Moddaning agregat holati


Klapeyron Benua Pol Emil (1799-1864)


Download 0.53 Mb.
bet8/12
Sana15.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1777112
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Moddaning agregat holati

Klapeyron Benua Pol Emil (1799-1864) frantsuz fizigi 1820-1830 yillarda Peterburgda Aloqa yollari institutida ishlagan.
Boyl Robert (25.1.1627—30.XII.1691), ingliz olimi, London qirollik jamiyatmning a'zosi, 1638 yilda Iton kolledjini, 1644 yilda Jeneva akademiyasini tugatdi. Uning fizika sohasidagi tadqiqotlari bosim o’zgarishi bilan havo hajmining o’zgarishi qonunini kashf etishiga (1662) olib keldi. U tovush, yorug‛lik, elektr va issiqlik ustida ishladi. 1661 yilda «Ximik—skeptik» kitobida element haqida tushuncha berdi, 1663 yilda kisiota va ishqorlarni aniqlashda birinchi bo’lib indikatorlardan foydalandi.
F. Engels ta'rifi bo’yicha “R. Boyl kimyoni fanga aylantirdi”.
Edm Mariott (1620—1684), frantsuz olimi, Parij fanlar akademiyasining asoschisi va birinchi a'zosi. U gaz va suyuqliklar ustida ko’p ishladi va gazlarda bosim ortishi bilan hajm o’zgarish qonunini yaratdi. Mariottsuyuqlikning ko’tarilishi nayning ingichka yo’g‛onligiga bog‛liqligini, suvni muzlashi, shamol hosil bo’lishi sabablarini birinchi bo’lib aniqladi.
Gey-Lyussak Jozef Yan (6.XII.1778—9.V.I850), frantsuz kimyogari va fizigi. 1800 yilda Parij politexnika maktabini tugatdi. 1809 yildan politexnika maktabida kimyodan, so’ngra Sorbonnada fizikadan professor bo’lib ishladi.
1808 yili o’zgarmas bosimda gazlarning hajmi harorat ta'sirida o’zgarishini aniqladi. Shu yili bor, kaliy va natriylarni olish usulini topdi. 1819 yili u birinchi bo’lib, tuzlar suvda eruvchanligining haroratga bog‛liqlik grafigini tuzdi. 1829 yilda sanoatda yog‛och qipig‛idan oksalat kisiota olish usulini topdi.
Gey-Lyussak Parij fanlar akademiyasining a'zosi va 1822, 1834 yillarda akademiyaning prezidenti bo’ldi. 1829 yilda Peterburg fanlar akademiyasining faxrli a'zoligiga saylandi.
Avogadro Amedeo (9.VIII.1776 — 9.VIII.1856). Italiya fizigi va kimyogari. U Turin universitetining yuridik fakultetini tugatgan. Ammo 1800 yildan boshlab matematika va fizikani mustaqil o’rgandi. 1809 — 1819 yillarda fizikadan dars berdi. 1834 — 1850 iillarda Turin universitetida fhzikadan professor bo’lib ishladi.
1811 yilda gazlarning bir hil hajmlarida bir hil harorat va bosimda molekulalar soni bir hil bo’lishi haqidagi qonunni kashf qildi. Universal doimiy kattalik 1 mol ideal gazdagi molekulalar soni (6,02- 1023) Avogadro soni deyiladi.
U birinchi bo’lib molekulaning massasinn aniqlash usulini topdi va kislorod, uglerod, azot, xlorlarning atom og‛irligini aniqladi. U suv, ammiak, metan, etil spirt va etilen molekulalaridagi atomlarni miqdoriy aniqladi. 1820 — 1840 yillarda elektrokimyo bilan shug‛ullandi.
Avogadro Amedeo Turin fanlar akademiyasining a'zosi edi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling