Moddiy javobgarlik nima? Moddiy javobgarlik


Mehnat shartnomasining bir tarafi boshqa tarafga etkazgan zararni qoplash majburiyati


Download 20.79 Kb.
bet2/6
Sana11.02.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1188737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODDIY JAVOBGARLIK nima

Mehnat shartnomasining bir tarafi boshqa tarafga etkazgan zararni qoplash majburiyati
Mehnat shartnomasining bir tarafi (ish beruvchi yoki xodim) mehnat sohasidagi vazifalarni bajarishi munosabati bilan boshqa tarafga etkazgan zararini ushbu Kodeks va mehnat to’g’risidagi boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq qoplaydi.
Mehnat shartnomasi yoki unga qo’shimcha ravishda tuzilgan yozma shakldagi kelishuvda, shuningdek jamoa shartnomasida mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi aniqlashtirib qo’yilishi mumkin. Bunda shartnoma bo’yicha ish beruvchining xodim oldidagi javobgarligi ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan kam, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa nazarda tutilganidan ko’p bo’lmasligi kerak.
Zarar etkazilganidan keyin mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinganligi mehnat shartnomasi taraflarini moddiy javobgarlikdan ozod qilishga sabab bo’lmaydi.
Moddiy javobgarlikning yuzaga kelishi shartlari
Mehnat shartnomasining bir tarafi o’zining g’ayrihuquqiy aybli xulq-atvori (harakati yoki harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga etkazgan zarari uchun, basharti ushbu Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, moddiy javobgar bo’ladi. Taraflarning har biri o’ziga etkazilgan moddiy zararning miqdorini isbotlab berishi shart.


Xodimga etkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi. Xodimga to’lanishi lozim bo’lgan zarar
O’z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki mehnat qilish imkoniyatidan g’ayriqonuniy ravishda mahrum etilganligi natijasida xodimga, boquvchisi ish bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda esa, - uning oila a’zolariga etkazilgan har qanday zararni (shu jumladan, ma’naviy zararni) ish beruvchi, basharti ushbu Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, to’liq hajmda to’laydi.
Ma’naviy zarar (jismoniy yoki ruhiy azoblar) pul shaklida yoki boshqa moddiy shaklda hamda ish beruvchi va xodim o’rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda, xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda esa, - ish beruvchi va vafot etgan xodimning oila a’zolari o’rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda belgilangan miqdorda qoplanadi. Ma’naviy zararni qoplash yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, bu masala sudda ko’rib chiqiladi.



Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling