Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
Agar zarar, uni bartaraf etish mumkin bo’lmagan kuchlar, normal xo’jalik tavakkalchiligi oqibatida, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa natijasida kelib chiqqan bo’lsa, xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.
Xodimning to’liq moddiy javobgarligi hollari
Etkazilgan zarar uchun quyidagi hollarda xodimga to’liq moddiy javobgarlik yuklatiladi:
1) maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganlik uchun (203-modda);
2) bir gallik hujjat asosida olingan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganlik uchun;
3) qasddan zarar etkazilganda;
4) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida zarar etkazilganda;
5) xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar etkazilganda;
6) tijorat sirlari oshkor etilganda;
7) qonunlarda, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.
O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar faqat qasddan etkazilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida yoki jinoyat sodir etish natijasida etkazilgan zarar uchun to’liq moddiy javobgar bo’ladilar.
Zararni undirish tartibi
O’rtacha oylik ish haqidan ortiq bo’lmagan miqdorda etkazilgan zarar summasi aybdor xodimdan ish beruvchining farmoyishiga muvofiq undiriladi. Farmoyish zarar etkazilganligi aniqlangan kundan boshlab bir oy ichida chiqarilishi mumkin. Yetkazilgan zararning xodimdan undirilishi lozim bo’lgan summasi uning o’rtacha oylik ish haqidan oshib ketsa yoki zarar aniqlangan kundan keyin bir oylik muddat o’tgan bo’lsa, zarar sud tartibida undiriladi.
208-modda. Korxonaga uning rahbari tomonidan etkazilgan zararning to’lanishi
Korxona mulkdori yoki u vakolat bergan organ bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo’yicha ishlayotgan korxona rahbari tomonidan korxonaga etkazilgan zarar ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda to’lanadi. Korxona rahbaridan etkazilgan zararni undirib olish sud tartibida amalga oshiriladi.
Xodimdan undiriladigan zarar miqdorining sud tomonidan kamaytirilishi
Sud aybning darajasi va shaklini, aniq holatlarni va xodimning moddiy ahvolini hisobga olib undiriladigan zarar miqdorini kamaytirishi mumkin. Sud undiriladigan zarar miqdorini kamaytirish haqidagi kelishuv bitimini tasdiqlashga haqlidir.
Xodimdan undiriladigan zararning miqdorini, agar zarar g’arazli maqsadlar bilan sodir qilingan jinoyat natijasida etkazilgan bo’lsa, kamaytirishga yo’l qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |