Moddaning agregat holati
Mendeleyev Dmitriy Ivanovich (8.11.1834 — 2.11.1907)
Download 0.53 Mb.
|
Moddaning agregat holati
Mendeleyev Dmitriy Ivanovich (8.11.1834 — 2.11.1907), rus olimi. 1855 yili Peterburg pedagogika institutini tugatdi. 1855 — 1856 yillarda gimnaziyada o’qituvchi, so’ngra Peterburg universiteti va texnologik institutlarda professor bo’lib ishladi.
1860 yili suyuqliklarning absolyut qaynash haroratini aniqladi, 1861 yili rus tilida organik kimyodan darslik yozdi. 1869 yili tabiatning muhim qonuni — kimyoviy elementlar davriy qonunini kashf etdi. 1865-1887 yillarda eritmalarning gidratlar nazariyasini yaratdi. D. I. Mendeleyev 1874 yilda Klapeyron tenglamasini Avogadro qonunidan foydalanib 1 mol gaz uchun tatbiq etish mumkinligini ko’rsatdi. Shuning uchun bu tenglama Klapeyron-Mendeleyev nomini oldi. D. I. Mendeleyev davriy qonunni kashf qilib va kimyoviy elementlar davriy tizimini tuzib kimyoning rivojlanishiga katta hissa qo’shganligi uchun 101 element uning nomiga qo’yildi. 1962 yilda olimlarnnng kimyo va kimyo texnologiyasi sohasida zo’r ishlari uchun D. I. Mendellev nomidagi mukofot va Oltin medal ta'sis etildi. Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi. Gazlarning molekulyarkinetik nazariyasiga quyidagi printsiplar asos qilib olingan: Gaz zarrachalari to’xtovsiz betartib harakatda bo’ladi. Zarrachalar bir yo’nalishda harakatlanmaydi, ularning hamma yo’nalishlarda harakatlanish ehtimolligi bir hil. Zarrachalar harakatlanayotganda elastik sharlar qonuniga muvofiq bir-biriga va idish devorlariga uriladi; bu to’qnashuvlarda energiya almashinuvi sodir bo’lmaydi. Zarrachaning bir to’qnashuvdan ikkinchi to’qnashuvgacha o’tgan yo’li (erkin harakatlanish masofasi) zarrachaning o’lchamlaridan ancha katta bo’ladi. Shu sababli zarrachalarni massasi m bo’lgan matematik nuqtalar sifatida qarash mumkin. Kinetik nazariyaga ko’ra gaz bosimini zarrachalarning idish devorlariga urilishining yig‛indisi deyish mumkin. Umuman olganda, gaz molekulalari turlicha tezlik bilan harakatlanadi, lekin xar qaysi gaz uchun muayyan haroratda molekulalarning o’rtacha arifmetik tezligi o’zgarmas kattalikdir. O’rtacha arifmetik tezlik ua berilgan haroratdagi molekulalar tezliklari yig‛indisini barcha molekulalar soniga bo’lish yo’li bilan topiladi: ua=(u1+u2+u3+…+un)/nHisoblashlarda, ko’pincha, o’rtacha kvadrat tezlikdan foydalanishga to’g‛ri keladi. O’rtacha kvadrat tezlik u molekulalar tezliklari kvadratining yig‛indisini barcha molekulalar soniga bo’lib, olingan natijani kvadrat ildizdan chiqarish yo’li bilan topiladi: Gazdagi molekulalarning betartib harakatiga mexanika qonunlarini tatbiq etib, bosim bilan hajmni gaz molekulalari harakatining o’rtacha kvadrat tezligi bilan bog‛laydigan asosiy tenglama olingan: 2/3 pV=Nmūbunda: N — gazdagi molekulalar soni, m — molekula massasi. Bu tenglama mol gaz uchun quyidagicha yoziladi: pV=N0mū2/3 bunda N0— Avogadro soni. Bu tenglamadan foydalanib, ideal gazlarga oid barcha qonunlarni keltirib chiqarish, molekulaning kinetik energiyasini, gaz molekulalarining o’rtacha harakatlanish tezligini va boshqa kattaliklarni hisoblab topish mumkin. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling