqlashda, sanoatda sodir bo’ladigan jarayonlarni bilishda muhim ahamiyatga ega.
4. Suyuqliklarning bug‛lanishi va qaynashi

Suyuqlikda molekulalar doimo harakatda bo’ladi, lekin molekulalarning harakattezligi bir-biridan farq qiladi. Suyuqlikning sirtqi qavatidagi molekulalar tezligi va, demak, kinetik energiyasi katta bo’lganda molekulalararo tortishuv kuchlarini yengib, suyuqlik ustidagi fazoga ajralib chiqishi mumkin., Bunda suyuqlik bug‛lanadi. Suyuqlikning bug‛lanishi haroratga bogliq. Pastharoratlardasuyuqlik molekulalari orasidagi o’zaro tortishuv kuchlari molekulalarning o’rtacha kinetik energiyasidan ancha katta bo’ladi va shu sababli juda kam molekulalargina suyuqlikdan ajralib chiqa oladi. Harorat ko’tarilishi bilan suyuqlik molekulalarining harakatlanish tezligi va demak, kinetik energiyasi ortib borib, suyuqlikdan tobora ko’proq molekulalar ajralib chiqa boshlaydi.
Suyuqlik bug‛langanda eng tez harakatlanayotgan, kinetik energiyasi ko’p molekulalar chiqib ketishi sababli suyuqlik soviydi. Suyuqlikning sirti qancha katta bo’lsa, undan shuncha ko’p molekulalar ajralib chiqadi, ya'ni bug‛lanish tezlashadi. Suyuqlikning bug‛lanishiga tashqi bosim ma'lum darajada qarshilik ko’rsatadi, ya'ni bosim katta bo’lsa, bug‛lanish kamayadi, chunki tashqi fazoga ajralib chiqish uchun molekulalardan ko’p kuch talab qilinadi.
Agar suyuqlik berk idishda turgan bo’lsa, suyuqlikdan chiqayotgan molekulalar bir-biriga va idish devorlariga urilib yana suyuqlikka qaytib tushishi mumkin. Dastlab, suyuqlik bug‛langan sari bug‛dagi molekulalar kontsentratsiyasi ortib boradi va natijada suyuqlikka qaytib tushadigan molekulalar soni ham ko’payadi. Ma'lum vaqtdan keyin suyuqlikdan chiqib ketayotgan molekulalar soni suyuqlikka qaytib tushayotgan molekulalar soniga tenglashadi, ya'ni muvozanat qaror topadi. Suyuqlik bilan muvozanatda bo’lgan bunday bug‛ to’yingan bug‛, u ko’rsatadigan bug‛ bosimi esa suyuqlikning to’yingan bug‛ bosimi deyiladi. To’yingan bug‛ bosimi idishdagi suyuqlikning haroratiga bog‛liq bo’ladi. Har qdnday moddaning o’zgarmas haroratdagito’yingan bug‛ bosimi shu modda uchun xos o’zgarmas kattalikdir.
Suyuqlikning bug‛ bosimi tashqi bosimga tenglashganda faqatsuyuqlikning erkin sirtidan molekulalar ajralibgina qolmay, balki uning butun hajmida bug‛ pufakchalari hosil bo’la boshlaydi va suyuqlikdan ajralib chiqadi. Bunday jarayon suyuqlikning qaynashi deyiladi. Suyuqlikning bug‛ bosimi tashqi bosimga tenglashgandagi haroratsuyuqlikning qaynash harorati deyiladi. Tashqi bosim o’zgarganda suyuqlikning qaynash haroratiham o’zgaradi, tashqi bosim kamaygan sari suyuqlik ham pastroq haroratda qaynay boshlaydi. Bug‛ bosimi atmosfera bosimiga teng bo’ladigan harorat normal qaynash harorati deyiladi.
Suyuqlik bug‛langanda issiqlik yutiladi. 1 g suyuqiik muvozanat holatida bug‛langanida yutiladigan issiqlik solishtshrma bug‛lanshi issiqligi, 1 mol suyuqlik bug‛langandagisi esa molyar bug‛lanish issiqligi deyiladi. Turli suyuqliklarning solishtirma bug‛lanish issiqligi turlicha bo’ladi, shu sababli taqqoslash maqsadida ko’proq mol bug‛lanish issiqligidan foydalaniiadi. Turli suyuqliklarning atmosfera bosimida qaynash haroratidagi molyar bug‛lanish issiqligi Lqayn ularning absolyut shkala bo’yicha olingan qaynash haroratiga(Tqayn) to’g‛ri proportsional bo’ladi:

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling