Moddaning agregat holati


Download 0.53 Mb.
bet3/12
Sana15.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1777112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Moddaning agregat holati

Moddaning suyuq holati: Moddaning suyuq holati istalgan bosim va haroratda muayyan hajmni egallashi bilan gaz holatidan farq qiladi, ya'ni bosim va harorat o’zgarganda suyuqlikning hajmi deyarli o’zgarmaydi. Moddalar suyuq holatda oquvchan bo’ladi va qanday idishga solinsa shu idishning shaklini oladi. Suyuqliklar siqilishga ham, tortilishga ham qarshilik ko’rsatadi, ularning molekulalari fazoda ma'lum tartibda joylashishga harakat qiladi.. Demak, suyuqliklar xossalariga ko’ra qattiq jismlar bilan gazlar o’rtasida oraliq holatni egallaydi.
Suyuqliklarning ichki tuzilishi gazlar va kristallarning ichki tuzilishiga qaraganda ancha murakkab. Suyuqliklarda molekulalar orasidagi masofa shu qadar kichikki, suyuqlikning xossalari ko’p jixatdan molekulalarining hajmiga va ular orasidagi o’zaro tortishuv kuchiga bog‛liq, gazlarda esa bu omillarni hisobga olmasa ham bo’ladi. Qutblangan suyuqliklarning xossalari yuqorida aytilganlardan tashqari, turli molekulalarning ayrim qismlari orasidagi o’zaro ta'sirga ham bog‛liq. Qutblangan molekulalar birbiriga turli ishorali qutblari bilan yakinlashganda o’zaro tortilib ikki va undan ortiq molekuladan iborat komplekslar hosil qiladi. Bunda komplekslar hosil bo’lish hodisasi assotsialanish deyiladi. Assotsialangan suyuqliklar jumlasiga suv, spirtlar, atseton, suyuq ammiak va boshqalar kiradi. Assotsialanganda bug‛lanish issiqligi ko’payadi, suyuqlikning uchuvchanligi kamayadi. Harorat ko’tarilishi bilan suyuqliklarning assotsialanish darajasi kamayadi.
3. Sirt taranglik va uni o’lchash uslublari

Suyuqlik molekulalari orasida o’zaro tortishuv kuchlari ta'sir etib turadi. Suyuqlik ichidagi molekula hamma tomondan boshqa molekulalar bilan qurshab olinganligi sababli unga ta'sir etadigan tortishuv kuchlari o’zaro muvozanatlashgan bo’ladi. Suyuqlik sirtidagi molekulalarga esa faqat pastki va yon tomondan tortishuv kuchlari ta'sir etadi. Suyuqlikka tashqaridan ta'sir etuvchi kuchlar esa tortishuv kuchlariga nisbatan juda kichik bo’lganligi sababli sirtdagi molekulalar go’yo suyuqlik ichiga tortilgandek bo’ladi. Shu sababli har qanday suyuqlik o’z sirtini kichraytirishga intiladi, ya'ni suyuqlik sirti qancha kichik bo’lsa, uning holati shuncha barqaror bo’ladi. Suyuqliktomchisining shar shaklida bo’lishiga sabab ana shudir, chunki sharning sirti berilgan hajmda eng kichik bo’ladi. Suyuqlik sirtini oshirish uchun tashqaridan ish sarflash kerak, ya'ni uning sirttaranglik kuchini yengish kerak.
Suyuqlik sirtini 1 sm2 ga oshirish uchun sarflash lozim bo’lgan ish sirttaranglik koeffitsiyenti yoki to’g‛ridan-to’g‛ri sirt taranglik deyiladi. Sirt taranglik grekcha σ (sigma) xarfi bilan belgilanadi. Sirt taranglik Mgj/m2 yoki mn/m larda o’lchanadi.
Suyuqliklarning sirt tarangligi suyuqlikning tabiatiga va haroratga bog‛liq bo’ladi. Quyidagi jadvalda ba'zi suyuqliklarning 20°C dagi sirt tarangligi keltirilgan.
1- jadval

Harorat ortishi bilan moddalarning sirttarangligi kamayadi. Misol tariqasida suvning turli haroratlardagi sirttaranglik qiymatlarini keltiraniiz:
2-jadval

Suyuqlikda erigan moddalar ham uning sirt tar'angligini o‛zgartiradi. Suyuqlikning sirt tarangligini oshiradigan moddalar sirt-aktiv, sirt tarangligini kamaytiradiganlari esa sirt-noaktiv moddalar deyiladi. Sirt taranglikni aniqlashning ko’p qo’llaniladigan usullari kapillyar ko’tarilish usuli va stalagmometriya (tomchilarni sanash) usulidir.
Suyuqlikning kapillyar ichida ko’tarilish usuli ho’llaydigan suyuqliklarning sirt taranglik tufayli kapillyarda ko’tarilishiga asoslangan. Kapillyar suyuqlikka botirilganda suyuqlik kapillyar devorlarini ho’llab, sirt taranglik kuchp tufayli yuqoriga ko’tariladi. Suyuqlikning kapillar nayda ko’tarilish balandligi h, nayning radiusi r va suyuqlik zichligi d bo’lsa, uning sirt tarangligi σ ushbu formuladan topiladi:
σ= 0.5rhdg

bunda gog‛irlik kuchi tezlanishi.
Bu formuladan yana shu narsa ham ko’rinadiki, kapillarning radiusi qancha kichik bo’lsa, suyuqlik shuncha baland ko’tariladi. Qishda tuproq ezilib, zichlashganligi sababli, radiusi kichik kapillarlar ko’payib ketadi va qishi bilan tuproqda to’plangan suv baxorda shu kapillarlar orqali tez ko’tarilib, bug‛lanib ketadi. Tuproqda namlikni saqlab qolish uchun yer erta bahorda boronalanadi. Bunda kapillarlar buzilib, suvning bug‛lanishi kamayadi. Natijada tuproqda namlik ko’p saqlanib qoladi va ekinlardan yaxshi hosil olinadi.
Stalagmometriya (tomchilarni sanash) usuli. Kapillyar uchidan oqib tushayotgan suyuqlik tomchisi sirt taranglik kuchi ta'sirida shar shaklini oladi. Tomchining massasi sirt taranglik kuchini yenggandagina tomchi uzilib tushadi. Bu usulda silt taranglikni aniqlash uchun muayyan hajmdagi stalagmometrdan avval suv, so’ngra tekshirilayotgan suyuqlik tomchilatib tushiriladi. Suv tomchilari soni (n0) yozib olinadi. Sirt taranglik ushbu formulaga ko’ra hisoblanadi:
σ=σ0n0d/nd0

n — tekshirilayotgan suyuqlik tomchilari soni. Bu formuladagi suvning zichligi (do) tekshirilayotgan suyuqlik zichligi (d) va toza suvning sirt tarangligi 0) tajriba haroratida jadvaldan olinadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling